Naximiyo 11:1-36

  • Quddusda yana odamlar yashaydi (1-36)

11  Shunday qilib, xalq beklari Quddusda yashay boshlashdi+. Xalqdan har o‘nta kishining bittasi muqaddas Quddus shahrida yashash uchun qur’a bo‘yicha tanlandi+. Qolgan to‘qqiz kishi esa, boshqa shaharlarda yashab qoldi.  O‘z ixtiyori bilan Quddusda yashash uchun ko‘chib o‘tganlarning hammasini xalq duo qildi.  Quyida Quddusda yashagan viloyat boshliqlarining ismlari keltirilgan: (Qolgan isroilliklar, ruhoniylar, levilar, ma’bad xizmatchilari*+ hamda Sulaymon xizmatkorlarining o‘g‘illari+ Yahudoning boshqa shaharlarida, har biri o‘z shahrida, o‘z yerida yashar edi+.  Quddusda Yahudoning va Benyaminning ba’zi o‘g‘illari istiqomat qilardi.) Yahudo o‘g‘illari: Otayox (u Uzziyoning, Uzziyo Zakariyoning, Zakariyo Emoriyoning, Emoriyo Shafatiyoning, Shafatiyo Paraz+ oilasidan bo‘lgan Maxaliyolning o‘g‘li edi) va  Masiyo (u Boruxning, Borux Xolxozining, Xolxozi Xaziyoning, Xaziyo Odayoning, Odayo Yo‘xarivning, Yo‘xariv Shelo naslidan bo‘lgan Zakariyoning o‘g‘li edi).  Quddusda yashagan Paraz o‘g‘illarining jami 468 kishi bo‘lib, ularning hammasi iste’dodli odamlar edi.  Benyamin o‘g‘illari: Sallu+ (u Mashullomning, Mashullom Yo‘adning, Yo‘ad Podiyoning, Podiyo Xulayoning, Xulayo Masiyoning, Masiyo Itelning, Itel Yeshayoning o‘g‘li edi)  va Gabboy bilan Salloy xonadonidan jami bo‘lib 928 kishi,  shuningdek, ularning noziri Zixri o‘g‘li Yo‘el va shaharning ikkinchi noziri Xassinuva o‘g‘li Yahudo. 10  Ruhoniylar: Yo‘xariv o‘g‘li Yodayo, Yoxin+, 11  haq Tangrining uyini* boshqargan Sarayo (u Xilqiyoning, Xilqiyo Mashullomning, Mashullom Zodo‘xning, Zodo‘x Maroyo‘tning, Maroyo‘t Oxitobning+ o‘g‘li edi) 12  va bu uyda xizmat qilgan birodarlari jami bo‘lib 822 kishi. Shuningdek Odayo (u Yeroxamning, Yeroxam Palaliyoning, Palaliyo Omzining, Omzi Zakariyoning, Zakariyo Pashxurning+, Pashxur Malkiyoning o‘g‘li edi) 13  hamda xonadonlar boshlari bo‘lgan uning birodarlari jami bo‘lib 242 kishi. Emashay (u Ozariyolning, Ozariyol Oxzayning, Oxzay Mashillamo‘tning, Mashillamo‘t Immarning o‘g‘li edi) 14  hamda uning kuchli va jasur birodarlari jami bo‘lib 128 kishi. Mashhur oilaning a’zosi bo‘lmish Zabdiyol ularning noziri edi. 15  Levilar: Shamayo+ (u Xashshubning, Xashshub Ozrikomning, Ozrikom Xashaviyoning, Xashaviyo Bo‘naxning o‘g‘li edi) 16  hamda levilarning boshliqlari bo‘lgan Shabbatay+ va Yo‘zabad+. Ular haq Tangri uyidagi tashqi ishlarni nazorat qilishardi. 17  Shuningdek Mattaniyo+ (u Mixoning, Mixo Zabdining, Zabdi Osifning+ o‘g‘li edi). U hamd-u sano aytilishini boshqarardi va ibodat paytida sanolar kuylardi+; qo‘shiqchilarning orasida ikkinchi bo‘lgan Bobuhiyo va Abdax (u Shammuvaning, Shammuva Galolning, Galol Yodutunning+ o‘g‘li edi). 18  Muqaddas shaharda jami bo‘lib 284 nafar levi bor edi. 19  Darvozabonlar: Oqquv, Talmo‘n+ va darvozalarni qo‘riqlagan ularning birodarlari jami bo‘lib 172 kishi. 20  Qolgan xalq, ruhoniylar va levilarning barchasi Yahudodagi boshqa shaharlarda, har biri meros qilib olgan yerida yashardi. 21  Ma’bad xizmatchilari+ Ofelda+ yashashardi. Zixo bilan Gishpo esa ularga boshchilik qilish uchun tayinlangan edilar. 22  Quddusda levilarning noziri Banix o‘g‘li Uzzi edi (Banix Xashaviyoning, Xashaviyo Mattaniyoning+, Mattaniyo Mixaning, Mixa qo‘shiqchi Osifning naslidan edi). Uzzi haq Tangrining uyidagi ishlarni boshqarardi. 23  Shohning ularga tegishli buyrug‘iga ko‘ra+, qo‘shiqchilar kunda zaruriy narsalar bilan ta’minlanishlari kerak edi. 24  Patixiyah xalqga tegishli barcha masalalar bo‘yicha shohning maslahatchisi* edi (u Mashazavilning o‘g‘li, Mashazavil Zerahning o‘g‘illaridan biri, Zerah esa Yahudoning o‘g‘li edi). 25  Yashash joylar va ularga tegishli dalalarga keladigan bo‘lsak, Yahudoning ayrim o‘g‘illari Xirat-Arbada+ hamda unga qarashli* shaharlarda, Dibonda hamda unga qarashli shaharlarda va Yoxavzolda+ hamda uning qishloqlarida, 26  Yeshuvada, Mo‘lodaxda+, Bayt-Palatda+, 27  Xazor-Shuvolda+, Bershevada hamda unga qarashli shaharlarda, 28  Zixlaxda+, Maxunoda hamda unga qarashli shaharlarda, 29  En-Rimmonda+, Zoroxda+, Yarmutda, 30  Zono‘vaxda+, Adullamda hamda uning qishloqlarida, Laxishda+ hamda uning dalalarida va Ozikahda+ hamda unga qarashli shaharlarda yashashardi. Ular Bershevadan to Hinnom vodiysigacha+ bo‘lgan yerlarda joylashishdi. 31  Benyamin aholisi G‘iboda+, Mixmashda, Oyada, Baytilda+ hamda uning atrofidagi shaharlarda, 32  Onoto‘tda+, Navda+, Ononiyohda, 33  Xazorda, Ramada+, Gitayimda, 34  Hodidda, Zavo‘mda, Navallotda, 35  Lo‘dda, Ono‘da+ va hunarmandlar vodiysida yashardi. 36  Levilarning ayrim guruhlari Yahudoni qoldirib, Benyamin qabilasining yerlariga ko‘chib o‘tishdi.

Izohlar

Yoki «netinimlar». So‘zma-so‘z «berilganlar».
Yoki «ma’badini».
So‘zma-so‘z «qo‘li».
Yoki «uning atrofidagi».