Sahroda 25:1-18

  • Isroilning Mo‘ab ayollari bilan qilgan gunohi (1-5)

  • Finxaz chora ko‘radi (6-18)

25  Isroil o‘g‘illari Shitimda+ yashab yurganida, xalq Mo‘ab qizlari bilan jinsiy axloqsizlik qila boshladi+.  Bu ayollar o‘z xudolariga qurbonlik keltirish uchun xalqni taklif etishdi+. Xalq ularning xudolariga sajda qilib, xudolariga keltirilgan qurbonliklarni yeya boshladi+.  Shunday qilib, Isroil o‘g‘illari Piyordagi Baalga+ topinishdi. Yahovaning Isroil o‘g‘illariga achchig‘i keldi.  Yahova Musoga quyidagilarni aytdi: «Bunda aybdor bo‘lgan yo‘lboshchilarni yig‘ib, ularni qatl et va tanalarini kuppa-kunduzi, Yahovaning oldida osib qo‘y. Shunda Yahovaning Isroilga nisbatan otashin g‘azabi bosiladi».  Muso Isroil hakamlariga+: «Har biringiz Piyordagi Baalga topingan kishilarni o‘ldiringlar»+,— dedi.  Ammo ko‘p o‘tmay, Isroil o‘g‘illaridan biri Musoning hamda butun Isroil o‘g‘illari jamoasining ko‘z oldida, birodarlarining orasiga midiyonlik ayolni boshlab keldi+. Bu payt, Isroil o‘g‘illarining butun jamoasi uchrashuv chodirining kiraverishida yig‘lab turardi.  Ruhoniy Horunning nevarasi, Elazarning o‘g‘li Finxaz+ buni ko‘rib, o‘sha zahotiyoq jamoa orasidan chiqdi-da, qo‘liga nayzasini oldi.  Finxaz Isroil o‘g‘illaridan bo‘lgan o‘sha kishining ortidan chodirga kirdi va ikkalasiga nayza sanchdi. Nayza o‘sha kishining badaniga suqilib kirib, ayolning qornini* ham teshib o‘tdi. Shunda Isroil o‘g‘illariga yuborilgan o‘lat to‘xtadi+.  O‘lat dastidan 24 000 kishi nobud bo‘ldi+. 10  Keyin Yahova Musoga shularni aytdi: 11  «Ruhoniy Horunning nevarasi, Elazarning o‘g‘li Finxaz+ ularning Menga nisbatan bevafolik qilishiga chidab turolmay, Isroil xalqiga qarshi qo‘zg‘algan qahrimni qaytardi+. Shu bois, Men mutlaq sadoqatni talab etsam-da, Isroil o‘g‘illarini yo‘q qilib yubormadim+. 12  Sen unga ayt: “Men u bilan tinchlik ahdini qilaman. 13  Bu, asrlar osha u va uning avlodlari uchun ahd sifatida xizmat qiladi+. Chunki u Allohga nisbatan bevafolik qilinishiga chidab turolmadi+ va Isroil o‘g‘illarining gunohini yuvdi”». 14  Midiyonlik ayol bilan o‘ldirilgan kishining ismi Zimri edi. U Shimo‘n qabilasining xonadon yo‘lboshchisi Soluning o‘g‘li edi. 15  Midiyonlik ayolning ismi esa Xozbi bo‘lib, u Midiyon urug‘larining xonadon yo‘lboshchisi+ Zurning qizi edi+. 16  Keyinchalik Yahova Musoga shunday dedi: 17  «Midiyonliklarni tinch qo‘ymanglar, ularni yer tishlatinglar+, 18  chunki ular Piyorda ayyorlik bilan sizlarni gunohga og‘dirishdi va boshingizga tashvish keltirishdi+. Ular sizlarni midiyonlik yo‘lboshchining qizi, ya’ni Piyorda boshingizga o‘lat kelgan+ kuni o‘ldirilgan singillari Xozbi+ orqali gunohga og‘dirishdi».

Izohlar

Yoki «jinsiy a’zolarini».