Rut 4:1-22
4 Boz shahar darvozasi oldiga+ borib o‘tirdi. Shu payt, qarindoshlik burchini o‘tay oladigan o‘sha kishi+ o‘tib ketayotganini ko‘rib, Boz uni: «Falonchi, keling, bu yoqga o‘tiring»,— deb chaqirdi. U kelib, o‘tirdi.
2 Keyin Boz shahar oqsoqollaridan+ o‘n kishini chaqirib: «Marhamat, bu yerga o‘tiringlar»,— dedi. Ular ham o‘tirishdi.
3 Shunda Boz qarindoshlik burchini o‘tay oladigan kishiga+: «Mo‘ab yurtidan qaytib kelgan Naima+, birodarimiz Elimalekning+ dalasini sotmoqchi.
4 Buni sizga ma’lum qilishni lozim deb topdim. Shahar aholisi va xalq oqsoqollari oldida uni sotib oling+. Agar oladigan bo‘lsangiz, oling. Olmasangiz, menga bildiring. Chunki sotib olishga haqqi bor kishi siz bo‘lasiz, sizdan keyingisi esa menman»,— deb aytdi. Bunga u kishi: «Sotib olaman»+,— dedi.
5 Boz unga: «Naimaning dalasini sotib olgan kuni, bu dalani marhumning bevasi mo‘ablik Rutdan ham sotib olishingiz kerak bo‘ladi. Shunda marhumning merosi o‘ziga tegishli bo‘lib qolaveradi»+,— deb aytdi.
6 O‘sha kishi bo‘lsa: «Men uni sotib ololmayman, chunki o‘z merosimni xavf ostiga qo‘ygan bo‘laman. Men sotib ololmasligim bois, bunday huquqni sizga beraman, siz olavering»,— dedi.
7 Isroilda sotib olish va ayirboshlashga oid har qanday bitimni tasdiqlovchi qadimdan qolgan odat bor edi. Kishi sandalining bir poyini yechib+, boshqasiga berardi va shu yo‘sin Isroilda rasmiy kelishuv tasdiqlanardi.
8 Shu sababli, qarindoshlik burchini o‘taydigan kishi Bozga: «Uni siz sotib oling»,— dedi-da, sandalining bir poyini yechdi.
9 Shunda Boz oqsoqollarga va o‘sha yerdagi butun xalqga quyidagilarni aytdi: «Bugun Naimadan Elimalekning bor mulkini va Xilyon bilan Maxlo‘nning mol-mulkini sotib olayotganimga sizlar shohidsiz+.
10 Bundan tashqari, marhumning merosi o‘ziga tegishli bo‘lib qolishi va nomi birodarlari hamda shahardagi odamlar orasidan* o‘chib ketmasligi uchun, men Maxlo‘nning xotini mo‘ablik Rutni xotinlikka olyapman+. Bugun sizlar bunga shohidsiz»+.
11 Shahar darvozasi oldida o‘tirgan butun xalq va oqsoqollar shunday deyishdi: «Biz shohidmiz! Yahova uyingizga keladigan xotinni, Isroil xalqini bunyod etgan Rohila va Leax singari barakali qilsin+. Efratada+ gullab-yashnang, Baytlahm+ bo‘ylab ismingiz mashhur bo‘lsin.
12 Yahova shu ayoldan sizga beradigan nasl+ orqali xonadoningizni Tamara Yahudoga tug‘ib bergan Parazning+ xonadoniday qilsin».
13 Shunday qilib, Boz Rutni xotinlikka olib, u bilan birga bo‘ldi. Yahovaning marhamati bilan Rut homilador bo‘lib, o‘g‘il ko‘rdi.
14 Buni eshitgan ayollar Naimaga shunday deyishdi: «Yahovaga shon-sharaf yog‘ilsin va ismi Isroil yurtida ulug‘lansin! Bugun U sizni qarindoshlik burchini o‘taydigan kishisiz qoldirmadi.
15 Bu bola joningizga jon kiritdi, qarilik chog‘ingizda u sizga suyanchiq bo‘ladi. Chunki bu o‘g‘ilni, sizni judayam yaxshi ko‘radigan+ va yetti o‘g‘ildan ham a’loroq bo‘lgan keliningiz dunyoga keltirdi».
16 Naima chaqaloqni olib, bag‘riga bosdi va unga o‘zi enagalik qildi.
17 Qo‘shni ayollar: «Naima uchun o‘g‘il tug‘ildi»,— deb, bolaning ismini Obid+ qo‘yishdi. U Dovudning otasi bo‘lmish Essayning+ otasidir.
18 Parazning+ nasl-nasabi quyidagicha: Parazdan Xazron tug‘ildi+,
19 Xazrondan Ram tug‘ildi, Ramdan Ominadov tug‘ildi+,
20 Ominadovdan+ Naxsho‘n tug‘ildi, Naxsho‘ndan Salmo‘n tug‘ildi,
21 Salmo‘ndan Boz tug‘ildi, Bozdan Obid tug‘ildi,
22 Obiddan Essay+ tug‘ildi, Essaydan Dovud tug‘ildi+.
Izohlar
^ So‘zma-so‘z «o‘z yerining darvozasidan».