Sahroda 28:1-31

  • Turli nazrlar keltirish tartibi (1-31)

    • Kundalik nazrlar (1-8)

    • Shabbatda keltiriladigan nazrlar (9, 10)

    • Har oy keltiriladigan nazrlar (11-15)

    • Fisih bayramida keltiriladigan nazrlar (16-25)

    • Hosil bayramida keltiriladigan nazrlar (26-31)

28  Keyin Yahova Musoga dedi:  «Isroil o‘g‘illariga shunday deb buyur: “Mening nazrimni, nonimni keltirishga e’tiborli bo‘linglar. Menga atab olovda kuydiriladigan xush* hidli nazrlar belgilangan vaqtda keltirilsin”+.  Yana shunday deb ayt: “Yahovaga taqdim etish maqsadida, olovda kuydiriladigan nazr uchun quyidagilar keltirilsin: kuydiriladigan qurbonlik sifatida har kuni ikkita nuqsonsiz bir yashar erkak qo‘zi muntazam ravishda olib kelinsin+.  Bitta erkak qo‘zini ertalab, ikkinchi erkak qo‘zini oqshomda* nazr qilinglar+.  Har bir qo‘ziga qo‘shib don nazri sifatida efaning* o‘ndan bir qismiga teng oliy navli unga chorak xin* moy aralashtirib olib kelinglar+.  Bu — muntazam ravishda kuydiriladigan qurbonlik+. Yahova uchun olovda kuydiriladigan ushbu xush hidli nazr Sinay tog‘ida joriy etilgan.  Har bir qo‘ziga qo‘shib chorak xin ichimlik nazri olib kelinsin+. Ichkilikni ichimlik nazri sifatida Yahova uchun muqaddas joyga to‘kinglar.  Ikkinchi erkak qo‘zini oqshom payti nazr qilinglar. Ertalab don nazri va ichimlik nazri keltirilganidek, kechqurun ham shu nazrlarni Yahovaga atab kuydiriladigan xush hidli nazr sifatida keltiringlar+.  Shabbat kuni+ esa ikkita bir yashar nuqsonsiz qo‘zi, don nazri sifatida efaning o‘ndan ikki qismiga teng moy aralashtirilgan oliy navli un hamda ichimlik nazri olib kelinsin. 10  Bu, muntazam keltiriladigan kuydiriladigan qurbonlik va ichimlik nazri singari, har Shabbat kuni olib kelinadigan kuydiriladigan qurbonlikdir+. 11  Har oyning boshida kuydiriladigan qurbonlik sifatida Yahovaga ikkita yosh buqa, bitta qo‘chqor, har biri bir yashar bo‘lgan yettita nuqsonsiz erkak qo‘zi+, 12  har bir buqa uchun don nazri+ sifatida efaning o‘ndan uch qismiga teng moy aralashtirilgan oliy navli un va qo‘chqor uchun don nazri sifatida+ efaning o‘ndan ikki qismiga teng moy aralashtirilgan oliy navli un, 13  har bir erkak qo‘zi uchun don nazri qilib efaning o‘ndan bir qismiga teng moy aralashtirilgan oliy navli un keltirilsin. Bu — Yahovaga atab kuydiriladigan xush hidli nazr+. 14  Buqa uchun yarim xin sharob+, qo‘chqor uchun xinning uchdan bir qismiga teng sharob+ va erkak qo‘zi uchun xinning to‘rtdan bir qismiga teng sharob+ ichimlik nazrlari qilib keltirilsin. Bu, bir oy davomida keltiriladigan kuydiriladigan qurbonlik bo‘lib, uni har oy, yildan-yilga nazr qilinglar. 15  Shuningdek, muntazam keltiriladigan kuydiriladigan qurbonlik va ichimlik nazriga qo‘shib, bitta yosh taka gunoh qurbonligi sifatida Yahovaga nazr qilinsin. 16  Birinchi oyning 14- kuni Yahovaga atalgan Fisih bayrami bo‘ladi+. 17  Shu oyning 15- kuni bayram bo‘ladi. Yetti kun xamirturushsiz non yeyiladi+. 18  Uning birinchi kuni muqaddas yig‘in bo‘ladi. Hech qanday og‘ir ish qilmanglar. 19  Kuydiriladigan qurbonlik sifatida ikkita yosh buqani, bitta qo‘chqorni va har biri bir yashar bo‘lgan yettita erkak qo‘zini olovda kuydirib Yahovaga nazr qilinglar. Nazr qilinadigan hayvonlar nuqsonsiz bo‘lsin+. 20  Don nazri sifatida buqa uchun efaning o‘ndan uch qismiga teng, moy aralashtirilgan oliy navli unni+, qo‘chqor uchun efaning o‘ndan ikki qismiga teng unni, 21  yettita erkak qo‘zining har biri uchun efaning o‘ndan bir qismiga teng keladigan unni nazr qilinglar. 22  Gunohingizni yuvish uchun esa, gunoh qurbonligi sifatida bitta takani olib kelinglar. 23  Bularning hammasini, ertalab keltiriladigan kuydiriladigan qurbonlikka, muntazam keltiriladigan qurbonlikka qo‘shib olib kelasizlar. 24  Aynan shu narsalarni yetti kun davomida Yahovaga atalgan taom*, kuydiriladigan xush hidli nazr sifatida olib kelasizlar. Bular, muntazam keltiriladigan kuydiriladigan qurbonlik va ichimlik nazri bilan birga tortiq etilsin. 25  Yettinchi kuni muqaddas yig‘in o‘tkazinglar+. Hech qanday og‘ir ish qilmanglar+. 26  Ilk hosil yig‘ilgan kuni+, Yahovaga yangi dondan nazr keltirib+, Hosil bayramini* nishonlagan kuningiz, muqaddas yig‘in o‘tkazinglar+. Hech qanday og‘ir ish qilmanglar+. 27  Yahovaga atab olovda kuydiriladigan xush hidli qurbonlik uchun ikkita yosh buqa, bitta qo‘chqor va har biri bir yashar bo‘lgan yettita erkak qo‘zini olib kelinglar+. 28  Har bir buqa uchun don nazri sifatida efaning o‘ndan uch qismiga teng moy aralashtirilgan oliy navli un va qo‘chqor uchun don nazri sifatida efaning o‘ndan ikki qismiga teng moy aralashtirilgan oliy navli un, 29  yettita erkak qo‘zining har biri uchun efaning o‘ndan bir qismiga teng keladigan unni nazr qilinglar. 30  Xuddi shunday gunohdan forig‘ bo‘lish uchun bitta yosh takani olib kelinglar+. 31  Bularning barini muntazam keltiriladigan kuydiriladigan qurbonlik va don nazri bilan ichimlik nazrlariga qo‘shib olib kelinglar. Hayvonlar nuqsonsiz bo‘lsin+.

Izohlar

Yoki «tinchlantiradigan, orombaxsh». So‘zma-so‘z «taskin beradigan».
So‘zma-so‘z «ikki kechki payt oralig‘i». Quyosh botishidan, to qorong‘i tushishigacha bo‘lgan vaqt oralig‘i.
Bir xin=3,67 l. Ilovaning B14 mavzusiga q.
So‘zma-so‘z «non».