Sahroda 17:1-13

  • Horunning tayog‘i gullaydi (1-13)

17  Yahova Musoga dedi:  «Isroil o‘g‘illari bilan gaplashib, ularning har bir xonadoni* uchun bittadan tayoq — har bir xonadon yo‘lboshchisi+ uchun bittadan tayoq — jami 12 ta tayoq ol. Har birining ismini o‘zining tayog‘iga yozib qo‘y.  Horunning ismini esa Levining tayog‘iga yozib qo‘y, sababi har bir xonadon yo‘lboshchisi uchun bitta tayoq olinishi kerak.  Tayoqlarni uchrashuv chodiridagi shohidlik sandig‘ining+ oldiga, Men sizlarga doim zohir bo‘ladigan joyga qo‘y+.  Men kimni tanlasam+, o‘shaning tayog‘i kurtak chiqaradi. Shu yo‘sin, Mendan hamda sizlardan noligan+ Isroil xalqining nolishiga chek qo‘yaman»+.  Muso Isroil o‘g‘illari bilan gaplashgach, ularning barcha yo‘lboshchilari o‘z tayoqlarini — har bir xonadon yo‘lboshchisi o‘z tayog‘ini — jami 12 ta tayoqni Musoga berishdi. Horunning tayog‘i ularning tayoqlari orasida edi.  Muso tayoqlarni shohidlik sandig‘i turgan uchrashuv chodiriga, Yahovaning oldiga qo‘ydi.  Ertasi kuni Muso shohidlik sandig‘i turgan uchrashuv chodiriga kirib qarasa, Levi xonadonidan bo‘lgan Horunning tayog‘i ko‘karib, kurtak chiqaribdi va gullab, unda bodomlar pishibdi.  Shunda Muso Yahovaning oldiga qo‘yilgan hamma tayoqlarni olib chiqib, Isroil o‘g‘illariga berdi. Ular tayoqlarga qarab, har biri o‘zinikini oldi. 10  Bundan keyin Yahova Musoga: «Horunning tayog‘ini+ shohidlik sandig‘ining oldiga qaytarib qo‘y. Bu, isyonkorlar+ uchun belgi sifatida saqlansin+, toki ular Mendan nolib halok bo‘lmasin»,— dedi. 11  Muso shu zahotiyoq Yahova buyurganday qildi. U aynan aytilganday qildi. 12  Isroil o‘g‘illari bo‘lsa Musoga: «Endi biz o‘lamiz, aniq halok bo‘lamiz, hammamiz yo‘q bo‘lib ketamiz! 13  Kim Yahovaning muqaddas chodiriga hatto yaqinlashsa ham o‘ladi!+ Nahotki biz shunday o‘limga loyiq bo‘lsak?!»+ — deyishdi.

Izohlar

So‘zma-so‘z «ota xonadoni», ya’ni ota tomondagi oila nazarda tutilgan.