Qonunlar 34:1-12

  • Yahova Musoga yurtni ko‘rsatadi (1-4)

  • Muso o‘ladi (5-12)

34  Bundan keyin Muso Yerixo qarshisidagi+ Mo‘ab dashtlarida joylashgan Navo tog‘ining+ Fisgax cho‘qqisiga+ chiqdi. Yahova unga butun yurtni — Giladdan tortib Dangacha+ bo‘lgan yerlarni,  Naftalining, Efrayim va Manashening hamda Yahudoning g‘arb tomondagi dengizgacha*+ bo‘lgan barcha yerlarini,  Nagavni+, Iordan vodiysining hududini*+, Yerixo vodiysini, palma daraxtlari o‘sadigan shahardan Zo‘vargacha+ bo‘lgan yerlarning hammasini ko‘rsatdi.  Yahova Musoga shunday dedi: «Men Ibrohimga, Is’hoqga va Yoqubga: “Bu yerni Men Sening zurriyotingga* beraman”+,— deya qasam ichgan yurt mana shu. Uni o‘z ko‘zing bilan ko‘rishingga ruxsat berdim, ammo sen u yerga kirmaysan»+.  So‘ngra Yahovaning xizmatchisi Muso, Yahova aytganiday o‘sha yerda — Mo‘ab yurtida vafot etdi+.  U* Musoni Mo‘ab yurtiga, Bayt-Piyor qarshisidagi vodiyga dafn etdi. Uning qabri qayerda ekanini hozirgacha hech kim bilmaydi+.  Muso hayotdan ko‘z yumganda 120 yoshda edi+. U kuchdan qolmagan, ko‘zlari ham xiralashmagan edi.  Isroil xalqi Mo‘ab dashtlarida Muso uchun yig‘lab, aza tutdi va 30 kundan so‘ng motam kunlari nihoyasiga yetdi+.  Muso qo‘lini Nun o‘g‘li Yoshuaning ustiga qo‘ygani uchun, u donolik ruhiga* to‘ldi+. Isroil xalqi Yoshuaga quloq solib, Yahova Musoga nimaiki buyurgan bo‘lsa, hammasini bajara boshladi+. 10  Ammo Isroilda Muso kabi Yahova yaqindan tanigan*+ payg‘ambar boshqa bo‘lmadi+. 11  Yahova uni Misr yurtiga, fir’avn bilan uning xizmatkorlari oldida, butun yurt bo‘ylab qanday alomatlar-u mo‘jizalar ko‘rsatish uchun yuborgan bo‘lsa, hammasini amalga oshirdi+. 12  Shuningdek, butun Isroil xalqining ko‘z oldida qudratli qo‘li bilan ulug‘ va mahobatli ishlarni qildi+.

Izohlar

Ya’ni Buyuk dengiz yoki O‘rta dengiz.
Iordan vodiysining quyi qismi.
So‘zma-so‘z «urug‘ingga».
Xudo nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin.
Yoki «Xudoning qudrati ato etgan donolikka».
So‘zma-so‘z «uni yuzma-yuz bilgan».