Sahroda 30:1-16

  • Erkak kishi ichgan qasam (1, 2)

  • Ayol va qizlar ichgan qasam (3-16)

30  Muso Isroil o‘g‘illarining qabila boshlariga+ qarata dedi: «Yahova shularni buyurdi:  agar biror kishi Yahovaga so‘z bersa+ yoki biron narsadan o‘zini tiyishga qasam ichsa+, u aytgan so‘zida turib+, ichgan qasamini bajarsin+.  Bordi-yu, otasining uyida yashayotgan yosh qiz Yahovaga so‘z bersa yoki biron narsadan o‘zini tiyishga va’da bersa  va otasi uning so‘z berganini eshitsa-yu, ammo e’tiroz bildirmasa, qiz bergan hamma va’dalarini ado etsin.  Biroq otasi qizining va’dasini yoki biron narsadan o‘zini tiyishga so‘z berganini eshitib, va’dasini ado etishiga to‘sqinlik qilsa, unda qiz ularni bajarmay qo‘yaversin. Otasi ruxsat bermagani uchun Yahova uni kechiradi+.  Agar so‘z bergan yoki o‘ylamasdan va’da berib qo‘ygan qiz turmushga chiqsa  va bu haqda eshitgan kuni eri hech qanday e’tiroz bildirmasa, u bergan barcha va’dalarini ado etsin.  Ammo eri bu haqda eshitgan kuni ularni bajarishga ruxsat bermay, uning bergan so‘zini yoki o‘ylamasdan bergan va’dasini bekor qilsa, bu ayol ularni bajarmay qo‘yaversin+. Yahova uni kechiradi.  Mabodo beva qolgan yoki ajrashgan ayol so‘z bersa, u bergan va’dasini ado etsin. 10  Bordi-yu, ayol erining uyida yashab yurganida va’da bersa yoki o‘zini biron narsadan tiyishga so‘z bersa 11  va eri buni eshitsa-yu, e’tiroz qilmasa yoki norozilik bildirmasa, ayol barcha va’dalarini yoki o‘zini biron narsadan tiyish haqidagi bergan so‘zini ado etsin. 12  Ammo eri bu haqda eshitgan kuni, uning bergan va’dasini yoki o‘zini biron narsadan tiyishga so‘z berib ichgan qasamini butunlayin bekor qilsa, ularni bajarmay qo‘yaversin+. Eri ularni bekor qilgani bois, Yahova ayolni kechiradi. 13  Eri xotinining har qanday bergan va’dasini yoki o‘zini biron narsadan tiyishga bergan so‘zini tasdiqlashga ham, bekor qilishga ham haqli. 14  Biroq eri bir qancha kun o‘tgandan keyin ham hech qanday e’tiroz bildirmasa, xotini bergan barcha va’dalarini yoki o‘zini biron narsadan tiyishga bergan so‘zini tasdiqlagan bo‘ladi va ayol ularni bajarishi kerak. Eri bu haqda eshitgan kuni e’tiroz bildirmagani uchun, u xotinining hamma va’dalarini tasdiqlagan bo‘ladi. 15  Bordi-yu, eri ularni keyinroq, bu haqda eshitganidan bir muncha vaqt o‘tgach bekor qilsa, xotinining aybi oqibatlari uchun erining o‘zi javobgar bo‘ladi+. 16  Bular, er bilan xotinga, otasining uyida yashayotgan yosh qiz bilan otasiga tegishli Yahovaning Musoga bergan qoidalaridir».

Izohlar