Naximiyo 10:1-39

  • Xalq Tavrotga amal qilishga va’da beradi (1-39)

    • «Xudoyimizning uyini qarovsiz qoldirmaymiz» (39)

10  Muhr bosganlar+ quyidagilar edi: Xaxaliyo o‘g‘li hokim* Naximiyohamda Zidqiyo,  Sarayo, Ozariyo, Yeremiyo,  Pashxur, Emoriyo, Malkiyo,  Xattush, Shabaniyo, Mallux,  Xarim+, Miromo‘t, Obodiyo,  Doniyor+, Ginaton, Borux,  Mashullom, Abiyo, Miyomin,  Maziyo, Bilgi va Shamayo. Ular ruhoniy edilar.  Levilardan esa quyidagilar edi: Ozaniyo o‘g‘li Yeshuva, Xanadod o‘g‘illaridan bo‘lgan Binnuy, Kadmil+ 10  va ularning aka-ukalari Shabaniyo, Xo‘diyo, Kilit, Paliyo, Xanon, 11  Mixa, Rexob, Xashaviyo, 12  Zakkur, Sharaviyo+, Shabaniyo, 13  Xo‘diyo, Banix va Baninu. 14  Xalq boshliqlaridan esa quyidagilar edi: Paro‘sh, Paxatmo‘ab+, Elam, Zattu, Banix, 15  Bo‘nax, Ozgad, Bo‘vay, 16  Odoniyo, Big‘vay, Adin, 17  Oter, Hizqiyo, Ozzur, 18  Xo‘diyo, Xashum, Bezay, 19  Xorif, Onoto‘t, Nabay, 20  Maxpiyosh, Mashullom, Xazir, 21  Mashazavil, Zodo‘x, Yodduva, 22  Pilatiyo, Xanon, Onoyoh, 23  Ho‘sheya, Xanoniyo, Xashshub, 24  Xalloxesh, Pilxo, Sho‘vex, 25  Raxum, Xashavno, Masiyo, 26  Oxiyo, Xanon, Onon, 27  Mallux, Xarim va Banax. 28  Qolgan xalq ham, ya’ni ruhoniylar, levilar, darvozabonlar, qo‘shiqchilar, ma’bad* xizmatchilari* va haq Tangrining Qonunini bajarish uchun o‘zga xalqlardan ajralgan barcha kishilar+, qolaversa, ularning xotinlari, o‘g‘il-qizlari, bilim va aql-idrokka ega bo‘lganlarning bari* 29  o‘z birodarlari va boshliqlariga qo‘shilib, haq Tangri xizmatchisi Muso orqali bergan Qonuni ila yuramiz, Rabbimiz Yahovaning barcha amr, hukm va qonun-qoidalarini to‘la-to‘kis bajaramiz, bordi-yu, bajarmasak qarg‘ishga qolaylik deya ont ichishdi. 30  Shuningdek, ular quyidagicha qasam ichishdi: «Qizlarimizni o‘zga xalq odamlariga uzatmaymiz, ularning qizlarini ham o‘g‘illarimizga olib bermaymiz+. 31  O‘zga xalq odamlari Shabbat kuni sotish uchun molini va turli xil donlarini olib kelishsa, Shabbat+ kuni yoki boshqa muqaddas kunda+ ularning hech narsasini xarid qilmaymiz. Bundan tashqari, har yettinchi yili yerimizga ekin ekmaymiz+ va bergan qarzlarimizdan kechamiz+. 32  Shuningdek, har yili har birimiz Allohimizning uyi* uchun shekelning* uchdan bir qismini berishga qasam ichamiz+. 33  Bu pullarni Shabbat kuni hamda yangi oy chiqqanda+ olib kelinadigan taxlam nonlar*+, kundalik don nazri+, kuydiriladigan qurbonliklar+, mavsumiy bayramlar+, muqaddas narsalar, Isroilning gunohini yuvish uchun gunoh qurbonligini+ keltirish va Xudoyimizning uyidagi barcha ishlar uchun sarflaymiz. 34  Buning ustiga, ruhoniylar, levilar va qolgan xalq yildan-yilga, belgilangan vaqtda Tangrimizning uyiga o‘tin keltirishi uchun xonadonlar bo‘yicha qur’a tashladik. Toki Tavrotda yozilganidek, Xudoyimiz Yahovaning qurbongohida doimo olov yonib tursin+. 35  Buning ustiga, har yili Yahovaning uyi uchun yerimizning va turli daraxtlarimizning birinchi hosilini+ va 36  Tavrotda yozilganidek, to‘ng‘ich o‘g‘illarimizni, mol-qo‘ylarimizning birinchi bolasini+ Allohning uyida xizmat qiladigan ruhoniylar oldiga, Xudoning uyiga olib kelamiz+ deb va’da berdik. 37  Shu bilan bir qatorda, yirik tortilgan unimizning birinchi hosilini+, xayr-ehsonlarimizni, turli daraxt mevalarini+, yangi sharob va moyni+ Xudoyimiz uyining omborxonalariga*+, ruhoniylarga keltiramiz. Bunga qo‘shib, levilarga yerimizning hosilidan ushr* olib kelamiz+. Chunki levilar, dehqonchilik bilan shug‘ullanadigan barcha shaharlarimizdan ushrlarni yig‘ib olishadi. 38  Levilar ushrni yig‘ib olayotganda, ular bilan birga Horun o‘g‘li ruhoniy ham bo‘lishi kerak. Levilar ushrning o‘ndan bir qismini Xudoning uyiga+, ombordagi xonalarga* berishadi. 39  Isroilliklar va levilarning o‘g‘illari don nazrlarini, yangi sharob va moyni+ muqaddas maskanning anjomlari saqlanadigan hamda ruhoniylar, darvozabonlar va qo‘shiqchilar xizmat qiladigan omborxonalarga keltirishlari lozim+. Chunki biz Xudoyimizning uyini qarovsiz qoldirmaymiz»+.

Izohlar

Yoki «tirshata», viloyat hokimi uchun qo‘llanilgan forscha unvon.
Yoki «netinimlar». So‘zma-so‘z «berilganlar».
Boshqa variant «fahmlash yoshiga yetganlarning bari».
Yoki «ma’badi».
Bir shekel=11,4 g. Ilovaning B14 mavzusiga q.
Ya’ni tortiq etiladigan nonlar.
So‘zma-so‘z «o‘ndan bir qismini».
Yoki «oshxonalariga».
Yoki «oshxonalarga».