Sahroda 33:1-56

  • Isroil sahroda to‘xtagan joylar (1-49)

  • Kan’onni zabt etishga oid ko‘rsatmalar (50-56)

33  Muso va Horunning+ boshchiligida guruhlarga* bo‘lingan holda+ Misr yurtidan chiqqan+ Isroil xalqi safar davomida bir yerdan boshqa yerga ko‘chib yurdi.  Yahovaning buyrug‘i bilan Muso ularning ko‘chib yurgan joylarini yozib bordi. Ular bir yerdan boshqa yerga ko‘chib o‘tgan joylar quyidagichadir+:  ular birinchi oyning+ 15- kunida Ramzesdan+ yo‘lga chiqdilar. Fisih bayramidan+ keyingi kuniyoq Isroil o‘g‘illari dadillik bilan misrliklarning ko‘z o‘ngida chiqib ketishdi.  Bu payt misrliklar Yahova nobud qilgan to‘ng‘ichlarini dafn etayotgan edilar+. Shu tariqa, Yahova ularning xudolari ustidan O‘z hukmlarini amalga oshirgan edi+.  Isroil o‘g‘illari Ramzesdan yo‘lga chiqib, Suxo‘tda qarorgoh qurishdi+.  So‘ng ular Suxo‘tdan yo‘lga chiqishdi va sahro chekkasidagi Etxamda qarorgoh qurishdi+.  Etxamdan yo‘lga chiqib, Baal-Zafo‘n qarshisidagi Piy-Xaxiro‘t+ tomon burilishdi va Migdol yaqinida qarorgoh qurishdi+.  Keyin Piy-Xaxiro‘tdan yo‘lga chiqib, dengizning o‘rtasidan o‘tishdi-da+ sahro tomonga yo‘l olishdi+. Etxam sahrosida+ uch kun yo‘l yurgach, Maroga borib qarorgoh qurishdi+.  Maroni tark etib, Ilimga yetib kelishdi. Ilimda 12 ta buloq va 70 ta palma daraxti bor edi. Ular o‘sha yerda qarorgoh qurishdi+. 10  So‘ng Ilimdan yo‘lga chiqishdi va Qizil dengiz bo‘yida qarorgoh qurishdi. 11  Qizil dengizdan yo‘lga chiqib, Sin sahrosida qarorgoh qurishdi+. 12  Keyin Sin sahrosidan yo‘lga chiqib, Dofkaxda qarorgoh qurishdi. 13  Vaqt o‘tib Dofkaxni tark etib, Elishda qarorgoh qurishdi. 14  So‘ng ular Elishdan yo‘lga chiqib, Rafidimda qarorgoh qurishdi+. U yerda xalq ichishi uchun suv yo‘q edi. 15  Keyin Rafidimdan ketib, Sinay sahrosida qarorgoh qurishdi+. 16  Sinay sahrosidan yo‘lga chiqib, Xivrut-Xattavoda+ qarorgoh qurishdi. 17  So‘ng Xivrut-Xattavodan yo‘lga chiqishdi va Xazero‘tda qarorgoh qurishdi+. 18  Xazero‘tdan ham yo‘lga chiqib, Ritmada qarorgoh qurishdi. 19  Keyin Ritmani tark etib, Rimmon-Parazda qarorgoh qurishdi. 20  So‘ng Rimmon-Parazni tark etib, Libnada qarorgoh qurishdi. 21  Libnadan yo‘lga chiqishdi va Rissada qarorgoh qurishdi. 22  Keyin Rissadan yo‘lga chiqib, Kaxeletaxda qarorgoh qurishdi. 23  So‘ng Kaxeletaxdan yo‘lga chiqib, Shafer tog‘i yonida qarorgoh qurishdi. 24  Shundan keyin Shafer tog‘i yonidan ketib, Xaradaxda qarorgoh qurishdi. 25  So‘ng Xaradaxdan yo‘lga chiqib, Makxilo‘tda qarorgoh qurishdi. 26  Keyin Makxilo‘tdan yo‘lga chiqib+, Taxatda qarorgoh qurishdi. 27  Taxatni ham tark etib, Terahda qarorgoh qurishdi. 28  Terahdan yo‘lga chiqib, Mitkada qarorgoh qurishdi. 29  Vaqt o‘tgach ular Mitkadan yo‘lga chiqishdi va Xashmonaxda qarorgoh qurishdi. 30  So‘ng Xashmonaxni tark etib, Mosaro‘tda qarorgoh qurishdi. 31  Mosaro‘tni ham tark etib, Baniyaqonda+ qarorgoh qurishdi. 32  Keyin Baniyaqondan yo‘lga chiqib, Xor-Xagigadda qarorgoh qurishdi. 33  So‘ng Xor-Xagigaddan yo‘lga chiqib, Yotbotoda+ qarorgoh qurishdi. 34  Vaqt o‘tgach ular Yotbotodan yo‘lga chiqib, Avro‘nda qarorgoh qurishdi. 35  Keyin Avro‘ndan yo‘lga chiqib, Ezyo‘n-Geberda+ qarorgoh qurishdi. 36  Shundan keyin ular Ezyo‘n-Geberdan yo‘lga chiqishdi va Zin sahrosida+, ya’ni Kadeshda qarorgoh qurishdi. 37  Vaqt o‘tgach ular Kadeshni tark etishdi va Xo‘r tog‘i+ yaqinida, Edom yurtining chegarasida qarorgoh qurishdi. 38  Ruhoniy Horun Yahovaning buyrug‘iga binoan Xo‘r tog‘iga chiqdi va Isroil o‘g‘illari Misrdan chiqishganining 40- yili, beshinchi oyning birinchi kunida o‘sha yerda vafot etdi+. 39  Horun Xo‘r tog‘ida vafot etganda 123 yoshda edi. 40  Kan’on yurtidagi Nagavda yashaydigan kan’onlik Arod shohi+ Isroil o‘g‘illarining kelganini eshitdi. 41  O‘shanda ular Xo‘r tog‘ini tark etib+, Zalmo‘noda qarorgoh qurishgan edi. 42  Shundan keyin ular Zalmo‘noni tark etib, Punonda qarorgoh qurishdi. 43  Punonni ham tark etib, Obo‘tda qarorgoh qurishdi+. 44  So‘ng Obo‘tni tark etib, Ivay-Aborimda, Mo‘ab+ chegarasida qarorgoh qurishdi. 45  Vaqt o‘tgach ular Iyimni* tark etib, Dibon-Gadda+ qarorgoh qurishdi. 46  Keyin Dibon-Gaddan yo‘lga chiqib, Elmon-Diblatayimda qarorgoh qurishdi. 47  So‘ng Elmon-Diblatayimdan yo‘lga chiqib, Navoning+ qarshisidagi Aborim tog‘larida+ qarorgoh qurishdi. 48  Nihoyat, ular Aborim tog‘larini tark etishdi va Mo‘ab dashtlariga, Iordan bo‘yiga, ya’ni Yerixoning yaqiniga kelib qarorgoh qurishdi+. 49  Ular Iordan bo‘yida, ya’ni Mo‘ab dashtlarida, Bayt-Yashimo‘tdan to Ovil-Shitimgacha qarorgoh qurishdi+. 50  Yahova Mo‘ab dashtlarida, Iordan bo‘yida, ya’ni Yerixo yaqinida Musoga shunday deb aytdi: 51  «Isroil o‘g‘illariga mana bu gaplarimni yetkaz: “Sizlar Kan’on yurtiga, Iordanning naryog‘iga o‘tyapsizlar+. 52  O‘sha yurtning butun aholisini oldingizdan haydab chiqaringlar va hamma o‘yma toshlariniyu quyma butlarini*+ yo‘q qilib+, barcha muqaddas tepaliklarini buzib tashlanglar+. 53  Sizlar o‘sha yurtni mulk qilib olib, unda yashaysizlar. Chunki Men yurtni sizlarga mulk qilib beraman+. 54  Yurtni qur’a tashlab+ oilalaringiz orasida taqsimlanglar. Kattaroq oilaga ko‘proq, kichikrog‘iga esa kamroq yer berilsin+. Kimning qur’asi qayerga tushsa, o‘sha yer uning mulkiga aylanadi. Otalaringizning qabilasiga ko‘ra mulkni meros qilib olasizlar+. 55  Bordi-yu, o‘sha yurtning aholisini oldingizdan haydab chiqarmasangizlar+, ular ko‘zlaringizga kirgan zirapchaday, biqiningizga suqilgan tikanlarday bo‘lib, yashaydigan yurtingizda sizlarga tinchlik bermaydilar+. 56  Shunda ularga yubormoqchi bo‘lgan jazoni sizlarga yuboraman”+».

Izohlar

So‘zma-so‘z «qo‘shinlarga».
Ivay-Aborimning qisqa shakli bo‘lishi mumkin.
Yoki «metall haykallarini».