Qonunlar 32:1-52

  • Musoning qo‘shig‘i (1-47)

    • Yahova Qoyadir (4)

    • Isroil Qoyani unutdi (18)

    • «Qasos Meniki» (35)

    • «Ey xalqlar, Uning xalqi bilan birga quvoninglar» (43)

  • Muso Navo tog‘ida vafot etadi (48-52)

32  «Ey osmon, quloq sol, men gapiraman,Ey yer, quloq tut og‘zimdan chiqqan so‘zlarga.   Nasihatlarim yomg‘ir kabi to‘kiladi.So‘zlarim shabnam tomchilariday,Maysalar ustiga maydalab yoqqan yomg‘irday,O‘t-o‘lan ustiga sharros quygan jaladay bo‘ladi.   Yahovaning ismini e’lon etaman+. Allohimizning ulug‘vorligini xabarlanglar!+   U — Qoya, Uning ishlari mukammaldir+,Barcha yo‘llari adolatli+, Aslo nohaqlik qilmaydigan+ sadoqatli Xudodir+.U odil va haqdir+.   Ular bo‘lsa qabih ishlarga qo‘l urishdi+, Ular Xudoning farzandlari emas, bunga o‘zlari sababchi+. Ular egri va buzuq nasl!+   Yahovaga shunday munosabat ko‘rsatib bo‘ladimi+,Ey, befarosat va nodon xalq?!+ Axir sizlarni dunyoga keltirgan Otangiz+,Sizlarni yaratib, qo‘llab turgan Zot U emasmi?!   Qadimgi kunlarni eslanglar,O‘tmishdagi nasllar yashagan yillar ustida fikr yuritinglar. Otangizdan so‘ranglar, u sizlarga aytib beradi+,Oqsoqollaringiz sizlarga so‘zlab beradi.   Taolo xalqlarga meroslarini berganda+,Odamatoning o‘g‘illarini* bir-biridan ajratganida+,Isroil o‘g‘illarining sonini inobatga olib+,Xalqlarning chegaralarini belgilagan+.   Chunki Yahovaning xalqi — Uning ulushi+,Yoqub Unga tegishlidir*+. 10  Xudo uni sahrodan+,Kimsasiz, uvullaydigan dashtdan topib olgan+. Uni himoyalab, unga g‘amxo‘rlik qilgan+,Uni O‘zining ko‘z qorachig‘iday saqlagan+. 11  Palaponlariga uchishni o‘rgatgan burgutday,Ular uzra parvoz qiladi,Qanotlarini yozib, palaponlarini qo‘ndirib oladi,Ularni qanotlari ustida ko‘tarib yuradi+. 12  Yahovaning O‘zi Yoqubni yetaklagan+, Yonida begona xalqlarning xudosi bo‘lmagan+. 13  Uni yerning yuqori joylariga olib chiqib+,Dalaning hosili bilan boqqan+. Qoyatoshdagi asaldan yedirib,Qoyadan* oqqan moy bilan oziqlantirgan. 14  Uni qoramolning sariyog‘i, mayda molning suti bilan,Sara qo‘ylar bilan,Bashan qo‘chqorlari-yu takalari bilan,Oliy navli bug‘doy bilan boqib+,Uzum sharbatidan* — sharobidan ichirgan. 15  Yoshurun* semirib, o‘jarlik qila boshladi. Sen semirib, yo‘g‘onlashib, bo‘rdoqi bo‘lib ketding+. Shunda u yaratgan Xudodan voz kechib+,Uni qutqargan Qoyani mensimay qo‘ydi. 16  Ular begona xudolar bilan Uning g‘azabini qo‘zg‘atishdi+,Jirkanch narsalar bilan Uni ranjitishdi+. 17  Ular qurbonliklarini Allohga emas, jinlarga+,O‘zlari tanimagan xudolarga,Yaqinda paydo bo‘lgan yangi xudolarga,Ota-bobolari tanimagan xudolarga keltirishdi. 18  Qoya kabi bo‘lgan, senga otalik qilgan Tangringni unutding+,Seni dunyoga keltirgan Allohni yodingdan chiqarding+. 19  Yahova buni ko‘rib, ularni rad etdi+,O‘g‘il-qizlari Uni ranjitishgani uchun shunday qildi. 20  Shu bois, U bunday dedi: “Ulardan yuzimni o‘giraman+,O‘shanda ular qanday ahvolga tushishini ko‘raman, Chunki ular buzuq nasl+,Sadoqat nimaligini bilmaydigan o‘g‘illar+. 21  Ular arzimas xudolar bilan g‘azabimni* qo‘zg‘atishdi+,Befoyda butlar bilan Meni ranjitishdi+. Shu sababli, Men ham arzimas xalqlar bilan ularning rashkini qo‘zg‘ataman+,Aqlsiz xalq orqali ularni ranjitaman+. 22  Zero, g‘azabimdan o‘t chiqadi-da+,Go‘rning* qa’rigacha yonib+,Yerni butun hosili bilan birga yutib yuboradi,Tog‘larning poydevori ham alanga ichida qoladi. 23  Ularni ko‘pdan-ko‘p ofatlarga duchor qilaman.O‘qlarimni ularga qarataman. 24  Ochlik ularni holdan toydiradi+,Isitma va qattiq azoblar tinkasini quritadi+. Ularga qarshi yirtqich hayvonlar-u+Zaharli ilonlarni* yuboraman. 25  Tashqaridagilar qilichdan halok bo‘ladi+,Ichkaridagilar esa dahshatga tushadi+,Bu yigit-u qizlarning,Go‘dagu keksaning boshiga tushadi+. 26  Men: “Ularni tarqatib yuboraman.Hatto ular haqidagi xotirani odamlar orasidan o‘chirib tashlayman”,— deb aytgan bo‘lardim. 27  Faqat dushmanlarning mazaxlaridan+,G‘animlar buni noto‘g‘ri talqin qilishidan qo‘rqdim+. Chunki ular: “Buni Yahova qilgani yo‘q,O‘z qudratimiz bilan g‘olib chiqdik”+,— deb aytishadi. 28  Isroil xalqi bo‘lsa befarosat*,Ularda hech qanday idrok yo‘q+. 29  Qaniydi, dono bo‘lishganida!+ Bu to‘g‘rida yaxshilab o‘ylab ko‘rgan bo‘lishardi+. Oqibati nima bilan tugashi haqida fikr yuritishardi+. 30  Agar Qoya ularni dushmanga topshirmasa+,Yahovaning O‘zi tutib bermasa, Bir kishi 1 000 tasini quvib yeta olarmidi?Ikki kishi esa 10 000 tasini ta’qib qila olarmidi?+ 31  Chunki dushmanlarning qoyasi, bizning Qoyamiz+ kabi emas,Buni hatto ularning o‘zlari ham tushunishadi+. 32  Ularning toklari Sado‘m toklaridan,Uzumzorlari G‘amo‘ra+ uzumzorlaridan olingan. Uzumlari zaharli,Shingillari achchiqdir+. 33  Sharoblari — ilonlarning zahriday,Kobralarning qo‘rqinchli og‘usiday. 34  Ularning barcha qilmishlarini muhrlab,Omborimda saqlab qo‘yaman+. 35  Qasos Meniki, Men jazolayman+,Belgilangan vaqt kelganda, oyoqlari sirpanib ketadi+.Zero, ularning boshiga kulfat tushadigan kun,Ularni kutib turgan hodisalar shiddat ila yaqinlashib kelyapti”. 36  Yahova xalqini hukm qiladi+,O‘z xizmatchilariga esa rahm-shafqat ko‘rsatadi*+.Chunki ular darmonsizlanib qolganini,Tirik qolganlar nochor va ojiz ahvolda ekanini ko‘radi. 37  So‘ng U bunday deydi: “Ularning xudolari+,Panoh deb bilgan qoyasi qani?! 38  Qurbonliklarining yog‘ini* yeb,Ichimlik nazrlarining sharobini ichgan xudolari qani?!+ O‘shalar ularga yordamga kelsin. O‘shalar ularning panoh joyi bo‘lsin. 39  Xudo Men ekanimni+,Mendan boshqa xudolar yo‘qligini bilib qo‘yinglar+. O‘ldiradigan ham, hayot baxsh etadigan ham Menman+. Jarohatlaydigan+ ham, tuzatadigan+ ham Menman,Mening qo‘limdan hech kim qutqara olmaydi+. 40  Qasam ichib*,“Abadulabad borligim bilan”+ ont ichib aytamanki, 41  Yarqiragan qilichimni o‘tkirlab,Hukm qilishga tayyor bo‘lganimda+,Dushmanlarimdan o‘ch olaman+,Meni yomon ko‘rganlarni jazolayman. 42  O‘qlarimni qon bilan,O‘ldirilganlar va asirlarning qoni bilan mast qilaman.Qilichimni et bilan,Dushman rahnamolarining boshlari bilan to‘ydiraman”. 43  Ey xalqlar, Uning xalqi bilan birga quvoninglar+,Chunki U xizmatchilarining qoni uchun qasos olib+,Dushmanlarining jazosini beradi+,Xalqining yerini gunohdan forig‘ etadi*». 44  Muso kelib Nun o‘g‘li Ho‘sheya*+ bilan birga bu qo‘shiqning barcha so‘zlarini xalqqa bayon etdi+. 45  Muso barcha bu so‘zlarni butun Isroil xalqiga aytib bo‘lgach, 46  ularga dedi: «Qonunning barcha so‘zlariga astoydil amal qilishni o‘g‘illaringizga o‘rgatish uchun+, bugun men sizlarga aytgan ogohlantirish so‘zlarini qalblaringizga jo qilinglar+. 47  Boisi, bular behuda so‘zlar emas, sizlarga hayot baxsh etuvchi so‘zlardir+. Iordandan kechib o‘tib, egalik qilish uchun borayotgan yurtda, aynan shu so‘zlar tufayli uzoq vaqt yashay olasizlar». 48  Yahova o‘sha kuni Musoga dedi: 49  «Yerixoning qarshisidagi Mo‘ab yurtida joylashgan Aborimdagi+ Navo tog‘iga+ chiqib, Men Isroil xalqiga berayotgan Kan’on yurtini+ ko‘zdan kechir. 50  Bundan keyin, Xo‘r tog‘ida+ vafot etib o‘z xalqiga qo‘shilgan* akang Horun singari, sen ham o‘zing chiqadigan tog‘da hayotdan ko‘z yumib, o‘z xalqingga qo‘shilasan. 51  Sababi ikkovingiz ham Zin sahrosida, Kadeshdagi Mariva suvlari+ yonida turganingizda, Isroil xalqi oldida Menga xoinlik qildingizlar. Isroil xalqi oldida Meni ulug‘lamadingizlar+. 52  Men Isroil xalqiga berayotgan yurtni faqat olisdan ko‘rasan, lekin u yerga kira olmaysan»+.

Izohlar

Boshqa variant «inson irqini».
Yoki «Yoqub Uning merosidir».
So‘zma-so‘z «chaqmoqtosh qoyadan».
So‘zma-so‘z «qonidan».
Ma’nosi «halol, to‘g‘ri». Isroilning sharafli nomi.
Yoki «rashkimni».
Ibr. sheo‘l, ya’ni insoniyatning umumiy qabri. Lug‘atdagi «mozor» so‘ziga q.
Yoki «sudralib yuruvchilarni».
Boshqa variant «maslahatga qulog‘i kar».
Yoki «achinadi».
Yoki «ularning eng yaxshi qurbonliklarini».
So‘zma-so‘z «qo‘limni osmonga ko‘tarib».
Yoki «poklaydi».
Yoshuaning oldingi ismi. Ho‘sheya Ho‘shayyo degan ismning qisqartmasi. Ma’nosi «Yah tomonidan qutqarilgan; Yah xalos etdi».
Bu ibora orqali o‘lim, she’riy tarzda ifodalangan.