Sahroda 24:1-25

  • Balomning 3- duosi (1-11)

  • Balomning 4- duosi (12-25)

24  Isroilni duo qilib, Yahovani mamnun etganini tushungach, Balom yomon belgilarni izlamay qo‘ydi+. U yuzini sahro tomonga burdi.  Balom boshini ko‘tarib, qabilalari bo‘yicha chodir qurgan Isroil o‘g‘illarini ko‘rdi+. Shunda Allohning ruhi uning ustiga tushdi+.  Keyin u shunday deb gap boshladi+: «Bavo‘r o‘g‘li Balomning,Ko‘zlari ochiq kishining gaplarini,   Xudoning so‘zlarini eshitgan kishining,Ko‘zlari ochiq holda yerga muk tushganda,Qodir Tangridan kelgan vahiyni ko‘rgan kishining gaplari+:   Ey Yoqub, chodirlaring naqadar go‘zal,Makoning qanchalar chiroylidir, ey Isroil!+   Vodiylar kabi,Daryo bo‘yidagi bog‘lar singari,Yahova o‘tqazgan aloe kabi,Suvlar bo‘yidagi kedr daraxti singari ular keng yoyilgan+.   Uning ikkita chelagidan suv oqib turar,Uning urug‘i* ko‘p suvlar bo‘yiga ekilar+, Uning shohi+ O‘gaxdan ham buyukroq bo‘lar+,Uning shohligi mustahkam o‘rnatilar+.   Xudo ularni Misrdan olib chiqdi.U ular uchun yovvoyi buqaning shoxlari kabidir. U xalqlarni, zulm o‘tkazuvchilarni yutib yuborar+,Ularning suyaklarini g‘ajib tashlar, o‘qlarini sindirar.   U yotib oldi, arslon singari yerga cho‘zildi,U sher kabidir, kim ham uni o‘rnidan qo‘zg‘ata olar?! Seni duo qilganlar baraka topar,Seni la’natlaganlarga la’nat aytilar»+. 10  Shunda Boloqning Balomga g‘azabi qaynab ketdi. Boloq nafrat bilan kaftini kaftiga urdi-da, Balomga shunday dedi: «Dushmanlarimga la’nat aytgin deb seni chaqirtirgan edim+, sen bo‘lsang ularni uch marta duo qilishdan bo‘lak hech nima qilganing yo‘q. 11  Hoziroq uyingga jo‘na! Men senga izzat-ikrom ko‘rsatmoqchi edim+. Lekin Yahova seni sharafdan mahrum qildi». 12  Balom Boloqqa javoban: «Men siz yuborgan xabarchilarga: 13  “Boloq kumush-u oltinga to‘la uyini menga bersa ham, men Yahovaning amridan chetga chiqib, o‘z xohishimcha* na yaxshi, na yomon ish qila olaman. Yahova aytgan so‘zlarnigina gapiraman”+,— demaganmidim? 14  Mayli, men o‘z xalqimning oldiga qaytib ketaman. Biroq avval, bu xalq kelajakda* sizning xalqingizga nimalar qilishini aytib beray». 15  U shunday deb gap boshladi+: «Bavo‘r o‘g‘li Balomning,Ko‘zlari ochiq kishining gaplarini+, 16  Xudoning so‘zlarini eshitgan kishining,Alloh Taolodan bilim olgan,Ko‘zlari ochiq holda yerga muk tushganda,Qodir Tangridan kelgan vahiyni ko‘rgan kishining gaplari: 17  Men uni ko‘raman, ammo hozir emas,Men uni ko‘raman, biroq yaqin orada emas. Yoqubdan bir yulduz chiqar+,Isroildan saltanat hassasi+ ko‘tarilar+, U Mo‘abning peshonasini*+,Jangovar o‘g‘illarining bosh suyagini parchalar. 18  Isroil o‘z jasoratini namoyon etganda,Edom uning mulkiga aylanar+,Ha, Seir+ o‘z dushmanlarining mulki bo‘lar+, 19  Yoqubdan zabt etuvchi chiqar+,Shaharda omon qolganlarni yakson etar». 20  U Omolekni ko‘rib, gapini shunday davom ettirdi: «Omolek xalqlarning birinchisi edi+,Ammo u oxir-oqibat qirilib ketar»+. 21  Keyin u xayiniylarni+ ko‘rib, gapini shunday davom ettirdi: «Sening turar joying mustahkamdir, u uyaga o‘xshab qoyaga qurilgandir. 22  Biroq Qayinni* kuydirib yuborguvchi kelar, Ossuriya seni asir qilib olib ketishiga yana qancha qoldi?» 23  U so‘zini shunday deya davom ettirdi: «Holingizga voy! Xudo bularni amalga oshirganda kim ham tirik qoladi?! 24  Kittim+ sohilidan kemalar kelar,Ular Ossuriyani bosib olar+,Ular Ibirni zabt etar, Ammo u ularni ham xarob qilar». 25  Bundan so‘ng Balom+ o‘rnidan turdi-da, o‘z yeriga qaytib ketdi. Boloq ham o‘z yo‘liga ketdi.

Izohlar

Yoki «zurriyoti».
So‘zma-so‘z «o‘z yuragimdan».
Yoki «kunlarning oxirida».
Yoki «Mo‘ab boshining chakkalarini».
Ya’ni xayiniylar qabilasi.