Noxum 2:1-13

  • Nineviya vayron qilinadi (1-13)

    • «Daryo darvozalari ochiladi» (6)

2  Seni* tumtaraqay qiladigan qarshingdan chiqdi+. Istehkomlarni himoyala, Yo‘lni qo‘riqla. Belingni mahkam bog‘la va bor kuchingni to‘pla.   Yahova Yoqubning faxri bilan birgaIsroilning faxrini ham tiklaydi.Chunki barbod qiluvchilar ularni barbod qilib+,Novdalarini xazon qildi.   Nineviya dushmanlarining qalqonlari qizilga bo‘yalgan,Jangchilari alvon rangli kiyim kiygan. Jangga hozirlik ko‘rgan kunda,Jang aravalarining temir anjomlari olovday yarqiradi,Jangchilar qora archadan yasalgan nayzalarni silkitdi.   Jang aravalari ko‘chalarda shiddat bilan yelib borar. Shahar maydonlarida u yoqdan bu yoqga g‘izillab yurar. Ular mash’alalar kabi yonib, chaqmoqday chaqnar.   Shoh sara jangchilarini yig‘adi. Ular olg‘a yurayotib qoqiladi. Ular shahar devoriga chopib borib,Mudofaa to‘siqlarini o‘rnatadi.   Daryo darvozalari ochiladi,Saroy o‘pirilib tushadi*.   Qaror chiqarilgan. Shahar ochiq qoldi.Uning aholisi surgun qilindi, cho‘rilari aza tutyapti.Ular ko‘ksilariga urib, kaptarlarday ovoz chiqaryapti.   Boshidanoq Nineviya+ suv to‘la hovuzga o‘xshardi,Biroq hozir ular qochib ketyapti. «To‘xtanglar! To‘xtanglar!» — deyishsa ham, Hech kim ortiga qaramayapti+.   Kumush-u oltinni talon-toroj qiling! Bu yerda xazinalarning cheki yo‘q. Turli xil qimmatbaho buyumlar ko‘p. 10  Shahar bo‘shab, kimsasiz qoldi, vayronaga aylandi!+ Qo‘rquvdan ularning jasorati so‘ndi*, tizzalari bukilib, badanida qattiq og‘riq turdi.Barchasining yuzi oqarib ketdi. 11  Sherlar+ uyasi qayerda, yosh sherlar* qayerda oziqlanadi?Ularni hech kim qo‘rqita olmasligi uchun,Urg‘ochi sher bolalari bilan qayerda yuradi? 12  Sher bolalari uchun yetarlicha o‘ljani tilka-pora qilib,Urg‘ochi sherlariga ham o‘ljani bo‘g‘izlagan. Uyasini o‘lja bilan,Makonini tilka-pora qilingan hayvonlar bilan to‘ldirgan. 13  Qo‘shinlar Sarvari Yahova shunday demoqda: «Mana, senga qarshi chiqyapman+.Jang aravalaringni butunlay yondirib yuboraman+.Yosh sherlaring qilichdan halok bo‘ladi. O‘ljangni yer yuzidan yo‘q qilaman.Xabarchilaring ovozi ortiq eshitilmaydi»+.

Izohlar

Ya’ni Nineviyani.
Yoki «erib ketadi».
So‘zma-so‘z «yuragi eridi».
Yoki «yosh yoldor sherlar».