Naximiyo 8:1-18

  • Qonun o‘qib, xalqga tushuntiriladi (1-12)

  • Chaylalar bayrami nishonlanadi (13-18)

8  Butun xalq hamjihat bo‘lib, Suv darvozasi+ oldidagi maydonda yig‘ilganida, kotib* Ezradan+ Yahova Isroil xalqiga Muso orqali bergan+ Tavrotni+ olib kelishni so‘rashdi.  Shu yo‘sin, yettinchi oyning+ birinchi kunida ruhoniy Ezra erkaklar-u ayollar va eshitganlarini fahmlay oladigan barcha yig‘ilganlar oldiga Tavrotni olib chiqdi+.  U Suv darvozasi oldidagi maydonda turib, erta tongdan tush paytigacha erkaklar-u ayollar va eshitganlarini fahmlay oladigan barcha yig‘ilganlar oldida Tavrotni qiroat qildi+. Xalq bo‘lsa, uni diqqat bilan tingladi+.  Kotib Ezra, bu munosabat bilan yasalgan taxta supa ustida turgan edi. Uning o‘ng tarafida Mattitiyo, Shema, Onoyoh, Uriyo, Xilqiyo va Masiyo, chap tarafida esa Podiyo, Mishail, Malkiyo+, Xashum, Xashbaddanax, Zakariyo va Mashullom turishgan edi.  Ezra hammadan balandroq turgani bois, Tavrotni ochganida, barcha buni ko‘rib o‘rnidan turdi.  So‘ng Ezra haq Tangri Yahovani, eng buyuk Xudoni olqishladi. Xalq esa qo‘llarini ko‘tarib: «Omin!* Omin!»+ — deya muk tushib, Yahovaga yergacha ta’zim qildi.  Levilar bo‘lgan Yeshuva, Banix, Sharaviyo+, Yomin, Oqquv, Shabbatay, Xo‘diyo, Masiyo, Kilit, Ozariyo, Yo‘zabad+, Xanon va Paliyo o‘sha yerda turgan xalqga Tavrotni tushuntirdilar+.  Ular haq Tangri bergan Tavrotni qiroat qilib, aniq tushuntirishar va ma’nosini ochib berishardi. Shunday qilib, xalqga o‘qilganlarni anglashga yordam berishardi+.  Hokim* Naximiyo, ruhoniy va kotib bo‘lgan Ezra+ hamda levilar xalqga ta’lim berib: «Bu kun Allohingiz Yahova uchun muqaddasdir+. Shuning uchun motam va yig‘i-sig‘i qilmanglar»,— deb aytishdi. Sababi, odamlar Tavrotdan o‘qilganlarni eshitib, yig‘layotgan edi. 10  Keyin Naximiyo: «Boringlar, mazali taomlar* yeb, shirin ichimliklar ichinglar+ va taom tayyorlamaganlar bilan bo‘lishinglar. Chunki bu kun Rabbimiz uchun muqaddasdir. Qayg‘urmanglar, axir Yahova berayotgan quvonch qo‘rg‘oningizdir*»,— dedi. 11  Levilar ham odamlarni yupatib: «Qo‘yinglar, siqilmanglar, axir bu muqaddas kun-ku!» — deb aytishdi. 12  Shunda butun xalq borib yeb-ichdi va boshqalar bilan baham ko‘rdi. Ular o‘qilganlarni tushunishgani uchun+ nihoyatda suyunishdi+. 13  Ertasi kuni xalqning xonadonlar boshlari, ruhoniylar va levilar Tavrotni yaxshiroq fahmlash uchun kotib Ezraning oldiga yig‘ilishdi. 14  Ular Yahova Muso orqali bergan Tavrotdan, Isroil o‘g‘illari yettinchi oyda nishonlanadigan bayramda chaylalarda yashashi kerakligini bilib olishdi+. 15  Shuningdek, barcha shaharlar va Quddus bo‘ylab: «Tavrotda yozilganiday, chaylalar yasash uchun tog‘li hududlarga borib, zaytun, qarag‘ay, mirta, palma va boshqa daraxtlarning bargli shoxlaridan olib kelinglar»,— deb e’lon qilish kerakligini bilib olishdi+. 16  Odamlar borib buyurilganday qilishdi. Ular uylarining tomi ustida, hovlilarida, haq Tangrining uyi hovlilarida+, Suv darvozasi+ va Efrayim darvozasi+ oldidagi maydonlarda chaylalar qurishdi. 17  Asirlikdan qaytgan butun jamoa chaylalar qurib, ularda yashay boshladi. Nun o‘g‘li Yoshuaning+ davridan boshlab, bu paytgacha isroilliklar bayramni shu qadar xursandchilik bilan nishonlamagan edilar+. 18  Ularga har kuni — birinchi kundan to oxirgi kungacha, haq Tangri bergan Tavrotdan o‘qib berildi+. Unga ko‘ra bayram yetti kun davom etib, sakkizinchi kuni esa tantanali yig‘in uyushtirildi+.

Izohlar

Yoki «ulamo».
Yoki «Shunday bo‘lsin!»
Yoki «tirshata», viloyat hokimi uchun qo‘llanilgan forscha unvon.
So‘zma-so‘z «yog‘li narsalar».
Yoki «kuchingizdir».