Sahroda 3:1-51

  • Horun o‘g‘illari (1-4)

  • Levilar xizmat uchun tanlanadi (5-39)

  • To‘ng‘ichlar uchun to‘lov (40-51)

3  Yahova Muso bilan Sinay tog‘ida+ gaplashgan vaqtda, Horun bilan Musoning nasli shulardan iborat edi:  Horunning o‘g‘illari: to‘ng‘ichi Nadov, keyin Abihu+, Elazar+ va Itamar+.  Bular — Horunning ruhoniylik vazifasiga tayinlangan o‘g‘illari, moylangan ruhoniylar+.  Ammo Nadov bilan Abihu, Sinay sahrosida Yahovaning huzuriga qonunga zid bo‘lgan olovni olib kirishgani uchun, Yahovaning oldida halok bo‘lishgandi+. Ularning o‘g‘illari yo‘q edi. Elazar+ va Itamar+ esa otasi Horun bilan birga ruhoniy bo‘lib xizmat qilib kelishardi.  Keyin Yahova Musoga quyidagilarni aytdi:  «Levi qabilasini+ ruhoniy Horunning oldiga olib kelib, uning qarshisiga turg‘az. Ular unga xizmat qilishsin+.  Ular uchrashuv chodirida xizmatlarini ado etib, shu chodir qoshida Horun va butun jamoa oldidagi vazifalarini bajarishsin.  Ular uchrashuv chodiridagi barcha anjomlar uchun javobgar bo‘lishsin+ va muqaddas chodirdagi xizmatlarini bajarib, Isroil xalqi oldidagi vazifalarini ado etishsin+.  Levilarni Horun bilan uning o‘g‘illariga topshir. Ular, Isroil o‘g‘illari orasidan Horunga ajratib berilgan kishilardir*+. 10  Horun bilan uning o‘g‘illarini ruhoniylik vazifasini bajarishga tayinla+. Muqaddas chodirga vakolati bo‘lmagan kishi* yaqinlashsa, o‘ldirilsin»+. 11  Yahova Musoga gapirishda davom etib, dedi: 12  «Mana, Men Isroil o‘g‘illarining to‘ng‘ichlari o‘rniga levilarni oldim+, levilar Menga tegishli bo‘ladi. 13  Chunki to‘ng‘ichlarning barchasi Menikidir+. Misr yurtidagi to‘ng‘ichlarni nobud qilganimda+, Isroil o‘g‘illarining to‘ng‘ichlarini va mollarning birinchi bolasini muqaddas qilib, O‘zim uchun ajratgan edim+. Ular Menga tegishli bo‘ladi. Men Yahovaman». 14  Yahova Sinay sahrosida+ Musoga: 15  «Levi o‘g‘illarini oilalari va xonadonlari bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkaz. Bir oylik va undan yuqori yoshdagi barcha erkak zotini ro‘yxatdan o‘tkaz»+,— deb aytdi. 16  Muso Yahovaning aytgani bo‘yicha, unga buyurilganiday, ularni ro‘yxatdan o‘tkazdi. 17  Levi o‘g‘illarining ismlari: Gershon, Qohot va Marori+. 18  Gershonning o‘g‘illari: Lubnax va Shimey+. Oilalari ularning ismlari bilan atalgan. 19  Qohotning o‘g‘illari: Imrom, Izxor, Xevron va Uziyol+. Oilalari ularning ismlari bilan atalgan. 20  Marorining o‘g‘illari: Maxli+ va Mushi+. Oilalari ularning ismlari bilan atalgan. Levilarning xonadonlari bo‘yicha oilalari shulardan iborat. 21  Gershondan Lubnax+ o‘g‘illari bilan Shimey o‘g‘illarining oilalari kelib chiqqan. Bular — Gershon o‘g‘illarining oilalari. 22  Bir oylik va undan yuqori yoshdagi barcha erkak zoti ro‘yxatdan o‘tkazildi va ularning soni 7 500 kishini tashkil etdi+. 23  Gershon o‘g‘illarining oilalari g‘arb tomonga, muqaddas chodirning orqa tarafiga joylashishdi+. 24  Gershon o‘g‘illari xonadonining* boshi Loyol o‘g‘li Eliasaf edi. 25  Uchrashuv chodiridagi quyidagi narsalar Gershon o‘g‘illari+ zimmasiga topshirildi: muqaddas chodir, uning ichki+ va tashqi qoplamalari+, uchrashuv chodirining kiraverishidagi parda+, 26  hovlining pardalari+, chodir va qurbongoh atrofidagi hovlining kiraverishidagi parda+, chodir arqonlari hamda shu narsalar bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xizmat turlari. 27  Qohotdan Imrom o‘g‘illari oilasi, Izxor o‘g‘illari oilasi, Xevron o‘g‘illari oilasi va Uziyol o‘g‘illari oilasi kelib chiqdi. Bular — Qohot o‘g‘illarining+ oilalari. 28  Bir oylik va undan yuqori yoshdagi barcha erkak zoti 8 600 kishini tashkil etdi. Ularga muqaddas joyga g‘amxo‘rlik qilish vazifasi topshirildi+. 29  Qohot o‘g‘illarining oilalari muqaddas chodirning janub tomoniga joylashishdi+. 30  Qohot o‘g‘illari oilalarining xonadon boshi Uziyol+ o‘g‘li Elizofon edi. 31  Ularga Ahd sandig‘i+, stol+, chiroqpoya+, qurbongohlar+, muqaddas joydagi xizmatda qo‘llaniladigan anjomlar+, parda+ va shu narsalar bilan bog‘liq xizmat topshirildi+. 32  Ruhoniy Horunning o‘g‘li Elazar+ levilar yo‘lboshchilarining boshi bo‘ldi. Unga muqaddas joyga tegishli vazifalarni bajaruvchilar ustidan nazorat qilish topshirildi. 33  Maroridan Maxli o‘g‘illari oilasi va Mushi o‘g‘illari oilasi kelib chiqdi. Bular — Marori o‘g‘illarining oilalari+. 34  Bir oylik va undan yuqori yoshdagi ro‘yxatdan o‘tgan barcha erkak zoti 6 200 kishini tashkil etdi+. 35  Marori o‘g‘illari oilalarining xonadon boshi Abuhayil o‘g‘li Zuriyol edi. Ular muqaddas chodirning shimol tomoniga joylashishdi+. 36  Marori o‘g‘illari zimmasiga quyidagi narsalar topshirildi: muqaddas chodirning romlari+, xodalari+, ustunlari+, o‘yig‘i bor tagliklari, uning hamma anjomlari+ va shu narsalar bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xizmat turlari+, 37  shuningdek, hovli atrofidagi ustunlar, ularning o‘yig‘i bor tagliklari+, qoziqlari va arqonlari. 38  Muqaddas chodirning sharqiga, ya’ni uchrashuv chodirining old tomoni bo‘lmish kunchiqar tarafga Muso, Horun va uning o‘g‘illari chodirlarini tikishdi. Ular muqaddas maskanga g‘amxo‘rlik qilishga mas’ul bo‘lib, Isroil xalqi oldidagi vazifalarini ado etishardi. Muqaddas maskanga vakolati bo‘lmagan kishi* yaqinlashsa, o‘ldirilishi kerak edi+. 39  Muso bilan Horun Yahova buyurganiday, levilarni oilalari bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazishdi. Bir oylik va undan yuqori yoshdagi barcha erkak zotining soni 22 000 kishini tashkil etdi. 40  So‘ng Yahova Musoga dedi: «Isroil o‘g‘illarining bir oylik va undan yuqori yoshdagi barcha erkak zotini ro‘yxatdan o‘tkazib+, sanab chiq va ismlarini qayd et. 41  Menga Isroil o‘g‘illarining to‘ng‘ichlari o‘rniga levilarni+, shuningdek Isroil o‘g‘illariga tegishli mollarning birinchi bolasi o‘rniga levilar mollarining birinchi bolasini ber+. Men Yahovaman». 42  Muso Yahova buyurganiday, Isroil o‘g‘illarining barcha to‘ng‘ichlarini ro‘yxatdan o‘tkazdi. 43  Bir oylik va undan yuqori yoshdagi ro‘yxatdan o‘tkazilgan barcha erkak zotining soni 22 273 kishini tashkil etdi. 44  Yahova Musoga yana shunday dedi: 45  «Isroil o‘g‘illarining to‘ng‘ichlari o‘rniga levilarni, shuningdek Isroil o‘g‘illariga tegishli mollarning birinchi bolasi o‘rniga levilar mollarining birinchi bolasini ber. Levilar Menga tegishli bo‘ladi. Men Yahovaman. 46  Isroil o‘g‘illarining levilar sonidan oshgan 273 nafar to‘ng‘ichi+ uchun to‘lov haqi sifatida+, 47  odam boshiga besh shekeldan+, muqaddas joyda asos qilib olingan shekel* bilan hisoblab ol. Bir shekel 20 geraga* teng+. 48  Bu pullarni levilar sonidan oshganlarning to‘lov haqi sifatida Horun bilan uning o‘g‘illariga ber». 49  Shunday qilib, Muso levilar sonidan oshganlar uchun to‘lov haqi sifatida berilgan pullarni oldi. 50  U, Isroil o‘g‘illarining to‘ng‘ichlaridan pullarni, muqaddas joyda asos qilib olingan shekel bo‘yicha, 1 365 shekel oldi. 51  So‘ng Muso Yahova buyurganiday, to‘lov haqi sifatida berilgan pullarni Yahovaning so‘ziga muvofiq, Horun bilan uning o‘g‘illariga berdi.

Izohlar

Ibr. netunim, «netinimlar» so‘ziga aloqador.
So‘zma-so‘z «begona», ya’ni Horunning xonadoniga tegishli bo‘lmagan kishi.
So‘zma-so‘z «ota xonadonining», ya’ni ota tomondagi oila nazarda tutilgan.
So‘zma-so‘z «begona», ya’ni levi emas.
Bir shekel=11,4 g. Ilovaning B14 mavzusiga q.
Bir gera=0,57 g. Ilovaning B14 mavzusiga q.