Qonunlar 20:1-20

  • Urushga oid ko‘rsatmalar (1-20)

    • Harbiy xizmatdan ozod qilinish (5-9)

20  Dushmanlaringiz bilan jang qilgani borganda ularning otlari, jang aravalari va sizlarnikidan ancha katta bo‘lgan qo‘shinini ko‘rib qo‘rqib ketmanglar. Boisi, sizlarni Misr yurtidan olib chiqqan Xudoyingiz Yahova sizlar bilandir+.  Jangga otlanayotganingizda ruhoniy xalqning oldiga kelib, ularga qarata+  shunday deb aytsin: “Tingla, ey Isroil xalqi! Sizlar dushmanlaringiz bilan jang qilgani bormoqchisizlar. Irodali bo‘linglar. Ulardan qo‘rqmanglar, vahimaga tushib, qaltiramanglar.  Sababi, Tangringiz Yahova sizlar uchun dushmanlaringizga qarshi jang qilib, sizlarni qutqarish uchun, sizlar bilan boradi”+.  Boshliqlar ham xalqqa murojaat qilib, bunday deyishsin: “Orangizda yangi uy qurib, ichiga hali ko‘chib kirmagan odam bormi? U uyiga qaytsin. Aks holda, u jangda halok bo‘lsa, uning uyi boshqa kishiga qolib ketadi.  Yoki uzumzor o‘tqazib mevasini hali yig‘magan kishi bormi? U uyiga qaytsin. Aks holda, u jangda halok bo‘lsa, boshqa odam hosilni yig‘ib oladi.  Orangizda biron qizga unashtirilib, uylanishga ulgurmagan odam bormi? U uyiga qaytsin+. Aks holda, u jangda halok bo‘lsa, boshqa kishi bu qizga uylanadi”.  Boshliqlar shuningdek: “Orangizda qo‘rqoq va irodasiz kishi bormi?+ U uyiga qaytsin. Tag‘in u birodarlarining ham ruhini tushirmasin*+”,— deb aytishsin.  Boshliqlar xalqqa gapirib bo‘lgach, xalqni boshlab borishlari uchun lashkarboshilarni tayinlashsin. 10  Jang qilish uchun biror shaharga yaqinlashganingizda, avvaliga tinchlik sulhini tuzish shartlarini e’lon qilinglar+. 11  Agar u rozi bo‘lib darvozalarini sizlarga ochib bersa, undagi aholi sizlarga qul bo‘lib, xizmatingizda bo‘ladi+. 12  Agar tinchlik sulhini tuzishga rozi bo‘lmay sizlar bilan jang qilmoqchi bo‘lsa, shaharni qamal qilinglar. 13  Allohingiz Yahova uni albatta qo‘lingizga topshiradi va sizlar o‘sha shahardagi erkaklarning barini qilichdan o‘tkazasizlar. 14  Ammo ayollar, bolalar, chorva hamda shahardagi bor narsani — u yerdagi butun o‘ljani o‘zingizga olinglar+. Xudoyingiz Yahova sizlarga bergan, dushmanlaringizdan olgan o‘ljani yenglar+. 15  Sizlarga yaqin joylashgan xalqlarga tegishli bo‘lmagan, olisdagi barcha shaharlar bilan shunday yo‘l tutinglar. 16  Allohingiz Yahova sizlarga meros sifatida berayotgan bu xalqlarning shaharlaridagi hech bir odamni* tirik qoldirmanglar+. 17  Chunki sizlar Tangringiz Yahova buyurganiday, xetiylar, amoriylar, kan’onliklar, pariziylar, xiviylar va yobusiylarni batamom yo‘q qilishingiz kerak+. 18  Bo‘lmasa ular sizlarni o‘z xudolari uchun qilgan barcha jirkanch ishlariga o‘rgatib, Xudoyingiz Yahovaga qarshi gunoh qilishga og‘dirishadi+. 19  Biron shaharga qarshi jang qilib, uni bosib olish uchun uzoq vaqt qamal qiladigan bo‘lsangizlar, daraxtlariga bolta ko‘tarib, yo‘q qilmanglar. Ularning mevasini yeyishingiz mumkin, ammo kesib tashlamanglar+. Axir daladagi daraxt odammidiki, uni qurshovga olasizlar?! 20  Faqat mevasini yeb bo‘lmaydigan daraxtlarni kessangiz bo‘ladi. Ularni qulatib, sizlarga qarshi jang qilayotgan shahar taslim bo‘lmaguncha, ulardan shahar atrofiga qamal inshootlarini qurishingiz mumkin.

Izohlar

Yoki «birodarlarining yuraklarini o‘ziniki kabi eritmasin».
Yoki «nafas oladiganni».