Sahroda 34:1-29

  • Kan’on chegaralari (1-15)

  • Yurtni taqsimlashga tayinlangan kishilar (16-29)

34  Yahova Musoga yana shunday deb aytdi:  «Isroil o‘g‘illariga mana bu yo‘l-yo‘riqlarni yetkaz: “Sizlar Kan’on yurtiga+ kirganingizda, sizlarga meros bo‘lib o‘tadigan ushbu Kan’on yurti va uning chegaralari quyidagilardan iborat bo‘ladi+:  Janubiy chegarangiz Edom yonidagi Zin sahrosi bo‘ylab cho‘ziladi. Sharqda esa janubiy chegarangiz Tuz dengizining* qirg‘og‘idan boshlanadi+.  Chegarangiz Akrabim qiyaligining+ janubidan qayrilib, Zingacha davom etadi va Kadesh-Barnaning janubiga yetib to‘xtaydi+. So‘ng Xazor-Addar tomongacha+, undan keyin Ozmongacha cho‘ziladi.  Ozmondan chegarangiz Misr vodiysi* tomonga yo‘nalishini o‘zgartirib, Buyuk dengizga* borib taqaladi+.  G‘arbiy chegarangiz Buyuk dengiz va uning qirg‘og‘i bo‘ladi. Bu, g‘arbiy chegarangiz bo‘ladi+.  Shimoliy chegarangiz esa quyidagicha bo‘ladi: Buyuk dengizdan Xo‘r tog‘igacha* chegarangizni belgilab chiqinglar.  Chegarangizni Xo‘r tog‘idan Levo-Xomatgacha*+ belgilab chiqinglar va chegara Zadodga yetib to‘xtasin+.  Keyin Zifro‘ngacha cho‘zilib, Xazor-Enanga yetib to‘xtasin+. Bu, shimoliy chegarangiz bo‘ladi. 10  Sharq tomonda chegarangizni Xazor-Enandan Shafomgacha belgilab chiqinglar. 11  Chegara Shafomdan Oyinning sharqidagi Rivlogacha cho‘zilib, Keneret dengizining*+ sharqidagi qiyaliklargacha yetib boradi. 12  Keyin Iordangacha cho‘zilib, Tuz dengiziga borib to‘xtaydi+. Shu chegaralargacha cho‘zilgan yer sizlarning yurtingiz bo‘ladi”+». 13  Muso bu yo‘l-yo‘riqlarni Isroil o‘g‘illariga yetkazdi: «Yahova to‘qqizta va bitta qabilaning yarmiga* berishni buyurgan va sizlar qur’a tashlab+, mulk sifatida bo‘lishib oladigan yer mana shudir. 14  Chunki Ruben qabilasi xonadoni bo‘yicha, Gad qabilasi xonadoni bo‘yicha va Manashe qabilasining yarmi o‘z merosini olib bo‘ldi+. 15  Shu ikkita qabila va bitta qabilaning yarmi kunchiqar tomondan, Yerixo qarshisidagi Iordan hududining sharq tarafidan o‘z merosini oldi»+. 16  Yahova Musoga yana bunday deb aytdi: 17  «Sizlarga yerni mulk sifatida ruhoniy Elazar+ bilan Nun o‘g‘li Yoshua+ bo‘lib beradi. 18  Yerni meros sifatida taqsimlashga yordam berish uchun, har bir qabiladan bittadan yo‘lboshchi tayinlanglar+. 19  Bu kishilarning ismlari quyidagicha: Yahudo qabilasidan+ Yafunax o‘g‘li Xolib+; 20  Shimo‘n qabilasidan+ Omihud o‘g‘li Shemuil; 21  Benyamin qabilasidan+ Xislon o‘g‘li Elidod; 22  Dan qabilasidan+ yo‘lboshchi Yaxli o‘g‘li Bukki; 23  Yusufning o‘g‘li+ Manashe qabilasidan+ yo‘lboshchi Efo‘d o‘g‘li Xanniel; 24  Efrayim qabilasidan+ yo‘lboshchi Shifton o‘g‘li Kamuvol; 25  Zabulun qabilasidan+ yo‘lboshchi Parno‘x o‘g‘li Elizofon; 26  Issaxor qabilasidan+ yo‘lboshchi Ozzon o‘g‘li Paltiyol; 27  Osher qabilasidan+ yo‘lboshchi Shalumi o‘g‘li Oxixud; 28  Naftali qabilasidan+ yo‘lboshchi Omihud o‘g‘li Padahiyol». 29  Yahova Kan’on yurtini Isroil o‘g‘illariga bo‘lib berishni shu kishilarga buyurdi+.

Izohlar

Ya’ni O‘lik dengiz.
Ya’ni O‘rta dengiz.
Qayerda joylashgani noma’lum; Livan tog‘ tizmasining cho‘qqisi bo‘lishi mumkin.
Yoki «Xomatning ostonasigacha».
Aslida bu ko‘l. Muqaddas Kitobda Genisaret ko‘li, Jalila va Tiveriya dengizi deb nomlanadi.
Manashe qabilasining yarmi.