Naximiyo 13:1-31

  • Naximiyoning boshqa islohotlari (1-31)

    • Ushrlar berilishi lozim (10-13)

    • Shabbat bulg‘anmasligi kerak (15-22)

    • O‘zga xalqdan bo‘lgan ayollarga uylanish taqiqlanadi (23-28)

13  O‘sha kuni xalq oldida Musoning kitobi qiroat qilindi+. Unga ko‘ra, na ommonliklar, na mo‘abliklar+ haq Tangrining jamoatiga hech qachon kira olmas edilar+.  Chunki ular Isroil xalqini non va suv bilan kutib olishmagan edi. Aksincha, la’natlash uchun ularga qarshi Balomni jo‘natishgan edi+. Biroq Xudoyimiz bu la’natni barakaga aylantirdi+.  Tavrotdagi bu qonunni eshitiboq, ular o‘zga xalqlardan bo‘lgan barcha naslni* isroilliklardan ajrata boshlashdi+.  Bundan oldin esa, Xudo uyining* omborxonalarini*+ ruhoniy Eliashab+ nazorat qilardi. U To‘viyoning+ qarindoshi edi.  Eliashab katta omborxonalardan birini uning ixtiyoriga berdi. Ilgari u yerda levilar+, qo‘shiqchilar va darvozabonlarga atalgan don nazri, xushbo‘y smola*, turli anjomlar, shuningdek, don, yangi sharob hamda moydan+ ushrlar* va shu bilan birga ruhoniylar uchun qilingan xayr-ehsonlar yig‘ilardi+.  Bu vaqt mobaynida men Quddusda yo‘q edim. Chunki Bobil shohi Artakserks+ hukmronligining 32- yili+, men shoh huzuriga qaytgandim. Biroq bir muncha vaqt o‘tgach, shohdan ruxsat so‘rab,  Quddusga qaytdim. U yerga kelganimda, Eliashab+ haq Tangri uyining hovlisidagi omborxonani To‘viyoning+ ixtiyoriga berib, razil ish qilganini payqadim.  Shunda achchig‘im chiqib, To‘viyoning barcha narsasini omborxonadan tashqariga otib yubordim.  Keyin omborxonalarni tozalashni buyurdim va u yerga haq Tangrining uyidagi narsalarni+, don nazrini va xushbo‘y smolani+ qaytarib olib kirib qo‘ydim. 10  Bundan tashqari, levilarga ularning ulushlari+ berilmayotganligi+ menga ma’lum bo‘ldi. Shu bois, xizmat qilgan levilar va qo‘shiqchilar o‘z dalalariga ketib qolishgan ekan+. 11  Shunda men bosh nazoratchilarni+: «Nima uchun haq Tangrining uyi qarovsiz qolib ketdi?»+ — deb koyib berdim. So‘ng levilarni birga yig‘ib, ularni o‘z vazifalariga qaytardim. 12  Butun Yahudo xalqi omborxonalarga don, yangi sharob va moydan ushr+ olib keldi+. 13  Bundan keyin, omborxonalarni nazorat qilish uchun ruhoniy Shalamiyoni, kotib* Zodo‘xni, levi bo‘lgan Podiyoni tayinladim. Mattaniyoning o‘g‘li, Zakkur o‘g‘li Xanonni ularning yordamchisi qilib tayinladim. Ularning bari ishonchli kishilar edi. Qarindosh-urug‘lariga ulushlarini taqsimlab berish ularning vazifasiga kirardi. 14  Ey Xudoyim, bularni inobatga olib, meni yodda tutgin+. Uying uchun mehr-sadoqat ila qilgan ishlarimni va u yerdagi xizmatimni unutmagin+. 15  O‘sha kezlarda, Shabbat kuni odamlar Yahudoda uzum ezishayotganini+, ko‘pgina don olib kelib eshaklarga yuklashayotganini ko‘rdim. Ular shuningdek sharob, uzum, anjir va boshqa narsalarni Quddusga Shabbat kuni olib kelishayotgan edi+. Men ularni bu kuni oziq-ovqat sotmaslik borasida ogohlantirdim*. 16  Shaharda yashagan tirliklar baliq va turli xil mahsulotlarni olib kelib, Shabbat kuni Quddusdagi Yahudo aholisiga sotishardi+. 17  Men asilzodalarni shunday deb koyib berdim: «Nima uchun bunday qabih ishga qo‘l urib, hatto Shabbat kunini harom qilyapsizlar? 18  Ota-bobolaringiz ham xuddi shunday yo‘l tutishmaganmidi? Buning dastidan Allohimiz boshimizga va ushbu shaharga bu barcha musibatlarni yog‘dirmaganmidi? Sizlar bo‘lsa, Shabbat kunini harom qilib, Uning Isroilga qarshi g‘azabini yanada battar qo‘zg‘atyapsizlar-ku!»+ 19  Shu sababli, qorong‘i tushishidan, ya’ni Shabbat kuni boshlanishidan oldin, men Quddus darvozalari bekitilishini buyurdim. Shabbat kuni tugamaguniga qadar, eshiklar ochilmasligini aytdim. Shabbat kuni hech qanday yuk olib kirilmasin deya, xizmatkorlarimdan ba’zilarini darvozalar oldiga qo‘ydim. 20  Shuning uchun, savdogarlar va turli xil mahsulotlarni sotuvchilar bir yoki ikki marta Quddusdan tashqarida tunashdi. 21  Men ularni ogohlantirib: «Nega devor yonida tunayapsizlar? Agar yana shunaqa qilsangiz, sizlarga qarshi kuch ishlataman»,— dedim. Shu paytdan boshlab, ular Shabbat kuni kelmaydigan bo‘lishdi. 22  Shabbat kuni muqaddas saqlanishi+ uchun men levilarga muntazam ravishda o‘zlarini poklab, darvozalarni qo‘riqlashni buyurdim. Ey Xudoyim, bu savob ishimni ham yodingda tut. Cheksiz mehr-sadoqating ila menga rahm-shafqat ko‘rsatgin+. 23  O‘sha kunlari, yahudiylarning o‘g‘illari ashdodlik+, ommonlik va mo‘ablik+ ayollarga uylanishganini*+ ham bilib qoldim. 24  Ularning o‘g‘illaridan yarmi ashdodliklar va boshqa yarmi o‘zga xalqlar tilida so‘zlashardi. Lekin hech biri yahudiy tilini bilmasdi. 25  Men ularni koyib, la’natladim, ba’zilarini urib+, sochlarini yuldim. Ularga Xudo haqqi qasam ichtirib, shunday dedim: «Ularga qiz berib, qiz olmanglar+. 26  Axir ular tufayli Isroil shohi Sulaymon gunoh qilmaganmidi? Hech bir xalqda unga o‘xshagan shoh bo‘lmagan+. Xudo uni sevgani+ uchun butun Isroil ustidan shoh qilib tayinladi. Ammo o‘zga xalqlardan bo‘lgan xotinlari, hatto uni ham gunohga og‘dirishdi+. 27  Sizlar o‘zga xalqdan bo‘lgan ayollarga uylanib, qabihlikka qo‘l uryapsizlar. Xudoyimizga bunday bevafolik qilishga qanday haddingiz sig‘di?!»+ 28  Oliy ruhoniy Eliashabning+ o‘g‘li Yo‘xadaxning+ o‘g‘illaridan biri bo‘lib, u xo‘ronlik Sanballatning+ kuyovi edi. Shuning uchun men uni yonimdan haydab yubordim. 29  Ey Xudoyim, ularni yodingda tutgin. Chunki ular ruhoniylikni hamda ruhoniylar+ va levilar bilan qilingan ahdni+ bulg‘ashdi. 30  Men xalqni har turli nopoklikdan tozaladim. Ruhoniy va levilarga o‘z xizmatlari bo‘yicha vazifalarini taqsimlab berdim+. 31  Qolaversa, o‘tin+ va birinchi hosil belgilangan vaqtda yetkazilib berilishini yo‘lga qo‘ydim. Ey Allohim, inoyatingni ko‘rsatib, meni unutmagin+.

Izohlar

Yoki «chatishgan naslni».
Yoki «ma’badining».
Yoki «oshxonalarini».
So‘zma-so‘z «o‘ndan bir qismini».
Yoki «ulamo».
Boshqa variant «Hech narsa sotmanglar deb, men ularni o‘sha kuni ogohlantirdim».
Yoki «uylariga olib kelishganini».