Qonunlar 9:1-29

  • Isroilga yurt berilganining sababi (1-6)

  • Isroil Yahovani to‘rt marta g‘azablantiradi (7-29)

    • Oltin buzoq (7-14)

    • Muso Yahovaga yolvoradi (15-21, 25-29)

    • Xalq Yahovani yana uch marta g‘azablantiradi (22)

9  Tinglang, ey Isroil xalqi. Bugun sizlar o‘zingizdan ko‘proq va qudratliroq bo‘lgan xalqlarning+ yerlarini egallash uchun Iordan daryosini kechib o‘tyapsizlar+. Ularning shaharlari katta va osmono‘par*+,  xalqi esa Inoq avlodidan+ bo‘lib, kuchli va bo‘ylari balanddir. Ularni bilasizlar va ular to‘g‘risida: “Inoq o‘g‘illariga kim bas kela oladi?” — deyilganini ham eshitgansizlar.  Ammo bugun shuni bilingki, Allohingiz Yahova sizlarning oldingizda boradi+. U yutib yuboradigan olovdir+ va ularni yo‘q qilib tashlaydi. Ularni tezda quvib chiqarishingiz hamda halok qilishingiz uchun, Yahovaning O‘zi va’da berganiday, ularni ko‘z o‘ngingizda mag‘lub qiladi+.  Xudoyingiz Yahova ularni oldingizdan haydab chiqarganida: “Odil bo‘lganim uchun, Yahova meni bu yurtga egalik qilish uchun olib keldi”+,— degan fikrni ko‘nglingizdan o‘tkazmanglar. Aksincha, bu xalqlar yovuz bo‘lgani bois+, Yahova ularni oldingizdan quvib chiqaryapti.  Odilligingiz yoki yuragingiz to‘g‘ri bo‘lgani uchun ularning yurtini egallagani bormayapsizlar. Bu xalqlar yovuz bo‘lgani bois hamda Yahova ota-bobolaringiz Ibrohim+, Is’hoq+ va Yoqubga+ bergan so‘zining ustidan chiqish uchun, Tangringiz Yahova ularni oldingizdan quvib chiqaryapti+.  Shuni bilib qo‘yinglar, odil bo‘lganingiz uchun Allohingiz Yahova bu yaxshi yurtni sizlarga mulk qilib berayotgani yo‘q. Axir sizlar o‘jar* xalqsiz+.  Sahroda Tangringiz Yahovaning g‘azabini qanday qo‘zg‘atganingizni yodda tutinglar+, aslo unutmanglar. Misr yurtini tark etgan kundan boshlab to mana shu yerga yetib kelguningizga qadar, Yahovaga qarshi isyon ko‘tarib kelyapsizlar+.  Hatto Xorevda ham Yahovaning g‘azabini qo‘zg‘atgansizlar. O‘shanda qattiq jahli chiqqanidan, Yahova sizlarni yo‘q qilib yubormoqchi edi+.  Tosh lavhalarni+, Yahova sizlar uchun yasagan ahd lavhalarini+ olish uchun tog‘ga chiqqanimda, 40 kecha-yu 40 kunduz tog‘da qolib+, ovqat ham yemaganman, suv ham ichmaganman. 10  Keyin Yahova menga O‘z qo‘li* bilan yozgan ikkita tosh lavhani bergan edi. Bu lavhalarda, jamoat yig‘ilgan kuni Yahova tog‘da olov ichidan aytgan hamma so‘zlar yozilgan edi+. 11  O‘sha 40 kecha-yu 40 kunduzning oxirida, Yahova menga ikkita tosh lavhani — ahd lavhalarini berdi. 12  So‘ng Yahova menga: “O‘rningdan tur, tezroq pastga tush. Chunki sen Misrdan olib chiqqan xalq buzilib ketdi+. Men yurishni buyurgan yo‘ldan ular tezda og‘ib ketishdi. Ular o‘zlari uchun but* yasadilar”+,— dedi. 13  Keyin Yahova menga yana shunday dedi: “Bu xalq o‘jar ekanini ko‘rib turibman+. 14  Meni to‘xtatma! Men ularni yo‘q qilaman, bu xalqning nomini yer yuzidan* o‘chirib tashlayman. Sendan esa, ulardan ko‘ra kuchliroq va ko‘proq bo‘lgan bir xalqni vujudga keltiraman”+. 15  So‘ng men orqaga qaytib, tog‘dan pastga tushdim. Tog‘ esa yonayotgan edi+. Ikkita ahd lavhasi qo‘llarimda edi+. 16  Shunda sizlar Xudoyingiz Yahovaga qarshi gunoh qilayotganingizni ko‘rdim! Sizlar o‘zingiz uchun quyma buzoq yasagan edingizlar. Yahova yurishni buyurgan yo‘ldan tezda og‘ib ketdingizlar+. 17  Shunda men ikkita lavhani ikkala qo‘lim bilan ko‘tardim-da, otib yubordim va ko‘z o‘ngingizda ular chilparchin bo‘lib ketdi+. 18  Keyin avvalgiday 40 kecha-yu 40 kunduz Yahovaning oldida yuztuban yiqilib yotdim. Barcha gunohlaringiz uchun, Yahovaning nazarida yovuzlik hisoblangan ishni qilib Uni ranjitganingiz uchun, men ovqat ham yemadim, suv ham ichmadim+. 19  Yahovaning g‘azabi qaynab sizlarni yo‘q qilmoqchi bo‘lganida+, men qo‘rqib ketdim. Ammo shu safar ham Yahova gapimga quloq soldi+. 20  Yahova Horunga ham qattiq g‘azablangan edi va uni yo‘q qilishga tayyor edi+. Biroq men Horun uchun ham iltijo qildim. 21  Keyin sizlar yasagan gunoh narsani, ya’ni buzoqni+ olib olovda kuydirdim. Uni maydaladim va kukunga aylanguncha yaxshilab ezdim. So‘ng o‘sha kukunni tog‘dan oqib kelayotgan soyga sochib tashladim+. 22  Undan keyin Taverada+, Massaxda+ va Xivrut-Xattavoda+ Yahovaning g‘azabini qo‘zg‘atdingizlar. 23  Yahova sizlarni Kadesh-Barnadan+ jo‘natib: “Men sizlarga bermoqchi bo‘lgan yurtga borib, uni egallanglar”,— deb aytganida, sizlar yana Tangringiz Yahovaning buyrug‘iga qarshi chiqdingizlar+, Unga ishonmadingizlar+ va bo‘ysunmadingizlar. 24  Sizlarni taniganimdan buyon Yahovaga qarshi isyon ko‘tarasizlar. 25  Xullas, men 40 kecha-yu 40 kunduz+ Yahovaning oldida yuztuban yiqilib yotdim. Yahova sizlarni yo‘q qilmoqchi ekanini bilib, shu ko‘yga tushdim. 26  Men Yahovaga iltijo qilib, shunday dedim: “Ey, Oliy Hukmdor Yahova, O‘z xalqingni qirib tashlama. Axir ular Sening shaxsiy mulking-ku*+. Sen ularni buyukliging va qudratli qo‘ling bilan Misrdan qutqargansan+. 27  Xizmatchilaring bo‘lmish Ibrohimni, Is’hoq va Yoqubni esla+. Bu xalqning qaysarligiga, ularning yovuzligi va gunohiga e’tibor berma+. 28  Aks holda, Sen bizni olib chiqqan yurt xalqi: “Yahova O‘zi va’da qilgan yurtga ularni olib kira olmadi. Ulardan nafratlangani uchun ularni sahroda halok qildi”+,— deb aytadi. 29  Axir ular Sening xalqing, shaxsiy mulking-ku!+ Sen ularni buyuk qudrating va kuchli qo‘ling bilan olib chiqqansan”+.

Izohlar

Ya’ni minorali devorlari bor.
So‘zma-so‘z «bo‘yni egilmaydigan».
So‘zma-so‘z «Xudoning barmog‘i».
Yoki «quyma haykal».
So‘zma-so‘z «osmon ostidan».
Yoki «merosing».