Matto 3:1-17

  • Yahyo va’z qiladi (1-12)

  • Iso suvga cho‘madi (13-17)

3  O‘sha kunlarda odamlarni suvga cho‘mdirib yurgan Yahyo+ Yahudiya cho‘liga kelib, shunday deya va’z qila boshladi+:  «Tavba qilinglar, chunki Osmon Shohligi yaqinlashib qoldi»+.  Ishayo payg‘ambar orqali aynan bu kishi haqida+ shunday deyilgan edi: «Sahroda kimdir bunday deya jar solmoqda: “Yahovaga* yo‘l hozirlanglar! Uning yo‘llarini tekislanglar”»+.  Yahyo tuya junidan kiyim kiygan va beliga charmdan kamar taqqan bo‘lib+, uning yeguligi chigirtka va yovvoyi asal edi+.  O‘shanda Quddus, butun Yahudiya va Iordan daryosining bo‘yida yashovchilar uning yoniga kelib+,  Iordanda suvga cho‘mishar*+ va gunohlarini ochiqchasiga tan olishardi.  Shunda Yahyo, uning oldiga suvga cho‘mish uchun kelayotgan farziylar* va sadduqiylarni*+ ko‘rib, ularga dedi: «Voy ilonlar zoti-yey+, kelayotgan Allohning g‘azabidan qochib qutulishingizni sizlarga kim uqtirdi?+  Shunday ekan, tavbaga yarasha hosil beringlar.  O‘zingizcha: “Biz Ibrohimning farzandlarimiz”+,— deb o‘ylamanglar. Sizlarga shuni aytib qo‘yay, Tangri mana shu toshlardan Ibrohimga zurriyot yaratishga qodir. 10  Ana, daraxtlarning tomirini chopish uchun bolta ham tayyor turibdi. Yaxshi hosil bermaydigan har qanday daraxt chopilib, olovga tashlanadi+. 11  Tavba qilganingiz uchun men sizlarni suvga cho‘mdiryapman+. Ammo ortimdan kelayotgan mendan kuchliroqdir, men uning sandallarini yechishga ham arzimayman+. U sizlarni muqaddas ruh+ va olovga cho‘mdiradi+. 12  Uning qo‘lida sovuradigan kuragi bor. U xirmonini butunlay tozalab, bug‘doyini omborga yig‘adi, somonini esa so‘nmas o‘tda yondiradi»+. 13  O‘shanda Iso, Yahyo tomonidan suvga cho‘mdirilish uchun Jaliladan Iordanga keldi+. 14  Lekin Yahyo uni to‘xtatmoqchi bo‘lib: «Aslida sen meni suvga cho‘mdirishing kerak edi. Sen esa mening yonimga kelyapsanmi?» — dedi. 15  Unga javoban Iso: «Menga to‘sqinlik qilma, axir biz shu yo‘sin Allohning irodasini bajaryapmiz»,— deb aytdi. Shundan keyin Yahyo unga ortiq to‘sqinlik qilmadi. 16  Nihoyat Iso suvga cho‘mib chiqdi. Buni qarangki, osmon ochilib ketdi+ va Yahyo Xudoning muqaddas ruhi kaptar shaklida Isoning ustiga tushayotganini ko‘rdi+. 17  Osmondan esa: «Bu Mening sevikli O‘g‘limdir+, undan mamnunman»+,— degan sado keldi+.