Sahroda 13:1-33

  • Kan’onga 12 ta ayg‘oqchi yuboriladi (1-24)

  • 10 ta ayg‘oqchining yomon xabari (25-33)

13  Yahova Musoga shunday dedi:  «Men Isroil o‘g‘illariga berayotgan Kan’on yurtini ko‘rib kelish uchun ayg‘oqchilarni yubor. Ota qabilasining vakili sifatida har bir qabiladan bittadan kishini yubor. Ularning har biri yo‘lboshchi+ bo‘lsin»+.  Muso Yahovaning buyrug‘iga binoan, ularni Poron cho‘lidan+ yubordi. Ularning bari Isroil o‘g‘illarining boshchilari edi.  Ularning ismlari quyidagichadir: Ruben qabilasidan Zakkurning o‘g‘li Shammuva,  Shimo‘n qabilasidan Xo‘rining o‘g‘li Shofot,  Yahudo qabilasidan Yafunaxning o‘g‘li Xolib+,  Issaxor qabilasidan Yusufning o‘g‘li Yixal,  Efrayim qabilasidan Nunning o‘g‘li Ho‘sheya+,  Benyamin qabilasidan Rofuning o‘g‘li Palti, 10  Zabulun qabilasidan So‘dining o‘g‘li Gaddiel, 11  Yusuf qabilasidan+, ya’ni Manashe+ qabilasidan Susixning o‘g‘li Gaddi, 12  Dan qabilasidan Gamalining o‘g‘li Omiyol, 13  Osher qabilasidan Mikoilning o‘g‘li Satur, 14  Naftali qabilasidan Vofsining o‘g‘li Naxbi, 15  Gad qabilasidan Moxining o‘g‘li Guval. 16  Muso yurtni ko‘rib kelish uchun yuborgan erkaklarning ismlari shulardan iborat. Muso Nunning o‘g‘li Ho‘sheyaga Yoshua*+ deb ism berdi. 17  Muso ularni Kan’on yurtini ko‘rib kelishga yuborayotib, quyidagilarni aytdi: «Bu yerdan Nagavga, keyin tog‘li hududga boringlar+. 18  Sizlar u yurtning qanaqa ekanini+, u yerda yashaydigan odamlar kuchlimi yoki zaifmi, ko‘pmi yoki kammi, 19  ularning yurti yaxshimi yoki yomonmi, bilib kelinglar. Ular chodirlarda yashashadimi yoki atrofi devor bilan o‘ralgan shaharlardami, 20  yerlari serhosilmi yoki unumsizmi+, daraxtlar o‘sadimi yoki yo‘qmi, borib bilib kelinglar. Jasoratli bo‘linglar+ va o‘sha yurtning mevalaridan olib kelinglar». Bu vaqt, uzum endi pishgan payt edi+. 21  Ular borib, yurtni Zin sahrosidan+ tortib, Levo-Xomatning*+ chegarasidagi Rexobgacha+ ko‘zdan kechirishdi. 22  Nagavga yetib borgach, ular Xevronga+ yo‘l olishdi. U yerda Inoq avlodidan+ Oximan, Sheshay va Talmay+ bor edi. Xevron Misrdagi Zo‘vandan yetti yil avval bunyod etilgan edi. 23  Ular Eshko‘l vodiysiga+ kelishdi, u yerda bir bosh uzumni novdasi bilan kesib olishdi. Ikki kishi novdani uzun tayoqga osdi-da, ko‘tarib ketdi. Shuningdek, ular o‘zlari bilan anorlar va anjirlardan ham olishdi+. 24  Isroil o‘g‘illari u yerdan bir bosh uzum kesib olganlari uchun, o‘sha yerga Eshko‘l* vodiysi+ deb nom berishdi. 25  Ular yurtni ko‘zdan kechirib, 40 kundan so‘ng+ qaytib kelishdi. 26  Ular Muso bilan Horunning oldiga, Poron cho‘lidagi Kadeshga+ — butun Isroil o‘g‘illari jamoasining oldiga borishdi. Ular butun jamoaga barini aytib berishdi va o‘sha yurtning mevalarini ko‘rsatishdi. 27  Ular Musoga mana shunday deyishdi: «Siz yuborgan yurtga bordik, u yerda haqiqatan ham sut bilan asal oqar ekan+. Mana bular esa o‘sha yurtning mevalari+. 28  Biroq o‘sha yurtning odamlari kuchli ekan. Ularning shaharlari devor bilan o‘ralgan va juda katta ekan. Shuningdek, u yerda Inoq avlodini ham ko‘rdik+. 29  Nagav yurtida+ omoleklar+, tog‘li hududda xetiylar, yobusiylar+ va amoriylar+, dengiz+ va Iordan daryosi bo‘yida kan’onliklar+ yashar ekan». 30  Xolib Musoning oldida turgan xalqni tinchlantirishga urinib: «Yuringlar, hoziroq boramiz-da, o‘sha yurtni egallab olamiz, chunki u yurtni zabt etishimiz aniq»+,— dedi. 31  Ammo u bilan birga borgan kishilar: «Biz u yerga borib, ular bilan jang qila olmaymiz, boisi ular bizga qaraganda ancha kuchli»+,— deb aytishdi. 32  Ular ko‘rib kelgan yurt haqida Isroil o‘g‘illariga yomon gaplarni aytishardi+. Ular shunday deyishardi: «Biz ko‘rib kelgan yurt u yerda yashovchi odamlarni yutib yuborar ekan. Biz u yerda ko‘rgan barcha odamlar bahaybat ekan+. 33  U yerda biz nefilimlar* avlodidan bo‘lgan devqomatlarni* — Inoqning o‘g‘illarini+ ko‘rdik. Ularning yonida o‘zimizni chigirtkaday his qildik. Biz ham ularning nazarida chigirtka kabi edik».

Izohlar

Yoki «Yahoshua», ma’nosi «Yahova — najot».
Yoki «Xomatning ostonasigacha».
Ma’nosi «uzum boshi».
Taxminiy ma’nosi «qulatuvchilar», ya’ni boshqalarni yerga qulatadiganlar. Lug‘atga q.
So‘zma-so‘z «nefilimlarni».