Qonunlar 26:1-19
26 Nihoyat, Tangringiz Yahova sizlarga meros qilib berayotgan yurtga kirganingizda, unga egalik qilib yashay boshlaganingizda,
2 Xudoyingiz Yahova sizlarga berayotgan yurtning yerida o‘sgan butun hosilning birinchi mevalaridan olib, savatga soling va Tangringiz Yahova O‘z ismini ulug‘lash uchun tanlagan joyga olib boring+.
3 O‘sha kunlarda xizmat qilayotgan ruhoniyning oldiga borib, unga: “Men, Yahova bizga beraman deb ota-bobolarimizga qasam ichgan yurtga kelganimni bugun Allohingiz Yahovaning oldida tasdiqlamoqchiman”+,— deb aytinglar.
4 Ruhoniy qo‘lingizdan savatni olib, uni Xudoyingiz Yahovaning qurbongohi oldiga qo‘ysin.
5 Keyin Allohingiz Yahovaning oldida quyidagi so‘zlarni ayting: “Mening otam ko‘chmanchi* bir oromiy edi+. U kishi Misrga ko‘chib borib+, u yerda musofir bo‘lib yashadi. Uning xonadon ahli+ esa ozchilikni tashkil etardi. Ammo Misrda u kishidan buyuk, kuchli va son-sanoqsiz bir xalq paydo bo‘ldi+.
6 Misrliklar bizga yomon muomala qilib, ezishdi va qullarga aylantirib og‘ir ishlarni qilishga majburlashdi+.
7 Shunda biz ota-bobolarimizning Tangrisi Yahovaga faryod qildik va Yahova bizning nolalarimizni eshitdi va kulfatlarimizga, g‘amlarimiz-u azoblarimizga e’tibor berdi+.
8 Nihoyat, Yahova bizni kuchli bilagi-yu qudratli qo‘li bilan hamda qo‘rqinchli ishlar, alomatlar-u mo‘jizalar+ bilan Misrdan olib chiqdi+.
9 U bizni mana shu yerga olib keldi va sut bilan asal oqib yotgan shu yurtni bizga berdi+.
10 Mana endi, Yahova menga bergan yerda o‘sgan hosilning birinchi mevalarini olib keldim”+.
Hosilni Allohingiz Yahovaning oldiga keltiring va Tangringiz Yahovaga muk tushib ta’zim qiling.
11 So‘ng Tangringiz Yahova sizga va xonadoningizga ato etgan barcha ne’matlar uchun quvoning. Siz bilan birga levi ham, orangizda yashayotgan musofir ham shodlansin+.
12 Uchinchi yili, ya’ni ushr yilida hosilingizning o‘ndan bir qismini yig‘ib bo‘lgach+, uni leviga, musofirga, yetim va bevaga beringlar va ular shaharlaringizda to‘yguncha yeyishadi+.
13 Undan keyin Tangringiz Yahovaning oldida shunday deb ayting: “Muqaddas ulushdan hech narsani uyimda qoldirmadim. Menga buyurganingdek uni leviga, musofirga, yetim va bevaga berdim+. Sening amrlaringni buzmadim va ularga beparvo bo‘lmadim.
14 Aza tutganimda hech qanday muqaddas narsani yemadim, nopok bo‘lganimda muqaddas narsani qo‘llarimga olmadim va muqaddas narsani o‘lganlarga atamadim. Men Allohim Yahovaning aytganlariga quloq soldim va menga buyurilgan amrlarga rioya qildim.
15 Endi osmondan, muqaddas maskaningdan e’tibor ber va ota-bobolarimizga qasam ichganingday+ sut va asal oqib yotgan yurtni+ — Sen bizga bergan yurtni+ va xalqing Isroilni barakali qil”.
16 Bugun Tangringiz Yahova ushbu qonun-qoidalarga rioya qilishni sizlarga buyurmoqda. Ularga butun qalbingiz+ va butun joningiz* bilan rioya qilib, ularni bajaringlar.
17 Bugun ushbu so‘zlarni Yahovadan qabul qildingizlar. Uning yo‘llaridan yursangiz, Uning qoidalariga+, amrlariga+ va hukmlariga+ rioya qilib, Unga quloq solsangiz, U sizlarning Xudoyingiz bo‘ladi.
18 Bugun Yahova O‘zi sizlarga va’da qilganiday, Uning xalqi, o‘zgacha* mulki+ bo‘lamiz degan so‘zlaringizni qabul qildi va sizlar Uning barcha amrlariga amal qilasizlar.
19 Tangringiz Yahova uchun muqaddas bir xalq ekaningizni isbotlasangiz+, Uning O‘zi va’da qilganiday, yaratgan boshqa barcha xalqlarga qaraganda sizlarni yuksaltiradi+ va sizlarni maqtov, sharaf va ulug‘vorlikka sazovor qiladi».