Qonunlar 14:1-29

  • Aza tutganda o‘rinsiz odatlar (1, 2)

  • Halol va harom hayvonlar (3-21)

  • Yahova uchun ushr (22-29)

14  Sizlar Allohingiz Yahovaning o‘g‘illarisiz. O‘lgan kishi uchun badaningizni kesmanglar+, qoshlaringizni* qirmanglar+.  Sizlar Xudoyingiz Yahovaning muqaddas xalqisiz+. Yahova yer yuzidagi barcha xalqlar ichidan sizlarni O‘z xalqi sifatida tanlab, o‘zgacha* mulki qilib olgan+.  Jirkanch hech bir narsani yemanglar+.  Quyidagi hayvonlarni yesangiz bo‘ladi+: buqa, qo‘y, echki,  bug‘u, g‘izol, elik, yovvoyi echki, kiyik, yovvoyi qo‘y, tog‘ qo‘yi.  Ayri tuyoqli, tuyog‘i ikkiga bo‘lingan hamda kavsh qaytaradigan har qanday hayvonni yeyishingiz mumkin.  Biroq, kavsh qaytaradigan yoki ayri tuyoqli hayvonlardan quyidagilarini yemanglar: tuya, quyon, qoya damani*. Ular kavsh qaytargani bilan, ayri tuyoq emas. Bu hayvonlar sizlar uchun haromdir+.  Cho‘chqani ham yemanglar, u ayri tuyoq bo‘lgani bilan kavsh qaytarmaydi. U sizlar uchun haromdir. Bu hayvonlarning go‘shtini yemanglar, o‘ligiga tegmanglar.  Suvda yashovchilardan suzgichlari va tangachalari bo‘lgan har qanday jonivorni yesangiz bo‘ladi+. 10  Lekin suzgichlari va tangachalari bo‘lmagan har qanday jonivorni yemanglar. Ular sizlar uchun haromdir. 11  Har qanday pok qushni yeyishingiz mumkin. 12  Biroq quyidagi qushlarni yemanglar: burgut, suvqiyg‘ir, qora tasqara+, 13  qizil kalxat, qora kalxat va kalxatning har qanday turi, 14  qarg‘aning har qanday turi, 15  tuyaqush, boyo‘g‘li, baliqchi hamda lochinning har qanday turi, 16  ukki, quloqli ukki, oqqush, 17  birqozon, tasqara, qoravoy, 18  laylak, qarqaraning har qanday turi, sassiqpopishak va ko‘rshapalak. 19  Shuningdek, har qanday qanotli g‘uj-g‘uj* hasharotlar sizlar uchun haromdir. Ularni yemanglar. 20  Pok bo‘lgan har qanday qanotli jonivorlarni yeyishingiz mumkin. 21  O‘lgan hayvonning go‘shtini yemanglar+. Uni shaharlaringizda yashaydigan musofirga beringlar yoki sotib yuboringlar. Musofir uni yesa bo‘ladi. Sizlar Xudoyingiz Yahovaning muqaddas xalqisizlar. Uloqni onasining sutida qaynatmanglar+. 22  Har yili dalangiz o‘stirgan hosilning o‘ndan bir qismini* albatta beringlar+. 23  Doningiz, yangi sharobingiz va moyingizning o‘ndan bir qismini, qoramol va qo‘y-echkilaringizning birinchi bolasini Tangringiz Yahova O‘z ismini ulug‘lash uchun tanlagan joyda yenglar+. Shu tariqa, Allohingiz Yahovadan doimo qo‘rqishni o‘rganasizlar+. 24  Bordi-yu, Xudoyingiz Yahova O‘z ismini ulug‘lash uchun tanlagan joy+ sizdan ancha uzoqda bo‘lsa va u yerga borish uchun ancha vaqt kerak bo‘lsa, Tangringiz Yahova sizlarga baraka bergani uchun hadyalaringiz ko‘p bo‘lganidan ularni o‘sha yerga olib bora olmasangiz, 25  hadyalaringizni soting-da, pulini qo‘lingizga olib, Tangringiz Yahova tanlagan joyga boring. 26  Bu pulga istagan narsani: qoramol, qo‘y-echkilar, sharob va boshqa ichkiliklarni, o‘zingizga yoqqan har qanday narsani sotib olib, ularni o‘sha yerda, Allohingiz Yahovaning huzurida o‘zingiz va xonadon ahlingiz yeb, quvoninglar+. 27  Shaharlaringizda yashaydigan leviga bee’tibor bo‘lmanglar+, chunki uning sizlar bilan ulushi ham, merosi ham yo‘q+. 28  Har uchinchi yilning oxirida, o‘sha yilning hosilidan o‘ndan bir qismini olib kelib, shaharlaringizda saqlab qo‘yinglar+. 29  Sizlar bilan ulushi ham, merosi ham bo‘lmagan levi, shuningdek musofir, yetim va shaharlaringizda yashaydigan beva to‘ygunicha yesin+. Shunda Xudoyingiz Yahova barcha ishlaringizga baraka beradi+.

Izohlar

Yoki «peshonangizni».
Yoki «qimmatbaho».
Qoyalarda yashovchi quyonsimon hayvon.
Bu ibroniycha so‘z ostida havoda, dengizda va quruqlikda uchraydigan gala-gala kichik mavjudotlar tushunilishi mumkin.
Yoki «ushr».