Sahroda 2:1-34

  • Qarorgoh uch qabilali bo‘linmalardan iborat (1-34)

    • Yahudo bo‘linmasi sharqda joylashadi (3-9)

    • Ruben bo‘linmasi janubda joylashadi (10-16)

    • Levi o‘rtada joylashadi (17)

    • Efrayim bo‘linmasi g‘arbda joylashadi (18-24)

    • Dan bo‘linmasi shimolda joylashadi (25-31)

    • Ro‘yxatdan o‘tgan erkaklar soni (32-34)

2  Yahova Muso bilan Horunga shunday dedi:  «Isroil o‘g‘illari uchta qabiladan tarkib topgan bo‘linmasi joylashgan+, o‘z xonadonining belgisi turgan joyga qarorgoh qurishsin. Ular qarorgohlarini uchrashuv chodiri turgan joyga qaratib, uning atrofiga qurishsin.  Uning sharqiga, kunchiqar tarafiga Yahudo qabilasi boshchiligi ostidagi uchta qabiladan tarkib topgan bo‘linma o‘z guruhlari* bo‘yicha joylashsin. Yahudo qabilasining boshi Ominadov o‘g‘li Naxsho‘n+.  Uning ro‘yxatdan o‘tgan askarlarining soni 74 600 kishidan iborat+.  Uning yoniga Issaxor qabilasi joylashsin. Issaxor qabilasining yo‘lboshchisi Zuvor o‘g‘li Natanil+.  Uning ro‘yxatdan o‘tgan askarlarining soni 54 400 kishidan iborat+.  Undan keyin esa Zabulun qabilasi joylashsin. Zabulun qabilasining yo‘lboshchisi Xalon o‘g‘li Eliyob+.  Uning ro‘yxatdan o‘tgan askarlarining soni 57 400 kishidan iborat+.  Yahudo qabilasining qarorgohidagi ro‘yxatdan o‘tgan askarlarning umumiy soni 186 400 kishidan iborat. Ular birinchi bo‘lib yo‘lga chiqishsin+. 10  Janub tomoniga Ruben+ qabilasining qarorgohidagi uchta qabiladan tarkib topgan bo‘linma o‘z guruhlari bo‘yicha joylashsin. Ruben qabilasining yo‘lboshchisi Shaduvor o‘g‘li Elizur+. 11  Uning ro‘yxatdan o‘tgan askarlarining soni 46 500 kishidan iborat+. 12  Uning yoniga Shimo‘n qabilasi joylashsin. Shimo‘n qabilasining yo‘lboshchisi Zurishaday o‘g‘li Shalumiyol+. 13  Uning ro‘yxatdan o‘tgan askarlarining soni 59 300 kishidan iborat+. 14  Undan keyin esa Gad qabilasi joylashsin. Gad qabilasining yo‘lboshchisi Ruvel o‘g‘li Eliasaf+. 15  Uning ro‘yxatdan o‘tgan askarlarining soni 45 650 kishidan iborat+. 16  Ruben qabilasining qarorgohidagi ro‘yxatdan o‘tgan askarlarning umumiy soni 151 450 kishidan iborat. Ular ikkinchi bo‘lib yo‘lga chiqishsin+. 17  Uchrashuv chodiri olib ketilishi kerak bo‘lganda+, levilar qarorgohi boshqa qarorgohlarning o‘rtasida bo‘lsin. Qabilalar qarorgohda qanday joylashgan bo‘lsa, shunday tartibda, uchta qabiladan iborat bo‘linmasi bo‘yicha, har biri o‘z o‘rnida harakatlansin+. 18  G‘arb tomoniga Efrayim qabilasining qarorgohidagi uchta qabiladan tarkib topgan bo‘linma o‘z guruhlari bo‘yicha joylashsin. Efrayim qabilasining yo‘lboshchisi Omihud o‘g‘li Elishama+. 19  Uning ro‘yxatdan o‘tgan askarlarining soni 40 500 kishidan iborat+. 20  Uning yoniga Manashe+ qabilasi joylashsin. Manashe qabilasining yo‘lboshchisi Padozur o‘g‘li Gamaliel+. 21  Uning ro‘yxatdan o‘tgan askarlarining soni 32 200 kishidan iborat+. 22  Undan keyin esa Benyamin qabilasi joylashsin. Benyamin qabilasining yo‘lboshchisi Gido‘nax o‘g‘li Avidon+. 23  Uning ro‘yxatdan o‘tgan askarlarining soni 35 400 kishidan iborat+. 24  Efrayim qabilasining qarorgohidagi ro‘yxatdan o‘tgan askarlarning umumiy soni 108 100 kishidan iborat. Ular uchinchi bo‘lib yo‘lga chiqishsin+. 25  Shimol tomoniga Dan qabilasining qarorgohidagi uchta qabiladan tarkib topgan bo‘linma o‘z guruhlari bo‘yicha joylashsin. Dan qabilasining yo‘lboshchisi Omishaday o‘g‘li Oxazar+. 26  Uning ro‘yxatdan o‘tgan askarlarining soni 62 700 kishidan iborat+. 27  Uning yoniga Osher qabilasi joylashsin. Osher qabilasining yo‘lboshchisi Oxron o‘g‘li Paxiyol+. 28  Uning ro‘yxatdan o‘tgan askarlarining soni 41 500 kishidan iborat+. 29  Undan keyin esa Naftali qabilasi joylashsin. Naftali qabilasining yo‘lboshchisi Enan o‘g‘li Oxir+. 30  Uning ro‘yxatdan o‘tgan askarlarining soni 53 400 kishidan iborat+. 31  Dan qabilasining qarorgohidagi ro‘yxatdan o‘tgan askarlarning umumiy soni 157 600 kishidan iborat. Uchta qabiladan tarkib topgan ushbu bo‘linma uchta qabiladan tarkib topgan boshqa bo‘linmalar orasidan oxirgi bo‘lib yo‘lga chiqsin»+. 32  Bular — Isroil o‘g‘illari orasidan xonadonlari bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan kishilar. Qo‘shinlari bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan askarlar, jami bo‘lib 603 550 kishini tashkil etdi+. 33  Biroq levilar Yahova Musoga buyurganiday, boshqa qabilalar qatori+ ro‘yxatdan o‘tkazilmadi+. 34  Isroil xalqi hammasini Yahova Musoga buyurganday bajardi. Ular uchta qabiladan tarkib topgan bo‘linmalar bo‘yicha joylashishdi+, yo‘lga otlanganda ham shunday tartibda+, har biri o‘z oilasi va xonadonlari bilan birga yo‘lga chiqdi.

Izohlar

So‘zma-so‘z «qo‘shinlari».