Qonunlar 27:1-26

  • Qonun toshlarga yoziladi (1-10)

  • Ebal va Garizim tog‘larida (11-14)

  • La’natlarni aytib o‘tish (15-26)

27  Keyin Muso Isroil oqsoqollari bilan birga xalqqa qarata shunday buyruq berdi: «Bugun men sizlarga berayotgan barcha amrlarga rioya qilinglar.  Iordan daryosini kechib o‘tib, Xudoyingiz Yahova sizlarga berayotgan yurtga kirgan kun, katta toshlarni o‘rnatinglar va ularni suvab* qo‘yinglar+.  Daryoni kechib o‘tganingizdan so‘ng, ushbu Qonunning barcha so‘zlarini toshlarga yozib qo‘yinglar. Shunda Tangringiz Yahova sizlarga berayotgan yurtga — ota-bobolaringizning Xudosi, Allohingiz Yahova sizlarga va’da bergan, sut va asal oqayotgan yurtga kira olasizlar+.  Iordan daryosini kechib o‘tganingizda, men bugun sizlarga amr berayotganimdek mazkur toshlarni Ebal tog‘ida+ o‘rnatinglar va ularni suvab qo‘yinglar.  Shuningdek, o‘sha yerda Allohingiz Yahovaga atab toshdan qurbongoh quringlar. Qurbongohni qurishda temir asboblardan foydalanmanglar+.  Xudoyingiz Yahovaning qurbongohini ishlov berilmagan toshlardan quringlar va ustida Tangringiz Yahovaga atab kuydiriladigan qurbonliklarni keltiringlar.  Tinchlik qurbonliklarini keltirib+, o‘sha yerda yenglar+ va Allohingiz Yahovaning huzurida quvoninglar+.  Mazkur Qonunning barcha so‘zlarini toshlarga aniq qilib yozib qo‘yinglar»+.  So‘ng Muso va levi ruhoniylari butun Isroil xalqiga murojaat qilib, quyidagilarni aytishdi: «Ey Isroil xalqi, sukut saqlab, quloq solinglar. Bugun sizlar Xudoyingiz Yahovaning xalqi bo‘ldingizlar+. 10  Allohingiz Yahovaning aytganlariga quloq tutib, bugun men sizlarga buyurayotgan Uning amrlariga+ va qoidalariga rioya qilinglar». 11  O‘sha kuni Muso xalqqa buyruq berib, dedi: 12  «Xalq Iordandan o‘tib bo‘lgach, xalqqa baraka tilash uchun Shimo‘n, Levi, Yahudo, Issaxor, Yusuf va Benyamin qabilalari Garizim tog‘ida+ tursin. 13  La’natni e’lon qilish uchun esa Ruben, Gad, Osher, Zabulun, Dan va Naftali qabilalari Ebal tog‘ida+ tursin. 14  Levilar baland ovozda butun Isroil xalqiga shunday deyishsin+: 15  “O‘yma tasvir+ yoki quyma but*+ Yahova uchun jirkanch bo‘lib+, bunday narsalarni yasagan kishi hamda ustaning* qo‘llari bilan yasalgan biror narsani yashirgan kishi la’nati bo‘lsin”. (Butun xalq javoban: “Omin!*” — desin.) 16  “Otasi yoki onasiga yomon muomalada bo‘lib, ularni nazar-pisand qilmagan la’nati bo‘lsin”+. (Butun xalq: “Omin!” — desin.) 17  “Qo‘shnisining chegara belgilarini joyidan jildirgan la’nati bo‘lsin”+. (Butun xalq: “Omin!” — desin.) 18  “Ko‘r kishini yo‘ldan adashtirgan la’nati bo‘lsin”+. (Butun xalq: “Omin!” — desin.) 19  “Musofir, yetim va bevaning+ ishini ko‘rib chiqayotib, adolatsiz hukm chiqargan la’nati bo‘lsin”+. (Butun xalq: “Omin!” — desin.) 20  “Otasining xotini bilan yotgan la’nati bo‘lsin. Chunki bu ishi bilan otasini sharmanda qiladi+”. (Butun xalq: “Omin!” — desin.) 21  “Birorta hayvon bilan jinsiy aloqa qilgan la’nati bo‘lsin”+. (Butun xalq: “Omin!” — desin.) 22  “O‘z opasi yoki singlisi bilan, otasining yoki onasining qizi bilan yotgan la’nati bo‘lsin”+. (Butun xalq: “Omin!” — desin.) 23  “Qaynanasi bilan yotgan la’nati bo‘lsin”+. (Butun xalq: “Omin!” — desin.) 24  “Yaqiniga pistirma qo‘yib, uni o‘ldirgan la’nati bo‘lsin”+. (Butun xalq: “Omin!” — desin.) 25  “Beayb kishini o‘ldirish uchun pul olgan la’nati bo‘lsin”+. (Butun xalq: “Omin!” — desin.) 26  “Ushbu Qonunda yozilgan so‘zlarga muvofiq yo‘l tutmay, ularga rioya qilmaganlar la’nati bo‘lsin”+. (Butun xalq: “Omin!” — desin.)

Izohlar

Yoki «ohak bilan oqlab».
Yoki «Shunday bo‘lsin!»
Yoki «yog‘och va metallga ishlov beradigan ishchining».
Yoki «metall haykal».