Qonunlar 33:1-29

  • Muso qabilalarni duo qiladi (1-29)

    • Yahovaning «abadiy qo‘llari» (27)

33  Haq Tangrining odami bo‘lgan Muso o‘limi oldidan Isroil o‘g‘illarini duo qildi+.  U bunday dedi: «Yahova Sinaydan keldi+,Ularga Seirdan nurini sochdi. Uning ulug‘vorligi Poron tog‘li hududidan yarqiradi+,Uning yonida tumonat muqaddas farishtalari*+,O‘ng tarafida jangchilari bor edi+.   U O‘z xalqini yaxshi ko‘radi+.Ey Allohim, xalqning barcha muqaddas kishilari Sening qo‘lingda+. Ular Sening oyoqlaring yonida o‘tirib+,So‘zlaringni eshita boshlashdi+.   (Muso bizga qonun berdi+,Uni Yoqubning jamoati meros qilib oldi+.)   Xalq yo‘lboshchilari+,Butun Isroil qabilalari yig‘ilganda+,Xudo Yoshurunning*+ shohi bo‘ldi.   Ruben yashasin, o‘lmasin+,Odamlarining soni hech kamaymasin»+.   Muso Yahudoni shunday deya duo qildi+: «Ey Yahova, Yahudoning+ ovozini eshit,Uni o‘z xalqining oldiga keltir. O‘ziga tegishli narsani, u o‘z qo‘li bilan himoya qiladi*.Dushmanlari bilan kurashganda, unga yordam ber»+.   Levi haqida u bunday dedi+: «Ey Tangrim, tummim bilan urim*+ Senga sadoqatli kishiga tegishlidir+.Sen uni Massaxda sinagansan+. U bilan Mariva suvlari oldida bellashgansan+.   Levi o‘z ota-onasi to‘g‘risida: “Men ularga g‘amxo‘rlik qilmaganman”,— deb aytgan. U hatto aka-ukalarini ham tan olmagan+,O‘z o‘g‘illariga esa beparvo bo‘lgan. Chunki u Sening so‘zingni mahkam ushlab,Ahdingga amal qilgan+. 10  U Yoqubga Sening hukmlaringni+,Isroilga Qonuningni o‘rgatsin+. U Sen uchun xush hidli tutatqi tutatsin+,Qurbongohingda butunlayin kuydiriladigan qurbonlik keltirsin+. 11  Ey Yahova, Uning quvvatini oshir,Qo‘llarining mehnatidan mamnun ekaningni ko‘rsat. Undan nafratlanganlar qaytib tura olmay qolishi uchun,Ularga qarshi chiqqanlarning oyoqlarini* yanchib tashla». 12  Benyamin to‘g‘risida shunday deb aytdi+: «Yahovaning azizi, Uning oldida xavfsizlikda yashasin;Kun bo‘yi uning panohi ostida,Uning yelkalari o‘rtasida yashasin». 13  Yusuf haqida quyidagilarni aytdi+: «Yahova uning yeriga barakasini bersin+.Osmonning sara ne’matlarini,Shudring va buloq suvlarini+, 14  Quyosh o‘stirgan sarxil narsalarni,Har bir oyning sara hosilini+, 15  Qadimiy tog‘larning* a’lo tortiqlarini+,Boqiy tepaliklarning sifatli hadyalarini, 16  Yerning sara in’omlari-yu undagi bor narsalarni berib+,Tikanakli buta orasida zohir bo‘lganning marhamatiga sazovor qilsin+. Bu barakalar Yusufning boshi ustida,Birodarlari orasidan tanlab olinganning boshidagi toji ustida bo‘lsin+. 17  Uning ko‘rki birinchi tug‘ilgan buqanikiday,Shoxlari yovvoyi buqaning shoxiday. Shoxlari bilan u xalqlarni suzib,Yerning chetlariga qadar siqib chiqaradi. Uning shoxlari — Efrayimning o‘n minglab lashkaridir+,Uning shoxlari — Manashening minglab lashkaridir». 18  Zabulun haqida u bunday dedi+: «Ey Zabulun, safarga chiqqaningda xursand bo‘l,Issaxor, sen esa chodirlaringda shodlan+. 19  Ular xalqlarni tog‘ga chaqirib, O‘sha yerda odillik qurbonliklarini keltirishadi. Boisi, ular dengizning mo‘l-ko‘l boyligi-yuQumga yashirilgan xazinalari bilan oziqlanishadi». 20  Gad to‘g‘risida shularni aytdi+: «Gadning chegaralarini kengaytirgan baraka topsin+. U o‘sha yerda sher kabi yashaydi,O‘ljasining qo‘lini va hatto boshini uzib tashlaydi. 21  U o‘ziga eng yaxshi joyni tanlab oladi+,Chunki qonun chiqaruvchiga ajratilgan ulush o‘sha yerdadir+. Xalq yo‘lboshchilari yig‘ilishadi. U Isroil bilan birga Yahovaning adolati-yu,Uning hukmlarini amalga oshiradi». 22  Dan haqida bunday dedi+: «Dan — shervachcha+, U Bashandan sakrab chiqadi»+. 23  Naftali to‘g‘risida quyidagicha dedi+: «Naftali Yahovaning iltifotiga qongan,Uning mo‘l-ko‘l barakasiga ega bo‘lgan. U g‘arb-u janubdagi yerlarga egalik qilsin». 24  Osher haqida shunday deb aytdi+: «Osher duo olib, ko‘p o‘g‘illi bo‘ldi. U aka-ukalarining iltifotiga sazovor bo‘lsin,Oyoqlarini moyga botirsin*. 25  Darvozangning lo‘kidonlari temir va misdan yasalgan+,Umr bo‘yi xavf-xatarsiz yashaysan». 26  Muso davom etib dedi: «Yoshurunning+ Xudosiday haq Xudo yo‘qdir+,U senga yordam berish uchun samo bo‘ylab,Bulutlar uzra O‘z ulug‘vorligi bilan kelmoqda+. 27  Alloh qadim zamonlardan beri panohdir+,Uning abadiy qo‘llari seni qo‘llab kelmoqda+. U dushmanlaringni oldingdan quvib chiqarib+:“Ularni qirib tashla!”+ — deb aytadi. 28  Isroil xavfsizlikda yashaydi,Yoqubning bulog‘i alohida,Don va yangi sharobga boy yurtda yashaydi+,Unga osmondan shudring tushib turadi+. 29  Baxtiyorsan, ey Isroil!+ Xaloskori Yahova bo‘lgan+,Senga o‘xshagan yana biron xalq bormi?!+U seni himoyalovchi qalqon+,Salobatli qilichingdir! Dushmanlaring senga laganbardorlik qiladi+,Sen esa ularning orqasidan* bostirib borasan».

Izohlar

Yoki «o‘n minglarcha muqaddas zotlar».
Ma’nosi «halol, to‘g‘ri». Isroilning sharafli nomi.
Yoki «kurashadi».
Yoki «bellarini».
Boshqa variant «sharq tog‘larining».
Yoki «yuvsin».
Boshqa variant «yuqori joylariga».