Qonunlar 4:1-49

  • Itoatkor bo‘lishga chorlov (1-14)

    • Xudoning ishlarini unutmaslikka chorlov (9)

  • Yahova mutlaq sadoqatni talab qiladi (15-31)

  • Yahovadan boshqa Xudo yo‘q (32-40)

  • Iordan sharqidagi panoh shaharlar (41-43)

  • Qonunga kirish so‘zi (44-49)

4  Endi, ey Isroil, men sizlarni rioya etishga o‘rgatayotgan qonun-qoidalarni eshitinglar. Yashashingiz uchun va ota-bobolaringiz Tangrisi Yahova sizlarga taqdim etayotgan yurtga egalik qilish uchun, ularga amal qilinglar+.  Men sizlarga buyurgan so‘zlarga hech narsa qo‘shmanglar ham, hech narsa olib ham tashlamanglar+. Shu tariqa, men sizlarga buyurgan Allohingiz Yahovaning amrlarini bajarasizlar.  Piyordagi Baal bilan yuz bergan voqeada Yahova nima qilganini, Xudoyingiz Yahova Piyordagi Baalga ergashganlarning barini orangizdan yo‘q qilganini o‘z ko‘zlaringiz bilan ko‘rgan edingiz+.  Lekin sizlar, ya’ni Tangringiz Yahovani mahkam ushlaganlar, bugun hammangiz tiriksiz.  Mana, Allohim Yahova amr etganiday, egalik qilish uchun borayotgan yurtda bajarishingiz uchun, sizlarga qonun-qoidalarni o‘rgatyapman+.  Ularga astoydil amal qilinglar+, shunda bu barcha qonunlarni eshitgan xalqlar sizlarning dono+ va idrokli+ ekaningizni ko‘rib: “Bu buyuk xalq chindan ham donolik va idrokka ega ekan”+,— deb aytishadi.  Tangri Yahovani qachon chaqirmaylik U bizga doim yaqin bo‘lganiday, xudolari ularga ham shunchalik yaqin bo‘lgan boshqa buyuk xalq bormi?+  Qaysi buyuk xalqning bugun men sizlarga bergan bu Qonunga o‘xshagan adolatli qonun-qoidalari bor?+  Faqat ehtiyotkor va o‘zingizga diqqatli bo‘linglar. O‘z ko‘zlaringiz bilan ko‘rgan narsalarni unutmanglar va umringizning oxirigacha ularni qalbingizda saqlanglar. Ularni bolalaringiz va nevaralaringizga aytib beringlar+. 10  Ularga Tangri Yahovaning oldida, Xorevda turgan kunda nima bo‘lganini aytib beringlar. O‘sha kuni Yahova menga: “Xalqni huzurimga to‘pla, ular Mening so‘zlarimni eshitib+ umr bo‘yi Mendan qo‘rqishga o‘rganishsin+ va o‘g‘illariga ham o‘rgatishsin”+,— deb aytgan edi. 11  O‘shanda sizlar yaqinlashib, tog‘ning etagida turdingiz. Tog‘ yonib, olov osmongacha ko‘tarilar, u yerni qorong‘ilik va quyuq qora bulut qoplab olgan edi+. 12  So‘ng Yahova olov ichidan sizlarga gapira boshladi+. Aytilgan so‘zlarni eshitdingizlar-u, ammo hech qanday qiyofani ko‘rmadingizlar+, faqat ovozni eshitdingizlar+. 13  U sizlarga rioya etishni buyurgan ahdini+ — O‘nta amrni*+ e’lon qildi va ularni ikkita tosh lavhaga yozib berdi+. 14  O‘shanda Yahova sizlarga qonun-qoidalarni o‘rgatishimni buyurdi. Egalik qilish uchun borayotgan yurtda ularga amal qilishingiz kerak. 15  O‘zingizga diqqatli bo‘linglar, chunki Yahova Xorevda olov ichidan sizlarga gapirganida, hech qanday qiyofani ko‘rmagan edingizlar. 16  Shu sababli, jirkanch ishga qo‘l urib o‘zingiz uchun biron narsaning shakliga o‘xshash o‘yma tasvirni, erkakning yoki ayolning tasvirini+, 17  yer yuzidagi biron hayvonning yoki osmonda uchib yurgan biron qushning tasvirini+, 18  yerda o‘rmalab yuruvchi jonzot yoki suvlarda mavjud bo‘lgan biron baliqning tasvirini yasamanglar+. 19  Osmonga qarab quyosh, oy va yulduzlarni — barcha samoviy jismlarni ko‘rganingizda, maftun bo‘lib, ularga sajda qilmanglar+ va ularning quliga aylanmanglar. Tangringiz Yahova ularni, falak ostidagi barcha odamzod uchun bergan. 20  Yahova sizlarni O‘z xalqiga aylantirish uchun olovli o‘choqdan* — Misrdan olib chiqdi. Mana, bugun sizlar Uning shaxsiy mulkisizlar*+. 21  Yahova sizlarni deb mendan g‘azablanib+, Iordanning narigi tomoniga o‘tmasligim — Xudoyingiz Yahova sizlarga meros qilib beradigan yaxshi yurtga kirmasligim haqida qasam ichgan+. 22  Shu bois, men shu yerda hayotdan ko‘z yumaman. Men Iordanning narigi betiga o‘tmayman+, sizlar bo‘lsa o‘tasizlar va yaxshi yurtni egallaysizlar. 23  Ehtiyot bo‘linglar, tag‘in Allohingiz Yahovaning sizlar bilan qilgan ahdini unutib+, o‘zlaringiz uchun Tangringiz Yahova taqiqlagan biron narsaning shakliga o‘xshash o‘yma tasvir yasamanglar+. 24  Zero, Xudoyingiz Yahova yutib yuboradigan olov+, mutlaq sadoqatni talab etuvchi Allohdir+. 25  Bola-chaqali, nevarali bo‘lib, shu yurtda ancha vaqt yashagach jirkanch ishga qo‘l urib, har turli o‘yma tasvirlarni yasasangizlar+, Tangringiz Yahovaning nazarida yovuzlik qilib Uni ranjitsangizlar+, 26  osmondagi va yerdagilarning guvohligida aytib qo‘yay: sizlar Iordanning narigi tarafida egallaydigan yurtdan tezda qirilib ketasizlar. U yerda ko‘p yashamaysizlar, chunki batamom yo‘q bo‘lib ketasizlar+. 27  Yahova sizlarni xalqlarning orasiga tarqatib yuboradi+. Yahova sizlarni quvib yuborgan xalqlarning orasida faqat ayrimlaringiz omon qolasizlar+. 28  O‘sha yerda sizlar inson qo‘li bilan yog‘ochdan va toshdan yasalgan, na ko‘ra oladigan, na eshita oladigan, na ta’m, na hid biladigan xudolarga xizmat qilasizlar+. 29  Ammo u yerda Allohingiz Yahovani izlasangizlar, Uni butun qalbingiz va butun joningiz* bilan qidirsangizlar+, Uni albatta topasizlar+. 30  O‘sha kunlarning oxirida bu narsalarning hammasi boshingizga tushib ayanchli ahvolda qolganingizda, Tangringiz Yahovaga qaytasizlar va Uning ovozini eshitasizlar+. 31  Chunki Allohingiz Yahova rahm-shafqatli Xudo+. U sizlarni tashlab ketmaydi, yo‘q qilib yubormaydi va qasam ichib ota-bobolaringiz bilan qilgan ahdini unutmaydi+. 32  Alloh yer yuzida odamzodni yaratgan kundan sizlarning davrgacha bo‘lgan kunlar to‘g‘risida osmonning bu chetidan narigi chetiga qadar so‘rab ko‘ringlar. Bu voqealardan ham buyukroq narsalar ilgari ham sodir bo‘lganmi? Biron kishi bu kabi narsalarni hech eshitganmi?+ 33  Sizlar kabi olov ichidan Xudoning ovozini eshitib, tirik qolgan xalq bormi?+ 34  Tangringiz Yahova ko‘z o‘ngingizda dahshatga soluvchi ishlarni+ ko‘rsatib, sizlarni Misrdan olib chiqmaganmidi? U yana qaysi xalqni hukmlar*, alomatlar, mo‘jizalar+, urushlar+ va kuchli bilagi-yu qudratli qo‘li+ bilan olib chiqqan? 35  Yahova haq Xudo ekanini+, Undan boshqa Xudo yo‘qligini+ bilishingiz uchun, bu narsalar sizlarga ko‘rsatildi. 36  Sizlarni to‘g‘ri yo‘lga solish uchun U sizlarga osmondan ovozini eshittirib, yer yuzida buyuk olovini ko‘rsatdi. Sizlar olov ichidan Uning so‘zlarini eshitdingiz+. 37  U ota-bobolaringizni sevib, ularning avlodlarini* O‘zining xalqiga aylantirish uchun tanlab oldi+. Uning O‘zi sizlarni Misrdan buyuk qudrati bilan olib chiqdi. 38  Bugun ko‘rib turganingizday, U sizlardan ancha katta va kuchliroq xalqlarning yurtini sizlarga meros qilib berish uchun, ularni oldingizdan quvib chiqardi+. 39  Bugun sizlar, Yahova yer-u osmondagi haq Tangri ekanini+ yaxshi bilasizlar va buni qalbingizda saqlanglar. Undan boshqa Xudo yo‘q+. 40  O‘zlaringizga ham, o‘g‘illaringizga ham yaxshi bo‘lishi uchun, Tangringiz Yahova berayotgan yurtda uzoq vaqt yashab qolishingiz uchun, bugun men sizlarga buyurgan Uning ko‘rsatmalari va amrlariga rioya qilinglar»+. 41  Shundan keyin Muso Iordanning sharq tarafidan uchta shaharni ajratdi+. 42  Biron kishi boshqani yomon ko‘rgani uchun emas, balki bexosdan o‘ldirib qo‘ysa+, bu shaharlardan biriga qochib borib, o‘sha yerda yashashi kerak edi+. 43  Rubenning o‘g‘illari uchun yassi tepalikdagi sahroda joylashgan Bazerni+, Gadning o‘g‘illari uchun Giladdagi Ramo‘tni+, Manashening o‘g‘illari+ uchun Bashandagi Go‘lonni+ ajratib berdi. 44  Muso Isroil xalqiga bergan Qonun+ shundan iborat. 45  Muso bu eslatmalar, ko‘rsatmalar va qonun-qoidalarni Isroil o‘g‘illari Misrdan chiqqandan so‘ng+, 46  Iordan yaqinidagi, ya’ni Bayt-Piyor qarshisidagi vodiyda+ bergan edi. O‘shanda Muso bilan Isroil o‘g‘illari Misrdan chiqiboq mag‘lub qilgan amoriylar shohi+ — Xashbonda yashagan Sixo‘nning yurtida edilar+. 47  Uning yurtini egallagach, Bashan shohi O‘gning+, Iordan sharqidagi hududda yashaydigan amoriylarning ikkita shohining yerlarini egallab oldilar. 48  Ular Arnon vodiysi chekkasidagi Aroyerdan+ tortib Sion tog‘i, ya’ni Xermongacha+ bo‘lgan yerlarni 49  va Iordan hududining sharq tomonidagi butun Arabani, Fisgax etaklaridagi Araba dengizigacha* bo‘lgan yerlarni egallab olishdi+.

Izohlar

So‘zma-so‘z «O‘nta so‘z». Shuningdek, dekalog deya tanilgan.
Yoki «temir eritadigan pechdan».
Yoki «merosisizlar».
Yoki «sinovlar».
So‘zma-so‘z «urug‘ini».
Ya’ni Tuz dengizi yoki O‘lik dengiz.