Naximiyo 12:1-47

  • Ruhoniylar va levilar (1-26)

  • Devorlarni bag‘ishlash marosimi (27-43)

  • Ma’bad xizmatchilarini moddiy ta’minlash (44-47)

12  Shaltiyol+ o‘g‘li Zarubabel+ va Yeshuva+ bilan birga asirlikdan qaytib kelgan ruhoniylar hamda levilar quyidagilar: Sarayo, Yeremiyo, Ezra,  Emoriyo, Mallux, Xattush,  Shaxaniyo, Raxum, Miromo‘t,  Iddo, Ginatoy, Abiyo,  Miyomin, Mo‘vadiyo, Bildax,  Shamayo, Yo‘xariv, Yodayo,  Sallu, Omoq, Xilqiyo va Yodayo. Ular Yeshuva davrida ruhoniylarga va birodarlariga boshchilik qilishar edi.  Levilar quyidagilar: Yeshuva, Binnuy, Kadmil+, Sharaviyo, Yahudo va Xudoga atalgan shukrona qo‘shiqlarining kuylanishini boshqargan Mattaniyo+ hamda uning aka-ukalari.  Shuningdek, birodarlari bo‘lmish Bobuhiyo bilan Unno ularning qarshisida qo‘riqchi bo‘lib turishdi*. 10  Yeshuva Yo‘yiqimning, Yo‘yiqim Eliashabning+, Eliashab Yo‘xadaxning+, 11  Yo‘xadax Yo‘natanning, Yo‘natan Yodduvaning otasi edi. 12  Yo‘yiqim davrida ruhoniy bo‘lgan xonadonlar boshlari quyidagilar: Sarayo+ xonadonidan Moriyo, Yeremiyo xonadonidan Xanoniyo, 13  Ezra+ xonadonidan Mashullom, Emoriyo xonadonidan Yohuxanon, 14  Malluxi xonadonidan Yo‘natan, Shabaniyo xonadonidan Yusuf, 15  Xarim+ xonadonidan Adna, Maroyo‘t xonadonidan Xalkay, 16  Iddo xonadonidan Zakariyo, Ginaton xonadonidan Mashullom, 17  Abiyo+ xonadonidan Zixri, Minyomin xonadonidan...*, Mo‘vadiyo xonadonidan Piltay, 18  Bildax+ xonadonidan Shammuva, Shamayo xonadonidan Yo‘natan, 19  Yo‘xariv xonadonidan Mattanay, Yodayo+ xonadonidan Uzzi, 20   Salloy xonadonidan Kalloy, Omoq xonadonidan Ibir, 21  Xilqiyo xonadonidan Xashaviyo, Yodayo xonadonidan Natanil. 22  Eliashab, Yo‘xadax, Yo‘xanon va Yodduva+ davrida, ya’ni Fors shohi Doroning* boshqaruviga qadar levilar xonadonlari boshlari hamda ruhoniylar ro‘yxatga olinib kelindi. 23  Eliashab o‘g‘li Yo‘xanon davriga qadar xonadon boshlari bo‘lgan levilarning ismlari solnoma kitobiga qayd etildi. 24  Levilarning boshliqlari Xashaviyo, Sharaviyo, Kadmil+ o‘g‘li Yeshuva+ va ularning qarshisida turgan aka-ukalari edi. Haq Tangrining odami bo‘lgan Dovudning ko‘rsatmalariga ko‘ra, ular Xudoga hamd-u sano va shukronalar aytishdi+. Qo‘riqchilar guruhlari birin-ketin turishdi. 25  Mattaniyo+, Bobuhiyo, Obodiyo, Mashullom, Talmo‘n va Oqquv+ darvozalar oldidagi omborxonalarni qo‘riqlaydigan darvozabon+ edilar. 26  Ular Yohuzadaxning nabirasi, Yeshuva+ o‘g‘li Yo‘yiqim, hokim Naximiyo, kotib* va ruhoniy bo‘lgan Ezra+ davrida xizmat qilishardi. 27  Quddus devorlarini bag‘ishlash marosimi quvonch ila o‘tsin deb, shukrona qo‘shiqlari aytilishi+, zil, lira hamda arfalar chalinishi uchun, marosim arafasida ular levilarni izlab, yashagan barcha joylardan ularni Quddusga keltirishdi. 28  Qo‘shiqchilarning o‘g‘illari* yaqin joylashgan viloyatdan*, Quddusning tevarak-atroflaridan, natufoliklarning+ qishloqlaridan, 29  Bayt-Gilgaldan+ va G‘ibo+ bilan Ozmobitning+ dalalaridan yig‘ildilar. Chunki qo‘shiqchilar Quddusning tevarak-atroflarida o‘zlari uchun qishloqlar qurishgan edi. 30  Ruhoniylar bilan levilar o‘zlarini, xalqni+, darvozalarni+ va devorni+ poklash marosimini o‘tkazishdi. 31  Men Yahudo beklarini devorning ustiga olib chiqdim. Hamd-u sanolar aytadigan qo‘shiqchilarning ikkita katta guruhini va ularning orqasidan yurish uchun guruhlarni tayinladim. Ularning bir guruhi devorning ustidan o‘ng tarafga, Kul darvozasi+ tomonga ketishdi. 32  Ularning orqasidan Ho‘shayyo va Yahudo beklarining yarmi, 33  shuningdek, Ozariyo, Ezra, Mashullom, 34  Yahudo, Benyamin, Shamayo va Yeremiyo ham jo‘nab ketishdi. 35  Ularning orqasidan ruhoniylarning karnay ko‘tarib olgan ba’zi o‘g‘illari ergashdi+. Ularning orasida Yo‘natanning o‘g‘li Zakariyo ham bor edi. Yo‘natan Shamayoning, Shamayo Mattaniyoning, Mattaniyo Mixiyoning, Mixiyo Zakkurning, Zakkur Osifning+ o‘g‘li edi. 36  Shuningdek, haq Tangrining odami bo‘lgan Dovudning musiqa asboblarini+ ko‘targan Zakariyoning birodarlari Shamayo, Ozariyol, Milalay, Jilalay, May, Natanil, Yahudo va Xonin ham bor edi. Ularni kotib Ezra+ boshlab bordi. 37  Ular Buloq darvozasidan+ to Dovud shahridagi+ Zinapoya+ ustidan to‘g‘riga yo‘l bosib, Dovud qal’asining devori tepasidan o‘tishdi va sharqdagi Suv darvozasiga+ yetib kelishdi. 38  Hamd-u sanolar aytadigan qo‘shiqchilarning boshqa guruhi ularga qarama-qarshi tomondan yurdi. Men va xalqning yarmi ularning ortidan ergashdik. Biz devor ustidan yurib, Tandir minorasi+ bilan Keng devor+ tepasidan, 39  Efrayim darvozasidan+, Eski shahar darvozasidan+, Baliq darvozasidan+, Xanonil minorasidan+, Miyo minorasi bilan Qo‘y darvozasidan+ o‘tib, Qo‘riqchi darvozasining oldiga kelib to‘xtadik. 40  Oxiri hamd-u sanolar aytadigan qo‘shiqchilarning ikki guruhi haq Tangri uyining qarshisida to‘xtashdi. Men ham, bosh nazoratchilarning yarmi ham o‘sha yerda to‘xtadik. 41  Karnay chalgan ruhoniylar: Eliyaqim, Masiyo, Minyomin, Mixiyo, Eliyo‘nay, Zakariyo, Xanoniyo 42  hamda Masiyo, Shamayo, Elazar, Uzzi, Yohuxanon, Malkiyo, Elam va Ezer ham shu yerda to‘xtashdi. Qo‘shiqchilar Yizraxiyo boshchiligi ostida baland ovozda kuylashdi. 43  O‘sha kuni ular ko‘p qurbonliklar keltirib, quvonishdi+. Chunki haq Tangri ularga katta xursandchilik ato etdi. Ayollar-u bolalar ham quvonishdi+. Quddusdagi xursandchilik uzoqlargacha eshitilib turdi+. 44  O‘sha kuni ehsonlar+, birinchi hosil+ va ushrlar*+ saqlanadigan omborxonalar+ ustidan mas’uliyatli kishilar tayinlandi. Tavrotga ko‘ra, bu omborxonalarga shaharlardagi dalalardan ruhoniylar va levilarga tegishli+ ulushlar yig‘iladigan bo‘ldi+. Ruhoniylar-u levilar ma’badda* xizmat qilayotgani uchun, Yahudo xalqi xursand bo‘lganidan shunday qila boshladi. 45  Ruhoniylar-u levilar Xudoga xizmat qilish va poklanish bilan bog‘liq vazifalarini bajarishga tushishdi. Qo‘shiqchilar-u darvozabonlar ham Dovud va uning o‘g‘li Sulaymon bergan ko‘rsatmalarga binoan, vazifalarini bajara boshlashdi. 46  Chunki ilgari, ya’ni Dovud bilan Osif davrida, Allohga hamd-u sano va shukronalar aytadigan qo‘shiqchilar hamda ularga rahbarlik qiladiganlar bor edi+. 47  Zarubabel+ bilan Naximiyo davrida, butun Isroil xalqi qo‘shiqchilarga+ va darvozabonlarga+ ularning kundalik ulushlarini berardi. Shuningdek, ular levilarga tegishli ulushni ajratib qo‘yishardi+, levilar esa olgan ulushdan Horun o‘g‘illariga tegishli ulushni berishardi.

Izohlar

Boshqa variant «xizmatlari mobaynida ularning qarshisida turishdi».
Ibroniycha matnda, ehtimol, ism olib qo‘yilgan.
Ehtimol, Doro II.
Yoki «ulamo».
Yoki «Qo‘shiq aytishga o‘rgatilganlar».
Ya’ni Iordan atrofidagi viloyat.
So‘zma-so‘z «o‘ndan bir qismi».