Noxum 1:1-15

  • Xudo dushmanlaridan qasos oladi (1-7)

    • Xudo mutlaq sadoqatni talab qiladi (2)

    • Yahova Undan panoh izlayotganlarga g‘amxo‘rlik qiladi (7)

  • Nineviyani butunlay yo‘q qiladi (8-14)

    • Yana kulfat keltirishiga hojat qolmaydi (9)

  • Yahudoda xushxabar e’lon qilinadi (15)

1  Nineviyaga* qarshi xabar+. Bu kitobda elqo‘shlik Noxumga* kelgan vahiy yozilgan.   Yahova mutlaq sadoqatni talab qiladigan+ va o‘ch oladigan Xudodir.Yahova qasos oladi, U g‘azabini sochishga tayyor turibdi+. Yahova dushmanlaridan o‘ch oladi,U g‘azabini g‘animlari uchun saqlab qo‘yadi.   Yahova sabr-toqatli*+ va nihoyatda qudratlidir+,Ammo Yahova aslo jazosiz qoldirmaydi+. U yurganda vayron qiluvchi shamol va bo‘ron ko‘tariladi,Bulutlar oyog‘i ostidagi changga o‘xshaydi+.   U dengizni koyib beradi+ va uni quritib qo‘yadi.U barcha oqar daryolarni quritib yuboradi+. Bashan va Karmil qovjirab qoldi+,Livan* gullari so‘lidi.   Tog‘lar U tufayli titraydi,Tepaliklar erib ketadi+. Uning oldida yer larzaga keladi,Zamin va unda yashovchilarni ham titroq bosadi+.   Uning qahri oldida kim ham tura oladi?!+ Qaynoq g‘azabiga kim dosh bera oladi?!+ Uning g‘azabi olovday sochiladi,Uning oldida qoyalar ham parchalanib ketadi.   Yahova yaxshidir+, qayg‘uli kunda U qal’a bo‘ladi+. Undan panoh izlayotganlarga g‘amxo‘rlik qiladi*+.   U toshqin suvlar bilan Nineviyani* butunlay yo‘q qiladi.Uning dushmanlarini zulmat ta’qib etadi.   Yahovaga qarshi fitna uyushtiryapsizmi?! U sizni butkul yo‘q qiladi. Yana kulfat keltirishiga hojat qolmaydi+. 10  Nineviya aholisi bir-biriga chirmashib ketgan tikanga,Ichkilikdan* mast bo‘lgan kishiga o‘xshaydi.Olov ularni quruq somon kabi yutib yuboradi. 11  Puch maslahat berib,Yahovaga qarshi yovuz rejalar tuzadigan kimsa sendan chiqadi. 12  Yahova shunday demoqda: «Ossuriyaliklar kuchga to‘la va ko‘pchilik bo‘lsa-da,Ular qirilib, yo‘q bo‘ladi*. Ey Yahudo, seni jazolagan edim, ammo boshqa jazolamayman. 13  Ossuriya senga solgan bo‘yinturuqni endi sindiraman+,Kishanlaringni ikkiga bo‘lib tashlayman. 14  Ey Nineviya*, Yahova sen haqda shunday amr berdi:“Sening noming butunlay o‘chib ketadi. Xudolaring uyidan o‘yma tasvirlar va quyma butlarni* yo‘q qilaman. Jirkanch bo‘lganing uchun senga qabr tayyorlab qo‘yaman”. 15  Ana, xushxabar olib kelayotgan+,Tinchlik e’lon qilayotgan kishi tog‘lar oshib kelyapti! Bayramlaringni nishonla+, ey Yahudo, ichgan qasamlaringni bajar.Chunki yovuz odam seni boshqa bosib olmaydi. U butkul yo‘q qilinadi».

Izohlar

Yoki «Naynavo».
Ma’nosi «yupatuvchi».
Yoki «g‘azablanishga shoshmaydigan».
Yoki «Lubnon».
Yoki «yodda tutadi». So‘zma-so‘z «taniydi».
So‘zma-so‘z «uning joyini».
Yoki «Bug‘doydan tayyorlangan pivodan».
Boshqa variant «U orasidan o‘tib ketadi».
Yoki «Ey ossuriyalik».
Yoki «metall haykallarni».