Qonunlar 25:1-19
25 Odamlar orasida bahs ko‘tarilsa, ular mahkamaga borishsin va hakamlar ularni hukm qilib+, odil insonni beayb, yovuz odamni aybdor deb e’lon qilishadi+.
2 Agar yovuz inson kaltaklanishga loyiq deb topilsa+, hakam uni yotqizib qo‘ysin va hakamning ko‘zi oldida o‘sha odam kaltaklansin. Necha darra urish, yovuz odamning qilmishiga yarasha belgilansin.
3 Hakam uni 40 darra urib jazolasin+, lekin bundan ortiq darralamasin. Agar hakam belgilanganidan ortiq uni darralasa, sizlarning nigohingizda birodaringiz xo‘rlanadi.
4 G‘alla yanchayotgan ho‘kizning og‘zini bog‘lamang+.
5 Aka-ukalar bir-biriga yaqin yashasa va ulardan biri o‘g‘il ko‘rmay vafot etsa, marhumning xotini boshqa oiladan bo‘lgan erkakka turmushga chiqmasin. Uning akasi yoki ukasi borib ayolni xotinlikka olsin va shu bilan qarindoshlik burchini* ado etsin+.
6 Ayol tug‘ib bergan birinchi o‘g‘il marhum erining farzandi deb hisoblanadi*+ va shu tariqa marhumning ismi Isroil xalqidan o‘chib ketmaydi+.
7 Agar akasi yoki ukasi bevaga uylanishni xohlamasa, beva ayol shahar darvozasi yonida o‘tirgan oqsoqollarning oldiga borib: “Erimning birodari uning ismini Isroil xalqi orasida saqlab qolishdan bosh tortyapti. U menga uylanib qarindoshlik burchini ado etishni istamayapti”,— deb aytsin.
8 Shahar oqsoqollari o‘sha kishini chaqirib, u bilan gaplashishsin. Bordi-yu, u: “Unga uylanishni istamayman”,— deb gapida turib olsa,
9 unda birodarining beva qolgan xotini oqsoqollarning oldida uning yoniga kelib, uning sandalini yechsin-da+, yuziga tupurib: “Birodarining naslini davom ettirishni istamagan kishi bilan shunday yo‘l tutiladi”,— deb aytsin.
10 Bundan so‘ng o‘sha kishining oilasining nomi* “Sandali yechilganning uyi” deya taniqli bo‘ladi.
11 Ikki kishi mushtlashayotganda, ulardan birining xotini erini qutqarish maqsadida o‘rtaga tushib, erini urayotgan kishining jinsiy a’zosini ushlab olsa,
12 ayolning qo‘lini kesib tashlanglar. Unga rahmingiz kelmasin.
13 To‘rvangizda ikki xil og‘irlikdagi — biri og‘ir, ikkinchisi esa yengil tarozi toshlari bo‘lmasin+.
14 Uyingizda hajmi ikki xil — biri katta, ikkinchisi esa kichkina o‘lchov idishlari* bo‘lmasin+.
15 Tangringiz Yahova sizlarga berayotgan yurtda uzoq vaqt yashashingiz uchun, tarozi toshlaringiz aniq va halol, o‘lchov idishlaringiz ham aniq va halol bo‘lsin+.
16 Chunki bunday ishga qo‘l urgan har qanday nohaq inson, Xudoyingiz Yahova uchun jirkanchdir+.
17 Misrdan chiqib kelayotganingizda, Omolek xalqi sizlar bilan qanday yo‘l tutganini unutmanglar+.
18 Charchab, holdan toyib kelayotganingizda, ular ortda qolganlarga hujum qilishgan, Allohdan qo‘rqishmagan edi.
19 Tangringiz Yahova egalik qilishingiz uchun sizlarga meros sifatida berayotgan yurtda, Xudoyingiz Yahova sizlarni atrofingizdagi barcha dushmanlaringizdan qo‘riqlab, osoyishtalik baxsh etganida+, Omolek nomini yer yuzidan* o‘chirib tashlanglar+. Bunday qilishni unutmanglar.
Izohlar
^ So‘zma-so‘z «marhumning ismi bilan ataladi».
^ Yoki «xonadonining nomi». So‘zma-so‘z «uning ismi».
^ So‘zma-so‘z «uyingizda efa va efa». Ilovaning B14 mavzusiga q.
^ So‘zma-so‘z «osmon ostidan».