Rut 3:1-18

  • Naimaning Rutga maslahati (1-4)

  • Rut bilan Boz xirmonda (5-15)

  • Rut Naimaning oldiga qaytadi (16-18)

3  Bir kuni Naima Rutga shunday dedi: «Qizim, tinch-xotirjam hayot kechirishingiz uchun, sizni uyli-joyli qilish mening zimmamda emasmi?!+  Siz xizmatkor qizlari bilan birga ishlagan Boz bizga qarindosh bo‘ladi+. U shu kecha xirmonda arpa shopiradi.  Siz yuvining-da, xushbo‘y moydan surting. Keyin chiroyli kiyinib, xirmonga boring. U kishi yeb-ichib bo‘lmagunicha, borligingizni sezdirmang.  Boz uxlagani ketganda, u qayerga borib yotishini bilib oling. So‘ng borib, oyoq tomonini oching-da, o‘sha yerga yoting. Uning o‘zi nima qilishingiz kerakligini aytadi».  Rut qaynanasiga: «Xo‘p bo‘ladi, siz aytgandek qilaman»,— dedi.  U xirmonga borib, hammasini qaynanasi o‘rgatganday qildi.  Bu paytda Boz yeb-ichib o‘tirgandi va ko‘tarinki kayfiyatda edi. Keyin u don uyib qo‘yilgan joyga borib yotdi. Shunda Rut sekingina kelib, uning oyoq tomonini ochdi-da, o‘sha yerga yotdi.  Yarim kechada Boz seskanib uyg‘onib ketdi. Boshini ko‘tarib qarasa, oyoq tomonida bir ayol yotgan ekan.  U: «Siz kimsiz?» — deb so‘radi. Rut: «Men cho‘ringiz Rutman, meni o‘z panohingizga oling*, chunki siz qarindoshlik burchini o‘tay oladigan odam ekansiz»+,— deya javob berdi. 10  Boz unga shunday dedi: «Yahovadan baraka toping, qizim. Hozirgi ko‘rsatgan mehr-sadoqatingiz, oldingisidan ham a’loroq bo‘ldi+. Sababi, siz o‘zingizga kambag‘al yoki boylar orasidan yoshroq kuyov qidirmadingiz. 11  Endi qo‘rqmang, qizim. Aytganlaringizning hammasini bajaraman+, chunki shahardagi hamma* siz yaxshi ayol ekaningizni biladi. 12  To‘g‘ri, men qarindoshlik burchini o‘tay oladigan odamman+. Lekin qarindoshlik burchini o‘tay oladigan mendan ham yaqinroq kishi bor+. 13  Bu kecha shu yerda qoling. Agar ertaga u qarindoshlik burchini o‘tashga rozi bo‘lsa, shunday bo‘la qolsin+. Bordi-yu, u o‘tashni istamasa, barhayot Yahova haqqi qasam ichib aytamanki, o‘zim o‘tayman. Siz esa tong otguncha shu yerda yotib qoling». 14  Shunday qilib, Rut uning oyoq tomonida tong sahargacha yotdi-da, so‘ng birov ko‘rib qolmasin deb, g‘ira-shira paytda o‘rnidan turdi. Boz unga: «Xirmonga ayol kishi kelganini hech kim bilmasin»,— dedi. 15  Keyin esa: «Yopinchig‘ingizni yoyib, ushlab turing»,— deb aytdi. Rut yopinchig‘ini yoydi. Boz ichiga olti o‘lchov* arpa solib, unga ko‘tartirib qo‘ydi, o‘zi bo‘lsa shaharga ketdi. 16  Rut kelganida, qaynanasi: «Nima bo‘ldi*, qizim?» — deb so‘radi. U qaynanasiga Boz u uchun nima qilganini aytib berdi. 17  So‘ngra Rut: «U kishi menga olti o‘lchov arpa berib: “Qaynanangizning oldiga bo‘sh qo‘l bilan qaytmang”,— dedi»,— deb qo‘shib qo‘ydi. 18  Shunda qaynanasi: «Endi, masala hal bo‘lguncha kutib turing, qizim. Ana ko‘rasiz, bu odam ishni bugunoq oxiriga yetkazmaguncha tinchimaydi»,— dedi.

Izohlar

So‘zma-so‘z «cho‘ringizni etagingiz bilan yoping».
So‘zma-so‘z «xalqimning barcha darvozalari».
Ehtimol, olti sexa yoki taxminan 44 l. Ilovaning B14 mavzusiga q.
So‘zma-so‘z «Siz kimsiz?»