Sahroda 26:1-65

  • Isroil qabilalari 2- marta ro‘yxatga olinadi (1-65)

26  O‘latdan keyin+ Yahova Musoga hamda ruhoniy Horunning o‘g‘li Elazarga shunday dedi:  «Isroilda harbiy xizmatga yaroqli bo‘lganlarning hammasini — 20 va undan yuqori yoshda bo‘lgan Isroil o‘g‘illarining butun jamoasini — xonadonlari bo‘yicha ro‘yxatga olinglar»+.  Muso bilan ruhoniy Elazar+ Mo‘abdagi dashtlarda+, Iordan bo‘yida, ya’ni Yerixo+ yaqinida joylashgan Isroil o‘g‘illariga quyidagilarni aytishdi:  «Yahova Musoga amr etganday, 20 va undan yuqori yoshda bo‘lganlarning barini ro‘yxatga olinglar»+. Misr yurtidan chiqqan Isroil o‘g‘illari quyidagilardir:  Ruben+ Isroilning to‘ng‘ichi. Rubenning o‘g‘illari+: Xano‘x va uning avlodlari, Palluv va uning avlodlari,  Xazron va uning avlodlari, Karmi va uning avlodlari.  Bular Ruben avlodlari edi. Ro‘yxatga olinganlarning soni 43 730 kishini tashkil etdi+.  Palluvning o‘g‘li Eliyob.  Eliyobning o‘g‘illari: Namuvol, Datan va Aburam. Datan va Aburam+ jamoa tanlagan kishilar edi. Ular Yahovaga qarshi bosh ko‘tarib+, Ko‘raxning tarafdorlari+ bilan birga Muso va Horunga qarshi chiqishgan edi. 10  Shunda yer ochilib ularni yutib yuborgan edi. Ko‘rax esa, uning 250 nafar tarafdorini olov yutib yuborganda halok bo‘lgandi+. Ular boshqalar uchun saboq bo‘lishdi+. 11  Ammo Ko‘raxning o‘g‘illari+ halok bo‘lishmadi. 12  Shimo‘nning+ o‘g‘illari va ularning avlodlari: Namuvol* va uning avlodlari, Yomin va uning avlodlari, Yoxin va uning avlodlari, 13  Zerah* va uning avlodlari, Shovul va uning avlodlari. 14  Bular Shimo‘n avlodlari edi. Ularning soni 22 200 kishini tashkil etdi+. 15  Gadning+ o‘g‘illari va ularning avlodlari: Zefon* va uning avlodlari, Xagi va uning avlodlari, Shuno va uning avlodlari, 16  Oznax* va uning avlodlari, Eri va uning avlodlari, 17  Aro‘d va uning avlodlari, Erali va uning avlodlari. 18  Bular Gad o‘g‘illarining avlodlari edi. Ro‘yxatga olinganlarning soni 40 500 kishini tashkil etdi+. 19  Yahudoning+ G‘ur va O‘nan+ degan o‘g‘illari bor edi. Biroq G‘ur va O‘nan Kan’on yurtida halok bo‘lishgan edi+. 20  Yahudoning o‘g‘illari va ularning avlodlari: Shelo+ va uning avlodlari, Paraz+ va uning avlodlari, Zerah+ va uning avlodlari. 21  Parazning o‘g‘illari: Xazron+ va uning avlodlari, Xomul+ va uning avlodlari. 22  Bular Yahudo avlodlari edi. Ro‘yxatga olinganlarning soni 76 500 kishini tashkil etdi+. 23  Issaxorning+ o‘g‘illari va ularning avlodlari: To‘lo+ va uning avlodlari, Puvax va uning avlodlari, 24  Yoshuv* va uning avlodlari, Shimron va uning avlodlari. 25  Bular Issaxor avlodlari edi. Ro‘yxatga olinganlarning soni 64 300 kishini tashkil etdi+. 26  Zabulunning+ o‘g‘illari va ularning avlodlari: Sared va uning avlodlari, Elo‘n va uning avlodlari, Yaxliyol va uning avlodlari. 27  Bular Zabulun avlodlari edi. Ro‘yxatga olinganlarning soni 60 500 kishini tashkil etdi+. 28  Yusufning+ o‘g‘illari va ularning avlodlari: Manashe va Efrayim+. 29  Manashening+ o‘g‘illari: Moxir+ va uning avlodlari. Moxir Giladning otasi bo‘ldi+. Giladdan uning avlodlari kelib chiqdi. 30  Quyidagilar Giladning o‘g‘illari edi: Yazar va uning avlodlari, Xalek va uning avlodlari, 31  Osriyol va uning avlodlari, Shakam va uning avlodlari, 32  Shamido va uning avlodlari, Xafer va uning avlodlari. 33  Xafer o‘g‘li Zalofxodning o‘g‘illari yo‘q edi, faqatgina qizlari bor edi+. Qizlarining ismlari+: Maxlo, Nuvah, Xo‘glax, Milxo va Tirza. 34  Bular Manashe avlodlari edi. Ro‘yxatga olinganlarning soni 52 700 kishini tashkil etdi+. 35  Quyidagilar Efrayimning+ o‘g‘illari va ularning avlodlari edi: Shutalax+ va uning avlodlari, Boxir va uning avlodlari, Taxan va uning avlodlari. 36  Shutalaxning o‘g‘illari esa mana bulardir: Iron va uning avlodlari. 37  Bular Efrayim avlodlari edi. Ro‘yxatga olinganlarning soni 32 500 kishini tashkil etdi+. Yusufning o‘g‘illari va ularning avlodlari shulardan iboratdir. 38  Benyaminning+ o‘g‘illari va ularning avlodlari: Belax+ va uning avlodlari, Oshbol va uning avlodlari, Oxiram va uning avlodlari, 39  Shafufon va uning avlodlari, Shupim va uning avlodlari, Xufam va uning avlodlari. 40  Belaxning o‘g‘illari Ard va No‘mon edi+. Arddan uning avlodlari, No‘mondan esa uning avlodlari kelib chiqdi. 41  Bular Benyaminning o‘g‘illari va ularning avlodlari edi. Ro‘yxatga olinganlarning soni 45 600 kishini tashkil etdi+. 42  Quyidagilar Danning+ o‘g‘illari va ularning avlodlari edi: Shuxom va uning avlodlari. Bular Danning avlodlaridir. 43  Shuxomning ro‘yxatga olingan avlodlari hammasi bo‘lib 64 400 kishini tashkil etdi+. 44  Osherning+ o‘g‘illari va ularning avlodlari: Yimnax va uning avlodlari, Yishvi va uning avlodlari, Bariyo va uning avlodlari. 45  Bariyoning o‘g‘illari: Xaber va uning avlodlari, Malxiyol va uning avlodlari. 46  Osherning Serax degan qizi ham bor edi. 47  Osherning o‘g‘illari va ularning avlodlari shulardan iborat edi. Ro‘yxatga olinganlarning soni 53 400 kishini tashkil etdi+. 48  Naftalining+ o‘g‘illari va ularning avlodlari: Yaxzayol va uning avlodlari, Go‘no va uning avlodlari, 49  Izar va uning avlodlari, Shillem va uning avlodlari. 50  Bular Naftali avlodlari bo‘lib, ro‘yxatga olinganlarning soni 45 400 kishini tashkil etdi+. 51  Ro‘yxatdan o‘tgan Isroil o‘g‘illarining umumiy soni 601 730 kishini tashkil etdi+. 52  Shundan keyin Yahova Musoga dedi: 53  «Har bir qabilada nechta odam borligiga qarab*, yer meros sifatida taqsimlab berilsin+. 54  Kattaroq qabilaga ko‘proq, kichikrog‘iga esa kamroq yer bergin+. Har bir qabila ro‘yxatga olinganlarning soniga qarab meros olsin. 55  Yer qur’a* tashlab bo‘lib olinsin+. Otalari qaysi qabiladan bo‘lsa, ular shu bo‘yicha meros olishi kerak. 56  Meros qilib beriladigan har bir yer qur’a tashlab aniqlansin va qabilaning katta yoki kichikligiga qarab bo‘linsin». 57  Ro‘yxatga olingan levilar+ va ularning avlodlari quyidagilardir: Gershon va uning avlodlari, Qohot+ va uning avlodlari, Marori va uning avlodlari. 58  Levilarning oilalari mana bulardir: Lubnax+ o‘g‘illarining oilalari, Xevron o‘g‘illarining oilalari+, Maxli+ o‘g‘illarining oilalari, Mushi+ o‘g‘illarining oilalari, Ko‘rax+ o‘g‘illarining oilalari. Qohot Imromning+ otasi bo‘ldi. 59  Imromning Yo‘xavad+ ismli xotini bor edi. U Levining Misrda tug‘ilgan qizi edi. Yo‘xavad Imromga Horun bilan Musoni hamda ularning opasi Maryamni+ tug‘ib berdi. 60  Keyin Horunning Nadov, Abihu, Elazar va Itamar+ degan o‘g‘illari tug‘ildi. 61  Ammo Nadov bilan Abihu Yahovaning huzuriga qonunga zid bo‘lgan olovni olib kirishgani uchun halok bo‘lishgandi+. 62  Ro‘yxatga olingan bir oylik va undan yuqori yoshdagi Levi qabilasidan bo‘lgan erkaklarning umumiy soni 23 000 kishini tashkil etdi+. Ular Isroil o‘g‘illarining ro‘yxatiga kiritilmagan edi+, chunki ularga Isroil o‘g‘illari orasidan meros berilmadi+. 63  Mo‘abdagi dashtlarda, Iordan bo‘yida, ya’ni Yerixo yaqinida joylashganda, Muso bilan ruhoniy Elazar ro‘yxatdan o‘tkazgan Isroil o‘g‘illari mana shulardir. 64  Biroq ularning orasida, Muso bilan ruhoniy Horun Sinay sahrosida ro‘yxatga olgan Isroil o‘g‘illarining hech biri yo‘q edi+. 65  Chunki o‘sha odamlar haqida Yahova: «Ular sahroda o‘lib ketishadi»+,— degan edi. Shu sababli, Yafunax o‘g‘li Xolib bilan Nun o‘g‘li Yoshuadan bo‘lak hech kim qolmadi+.

Izohlar

Ibt 46:16 da «Zifon».
Ibt 46:16 da «Ezbo‘n».
Ibt 46:13 da «Yo‘v».
Yoki «ro‘yxatdagi ismlarning soniga qarab».