Rimliklarga 16:1-27
16 Kenxreyadagi+ jamoatda xizmat ko‘rsatayotgan singlimiz* Fivani sizlarga tanishtiray*.
2 Uni Hazratimiz yo‘lida bo‘lgan muqaddas kishilarga munosib tarzda qabul qilib, qanday ehtiyoji bo‘lsa yordam berishingizni so‘rayman+. Chunki u ko‘plarga, xususan, menga ham homiylik qilgan.
3 Iso Masih yo‘lidagi hamkorlarim Priska* va Akilaga+ mendan salom.
4 Ular mening jonimni saqlab qolish uchun o‘zlarini xavf ostiga qo‘yishgan+. Ularga birgina men emas, balki boshqa xalqlardan tashkil topgan jamoatlarning hammasi minnatdorchilik bildiryapti.
5 Ularning uyida yig‘ilib turadigan jamoatga salom+. Osiyo viloyatida* birinchi bo‘lib Masihning izdoshi bo‘lgan aziz birodarim Epenetga ham salom.
6 Sizlar uchun ko‘p mehnat qilgan Maryamga salom.
7 Men bilan birga mahbus bo‘lgan qarindoshlarim+ Andronik va Yuniyga salom. Ular havoriylar orasida yaxshi nom orttirishgan va mendan ham oldinroq Masihning izdoshlari bo‘lishgan.
8 Hazratimiz yo‘lida bo‘lgan sevikli birodarim Ampliatga salom.
9 Masih yo‘lidagi hamkorim Urbanga hamda qadrdon do‘stim Staxisga salom.
10 Masihga sodiq Apellesga salom. Aristovulning uydagilariga ham salom.
11 Qarindoshim Hirodionga salom. Narkis xonadonidan Hazratimizning izdoshi bo‘lganlarga ham salom.
12 Hazratimiz yo‘lida ko‘p mehnat qilgan Trifena bilan Trifosaga salom. Suyukli Persisga ham salom. Bu ayol Hazratimiz xizmatida zo‘r berib ishlagan.
13 Hazratimizning tanlangan xizmatkori Rufusga va men uchun o‘z onamdek bo‘lib qolgan uning onasiga salom.
14 Asinkrit, Flegon, Hermes, Patrovas, Harmas va ular bilan birga bo‘lgan birodarlarga salom.
15 Filalogus bilan Yuliyaga, Nirey bilan uning singlisiga*, Olimpas va ular bilan birga bo‘lgan jamiki muqaddas kishilarga salom.
16 Bir-biringizni birodarlik sevgisi ila o‘pib qarshi olinglar. Masihning hamma jamoatlaridan sizlarga salom.
17 Endi birodarlar, sizlarga nasihatim shu: olgan ta’limotingizga xilof ravishda orangizda bo‘linishlarga va kimningdir qoqinishiga sabab bo‘layotgan kishilarga ko‘z-quloq bo‘lib turinglar. Yaxshisi, bundaylardan uzoqroq yuringlar+.
18 Chunki ular Hazratimiz Iso Masihga emas, balki o‘z nafslariga* qullik qiladilar. Ular shirin so‘zlar va xushomadgo‘ylik bilan soddadil odamlarni yo‘ldan uradilar.
19 Sizlarning itoatkorligingiz barchaga ma’lum bo‘ldi. Bundan men bag‘oyat xursandman. Biroq shuni istaymanki, dono bo‘lib yaxshilikka intilinglar, yomonlikdan esa xoli bo‘linglar+.
20 O‘z navbatida, tinchlik beruvchi Xudo yaqinda sizlarga Shaytonni ezib tashlash huquqini beradi+. Hazrati Isoning inoyati sizlarga yor bo‘lsin.
21 Hamkorim Timo‘tiydan hamda qarindoshlarim+ Lukis, Yason va Sosipatrdan sizlarga salom.
22 Ushbu maktubni yozayotgan men — Tertiy, Hazratimiz yo‘lida bo‘lgan sizlarga salom yo‘llayapman.
23 Menga va butun jamoatga mehmondo‘stlik ko‘rsatgan Gaydan+ sizlarga salom. Shahar xazinaboni Erast va uning ukasi* Kvartdan ham sizlarga salom.
24 * ——
25 Qadim zamonlardan beri yashirin bo‘lib kelgan muqaddas sirning ochilishiga muvofiq+, men e’lon qilgan xushxabar va Iso Masih haqidagi va’z orqali Alloh sizlarni mustahkamlashga qodir.
26 Endi esa, barhayot Xudoning amriga binoan, Muqaddas Yozuvlardagi bashoratlar tufayli bu sir barcha xalqlarga ma’lum bo‘ldi. Toki ular imon orqali Allohga itoat etishsin.
27 Donolikka ega bo‘lgan yagona Allohga+ Iso Masih orqali abadulabad shon-sharaflar bo‘lsin. Omin.
Izohlar
^ Yoki «opamiz».
^ Yoki «tavsiya etaman».
^ Shuningdek, «Priskilla» deb nomlanadi.
^ Rim imperiyasining Kichik Osiyodagi viloyati.
^ Yunonchada singlisi yoki opasi ekani aniq ko‘rsatilmagan.
^ Yoki «qorinlariga».
^ Yunonchada ukasi yoki akasi ekani aniq ko‘rsatilmagan.