Qonunlar 22:1-30

  • O‘zganing moliga g‘amxo‘r bo‘lish (1-4)

  • O‘zga jinsdagi odamning kiyimini kiymaslik (5)

  • Hayvonlarga mehribonlik (6, 7)

  • Tomga to‘siq qurish (8)

  • Urug‘larni aralashtirmaslik (9-11)

  • Kiyimdagi popuklar (12)

  • Jinsiy jinoyatlarga oid qonunlar (13-30)

22  Agar birodaringizning buqasi yoki qo‘yi adashib qolganini ko‘rsangiz, o‘zingizni ko‘rmaganga olmang+. Uni albatta birodaringizga olib borib bering.  Bordi-yu, birodaringiz sizdan uzoqda yashasa yoki uni tanimasangiz, hayvonni uyingizga olib keling va birodaringiz uni izlab kelmaguncha hayvonni o‘zingiznikida saqlang. So‘ng uni birodaringizga qaytarib bering+.  Birodaringizning eshagini, kiyimini va u yo‘qotgan har qanday narsani topib olsangiz, shunday yo‘l tuting. Bunga bee’tibor bo‘lmang.  Agar birodaringizning eshagi yoki buqasi yo‘lda yiqilib yotganini ko‘rsangiz, o‘zingizni ko‘rmaganga olmang. Birodaringizga hayvonni turg‘izishga albatta yordam bering+.  Ayol erkak kishining kiyimini kiymasin, erkak ham ayolning kiyimini kiymasin. Bunday qilgan har qanday inson Tangringiz Yahova uchun jirkanchdir.  Yo‘lda ketayotib daraxt ustida yoki yerda, ichida palaponlari yoki tuxumlari bor bo‘lgan qush iniga duch kelsangiz va qush palaponlarini yoki tuxumlarni bosib yotgan bo‘lsa, qushni palaponlari bilan birga olmang+.  Qushni qo‘yib yuboring, palaponlarini esa o‘zingizga olishingiz mumkin. Bunday yo‘l tutsangiz, o‘zingizga yaxshi bo‘ladi va umringiz uzoq bo‘ladi.  Agar yangi uy qursangiz, tomingiz* ustiga to‘siq quring+. Tag‘in birov tom ustidan yiqilib tushib, xonadoningiz qon to‘kilganlikda aybdor bo‘lib qolmasin.  Uzumzoringizga boshqa hech qanday urug‘ni ekmanglar+. Aks holda ekkan urug‘dan unib chiqqan har qanday narsani, shu qatorda uzum hosilini ham muqaddas maskanga berishga majbur bo‘lasizlar. 10  Yerni shudgor qilish uchun ho‘kiz bilan eshakni qo‘shga qo‘shmanglar+. 11  Jun va zig‘ir iplar qo‘shib to‘qilgan kiyimni kiymanglar+. 12  Kiyimingizning to‘rt uchiga popuklar tikinglar+. 13  Agar biror kishi xotin olib u bilan yotsa, lekin keyin uni yoqtirmay qo‘ysa* va 14  uni axloqsizlikda ayblab: “Bu ayolni xotinlikka olgan edim, lekin u bilan yotganimda bokira emasligi ma’lum bo‘ldi”,— deya uni yomonotliq qilsa, 15  qizning ota-onasi shahar darvozasi yonida o‘tirgan oqsoqollarga, qizining bokiraligini isbotlovchi dalilni olib kelishsin. 16  Qizning otasi oqsoqollarga shunday desin: “Men qizimni bu kishiga xotinlikka bergan edim, lekin u qizimni yoqtirmay qo‘ydi 17  va qizimni axloqsizlikda ayblab: “Qizingiz bokira emas ekan”,— dedi. Mana, qizimning bokiraligini isbotlovchi dalil”. So‘ng ota-onasi shahar oqsoqollari oldida matoni yoyib qo‘yishsin. 18  Shahar oqsoqollari+ o‘sha kishini olib kelib jazolashsin+. 19  Ular unga 100 kumush shekel* jarima solishsin va pulni qizning otasiga berishsin. Chunki o‘sha kishi Isroildagi bokira qizni sharmanda qildi+. Qiz uning xotini bo‘lib qolaveradi va o‘sha kishiga umrining oxirigacha u bilan ajrashishga ruxsat berilmaydi. 20  Bordi-yu, ayblov haqiqat bo‘lib chiqsa va qizning bokiraligini isbotlovchi dalil bo‘lmasa, 21  ular qizni otasining uyiga, ostona oldiga olib kelishsin va shahar aholisi uni toshbo‘ron qilib o‘ldirsin. U otasining uyida zino* qilib+, Isroilda uyatli ishga qo‘l urgan+. Shunday qilib, yovuzlikni orangizdan yo‘q qilinglar+. 22  Erkak kishi boshqa kishining xotini bilan yotgani ma’lum bo‘lsa, ularning ikkalasi ham — ayol bilan yotgan erkak ham, ayol ham o‘ldirilsin+. Shunday qilib, yovuzlikni Isroildan yo‘q qilinglar. 23  Agar bokira qiz unashtirilgan bo‘lsa va boshqa erkak kishi uni shaharda uchratib qolib, u bilan yotsa, 24  ularning ikkovini ham shahar darvozasi oldiga olib boringlar va toshbo‘ron qilib o‘ldiringlar. Qizni shaharda bo‘la turib baqirmagani uchun, erkak kishini esa yaqinining xotinini xo‘rlagani uchun o‘ldiringlar+. Shunday qilib, yovuzlikni orangizdan yo‘q qilinglar. 25  Bordi-yu, kishi unashtirilgan qizni dalada uchratib qolsa va uni zo‘rlasa, qizni zo‘rlagan erkaknigina o‘ldiringlar, 26  qizga hech narsa qilmanglar. Qiz o‘limga loyiq gunoh qilmagan. Buni bir kishi yaqiniga hujum qilib, uni o‘ldirgan vaziyatga o‘xshatsa bo‘ladi+. 27  Chunki o‘sha odam qizni dalada uchratib qolgan edi va unashtirilgan qiz baqirgan bo‘lsa-da, u yerda uni qutqaradigan hech kim yo‘q edi. 28  Agar erkak kishi unashtirilmagan bokira qizni uchratsa va uni ushlab olib, u bilan yotsa va ularning qilmishi fosh etilsa+, 29  qiz bilan yotgan kishi uning otasiga 50 kumush shekel to‘lasin va shunda qiz uning xotini bo‘ladi+. O‘sha kishi qizni xo‘rlagani uchun, unga umrining oxirigacha o‘sha ayol bilan ajrashishga ruxsat berilmaydi. 30  Hech bir kishi otasining xotiniga uylanmasin. Chunki bunday yo‘l tutib, u otasini sharmanda qilgan bo‘ladi+.

Izohlar

U vaqtlarda uylarning tomi tekis bo‘lgani uchun, odamlar tomda mehmon qabul qilishardi, vaqt o‘tkazishardi va hatto uxlashardi.
Yoki «undan voz kechsa».
Bir shekel=11,4 g. Ilovaning B14 mavzusiga q.
Yoki «fohishalik».