Naximiyo 2:1-20

  • Naximiyo Quddusga jo‘natiladi (1-10)

  • Naximiyo shahar devorini ko‘zdan kechiradi (11-20)

2  Shoh Artakserks+ hukmronligining 20-yili+ nison* oyi edi. Shoh huzuriga sharob keltirishdi va men har galgidek sharob quyib, uni shohga uzatdim+. Shu paytgacha shoh huzurida g‘amgin bo‘lib yurmagandim.  Buni ko‘rib shoh: «Nega bunchalik g‘amgin ko‘rinasan? Kasalga o‘xshamaysan. Lekin yuragingda bir dard borga o‘xshaydi»,— deb aytdi. Bu gapdan juda qo‘rqib ketdim.  Men shohga: «Shoh hazratlarining umri boqiy bo‘lsin! Ota-bobolarim qabri joylashgan shahar vayronaga aylangan, darvozalari esa yondirib yuborilgan. Shuning uchun g‘amginman, shoh hazratlari»+,— dedim.  Shoh mendan: «Nima istaging bor?» — deb so‘radi. Shu on samoviy Xudoga ibodat qildim-da+,  shohga: «Agar shoh hazratlari ma’qul ko‘rsalar va kaminangiz iltifotingizga sazovor bo‘lsa, meni Yahudo o‘lkasiga, ota-bobolarimning qabri joylashgan shaharga yuborsalar. Men uni qayta tiklayin»+,— deya javob berdim.  Shoh (bu payt yonida rafiqasi* o‘tirgan edi) mendan: «Safaring qancha vaqt davom etadi va qachon qaytasan?» — deb so‘radi. Men shohga aniq vaqtni aytganimdan+ keyin, u borishimga ijozat berdi+.  Keyin men shohga quyidagilarni aytdim: «Agar shoh hazratlariga ma’qul bo‘lsa, Furot daryosining+ g‘arbidagi* hokimlarga maktublar yozilib, qo‘limga berilsin. Toki ular Yahudo o‘lkasiga yetib borishimga ruxsat berishsin.  Shuningdek, ma’bad* qal’asining+ darvozalari, shahar devorlari+ hamda men yashaydigan uyning qurilishiga yog‘och berishi uchun, shohning o‘rmon qorovuli Osifga maktub yozib berilsin». Xudoning inoyati menga yor bo‘lgani uchun+, shohdan nima so‘ragan bo‘lsam, hammasini berdi+.  Oxir-oqibat, men Furot daryosining g‘arbidagi hokimlarning oldiga yetib keldim va ularga shohning maktublarini berdim. Shoh, shuningdek, men bilan birga lashkarboshilari va otliq askarlarni yuborgandi. 10  Xo‘ronlik Sanballat+ va ommonlik+ amaldor* To‘viyo+ Isroil xalqiga kimdir yordam bergani kelganini eshitgach, qovoqlarini osiltirishdi. 11  Nihoyat, men Quddusga yetib keldim. Uch kun o‘tgach, 12  kechasi o‘rnimdan turib, o‘zim bilan birga bir nechta odamni oldim, lekin Quddus uchun qilmoqchi bo‘lgan, Xudoyim qalbimga solgan ishlar haqida hech kimga aytmadim. Yonimizda mingan eshagimdan boshqa hech qanday hayvon yo‘q edi. 13  Quddus devorining xarobalarini va yondirib yuborilgan darvozalarni+ ko‘zdan kechirish uchun kechasi Vodiy darvozasidan+ chiqib, Katta ilon bulog‘i* yonidan o‘tib ketdim va Kul darvozasigacha*+ bordim. 14  So‘ngra Buloq darvozasi+ va Shoh hovuziga yo‘l oldim. Men minib borayotgan eshak u yerdan o‘ta olmadi. 15  Ammo kechasi vodiy+ bo‘ylab tepaga chiqib borib, devorlarni diqqat bilan ko‘zdan kechirdim. Shundan keyin burilib, Vodiy darvozasi bo‘ylab orqaga qaytdim. 16  Amaldorlar+ qayerga borganimni va nima qilganimni bilmagan edi. Bu haqda men na yahudiylarga, na ruhoniylarga, na asilzodalarga, na bosh nazoratchilar va biron-bir ishchiga hali hech narsa aytmagandim. 17  Oxiri men ularga: «Qanchalik og‘ir ahvolda qolganimizni, Quddus vayron bo‘lib yotganini, darvozalari yondirib yuborilganini ko‘rib turibsizlar. Endi kelinglar, Quddus devorlarini qayta tiklaylik, toki bunday sharmandagarchilik boshqa davom etmasin»,— dedim. 18  Bundan tashqari, Xudo meni qo‘llab-quvvatlagani+ va shoh menga nima deganini+ ham aytib berdim. Shunda ular: «Qani, qurilishni boshlaylik!» — deya, bir-birlarini ishga kirishishga undashdi*+. 19  Xo‘ronlik Sanballat, ommonlik+ amaldor To‘viyo+ va arabistonlik+ Gashimning qulog‘iga bu xabar yetgach, bizni masxara qila boshlashdi+ va nafrat bilan: «Bu nima qilganingiz? Shohga qarshi isyon ko‘taryapsizlarmi?»+ — deyishdi. 20  Bunga men: «Samoviy Xudo ishimizga baraka beradi+ va biz Uning xizmatchilari qurilishni boshlaymiz. Sizlarga kelsak, Quddusda na ulushingiz, na haq-huquqingiz, na tarixiga biror aloqangiz bor»+,— deb javob berdim.

Izohlar

Yoki «malikasi».
Yoki «Furot daryosining naryog‘idagi».
So‘zma-so‘z «xizmatkor».
Ayrim tarjimalarda «Ajdar bulog‘i» deyilgan.
Ayrim tarjimalarda «Go‘ng darvozasi» deyilgan.
So‘zma-so‘z «qo‘llarini mustahkamlashdi».