Naximiyo 1:1-11

  • Quddusdan xabar keladi (1-3)

  • Naximiyoning ibodati (4-11)

1  Xaxaliyo o‘g‘li Naximiyoning*+ so‘zlari. Shoh* hukmronligining 20-yili xislav* oyida men Suza*+ qal’asida* edim.  Bu vaqtda Yahudo o‘lkasidan birodarim Xonin+ bilan boshqa kishilar kelishdi va men ulardan asirlikdan qaytganlar+ va Quddus haqida so‘radim.  Ular: «Asirlikdan qaytib Yahudo viloyatida* yashayotgan odamlar nihoyatda og‘ir va sharmandali sharoitda qolib ketishdi+. Quddus devorlari buzilib yotibdi+, darvozasi esa yondirib yuborilgan»+,— deb javob berishdi.  Buni eshitiboq, men o‘tirib yig‘lab yubordim. Bir necha kun qayg‘urib, ro‘za tutdim+ va samodagi Xudoyimga shunday deya ibodat qildim:  «Ey, samoviy Xudo Yahova, Sen buyuk va haybatli, ahdingni buzmaydigan, Seni sevib, amrlaringga bo‘ysunadiganlarga mehr-sadoqatingni ko‘rsatadigan Tangrisan+.  Bugun oldingda turib, xizmatchilaring Isroil xalqi uchun kecha-yu kunduz yolvorayotgan+ men, xizmatkoringning ibodatiga quloq solib, menga O‘z e’tiboringni qaratgin. Ibodatimda Isroil xalqining Senga qarshi qilgan barcha gunohlarini tan olyapman. Barchamiz — men ham, otam xonadoni ham gunoh qildik+.  Biz Sening oldingda yomonlik qilib+, xizmatkoring Muso orqali bergan amrlaring, me’yorlaring va hukmlaringga itoat etmadik+.  Iltimos, xizmatkoring Musoga aytgan so‘zlaringni yodga ol. Sen unga: “Bordi-yu, sadoqatsiz bo‘lsangiz, sizlarni xalqlar orasiga tarqatib yuboraman+.  Agar Menga qaytib, amrlarimga quloq solsangiz va ularga itoat etsangiz, hatto yer chetlariga qadar tarqalib ketgan bo‘lsangiz ham, ismim uchun tanlagan joyga+ sizlarni yig‘ib kelaman”+,— deb aytgansan. 10  Ular buyuk kuching va qudratli qo‘ling bilan qutqarib olgan xizmatchilaring, Sening xalqingdir+. 11  Ey Yahova, iltimos, xizmatkoring va ismingga ehtirom bilan qaraydigan hamda bundan zavq oladigan xizmatchilaring ibodatlariga quloq solgin. Sendan o‘tinaman, bugun men xizmatkoring muvaffaqiyatli bo‘lishim uchun, shoh menga rahm-shafqat ko‘rsatsin»+. O‘sha paytda men shoh huzurida soqiy bo‘lib xizmat qilar edim+.

Izohlar

Yoki «Naximiyah». Ma’nosi «Yah tasalli beradi».
Ya’ni Artakserks.
Yoki «Shushan».
Yoki «saroyida».
Yoki «qaramog‘ ostidagi viloyat».