Sahroda 4:1-49

  • Qohot o‘g‘illarining xizmati (1-20)

  • Gershon o‘g‘illarining xizmati (21-28)

  • Marori o‘g‘illarining xizmati (29-33)

  • Ro‘yxatdan o‘tganlarning umumiy soni (34-49)

4  Yahova Muso bilan Horunga bunday dedi:  «Levi o‘g‘illari orasidan Qohot o‘g‘illarini+ oilalari va xonadonlari bo‘yicha sanab chiqinglar.  Uchrashuv chodiridagi ishlarni bajarishga tayinlangan guruh tarkibiga kirgan 30 dan+ 50 yoshgacha+ bo‘lgan barcha erkaklarni sanab chiqinglar+.  Qohot o‘g‘illarining uchrashuv chodirida ado etadigan xizmatlari+ g‘oyat muqaddasdir. Ularning xizmati shundan iborat:  Isroil xalqi yo‘lga otlanayotganda, Horun bilan uning o‘g‘illari kelib, shohidlik sandig‘ini to‘sib turgan pardani+ yechishsin-da, u bilan Shohidlik sandig‘ining ustini yopishsin+.  Uning ustidan tyulen terisidan qilingan qoplamani, uning tepasidan esa yaxlit ko‘k matoni yopib, ahd sandig‘ini ko‘tarish uchun xodalarini+ o‘z joyiga kirgizishsin.  Ular shuningdek, tortiq etilgan nonlar qo‘yiladigan stolga ko‘k matoni to‘shab+, ustiga laganlar, piyolalar, kosalar va ichimlik nazri quyiladigan ko‘zalarni qo‘yishsin+. Muntazam keltiriladigan nonlar+ esa stolning ustida doim tursin.  Ularning ustidan qirmizi matoni, uning tepasidan esa tyulen terisidan qilingan qoplamani to‘shab, stolning xodalarini+ o‘z joyiga kirgizishsin.  Keyin ular ko‘k matoni olib, chiroqpoya+, uning moychiroqlari+, qisqichlar*, olovkuraklar*+ va moychiroqlarga quyiladigan moy turadigan idishlarning ustini yopishsin. 10  Ular chiroqpoya va unga tegishli barcha anjomlarni tyulen terisidan qilingan qoplama bilan o‘rab, zambilga solishsin. 11  Ko‘k matoni oltin qurbongohning+ ustiga to‘shab, ustidan tyulen terisidan qilingan qoplamani yopishsin va qurbongohning xodalarini+ o‘z joyiga kirgizishsin. 12  So‘ng ular muqaddas joydagi xizmatda muntazam ishlatiladigan barcha anjomlarni+ olishsin-da, ko‘k matoga o‘rab, ustidan tyulen terisidan qilingan qoplamani yopishsin va zambilga solishsin. 13  Ular qurbongohning kulini* chiqarib+, qurbongohning ustiga to‘q qizilga bo‘yalgan matoni to‘shashsin. 14  Uning ustiga qurbongohda ishlatiladigan barcha anjomlarni+: olovkuraklar, panshaxalar, kuraklar va kosalarni qo‘yib, ustidan tyulen terisidan qilingan qoplamani yopishsin va qurbongohning xodalarini+ o‘z joyiga kirgizishsin. 15  Xalq yo‘lga otlanganda, Horun bilan uning o‘g‘illari muqaddas joydagi+ narsalarni va unga tegishli barcha anjomlarni yopib bo‘lishlari kerak. So‘ng ularni ko‘tarish uchun Qohotning o‘g‘illari kelishsin+, ammo ular muqaddas joydagi narsalarga tegishmasin, aks holda nobud bo‘lishadi+. Qohot o‘g‘illari uchrashuv chodiriga tegishli bu narsalarni ko‘tarishga mas’uldirlar. 16  Ruhoniy Horunning o‘g‘li Elazar+ chiroqpoya uchun moy+, xushbo‘y tutatqi+, kundalik don nazri va muqaddas moyga*+ mas’ul bo‘lsin. Butun muqaddas chodir, undagi barcha narsalar, jumladan, muqaddas joy va uning hamma anjomlari uning nazorati ostida bo‘lsin». 17  Yahova Muso bilan Horunga gapirishda davom etib dedi: 18  «Qohot o‘g‘illarining oilalari+ levilar orasidan yo‘q bo‘lib ketishiga yo‘l qo‘ymanglar. 19  Ular omon qolishlari va g‘oyat muqaddas narsalarga+ yaqinlashib nobud bo‘lmasliklari uchun, bunday qilinglar: Horun bilan uning o‘g‘illari borib, ularning har biriga vazifa berishsin va nimalarni ko‘tarish kerakligini ko‘rsatishsin. 20  Ular muqaddas narsalarga bir lahza bo‘lsa ham nazar tashlash uchun ichkariga kirmasliklari lozim, aks holda o‘lishadi»+. 21  Keyin Yahova Musoga dedi: 22  «Gershon o‘g‘illarini oilalari+ va xonadonlari bo‘yicha sanab chiq. 23  Uchrashuv chodirida xizmat qilishga tayinlangan guruh tarkibiga kirgan 30 dan 50 yoshgacha bo‘lgan barcha erkaklarni ro‘yxatdan o‘tkaz. 24  Gershon o‘g‘illari oilalarining vazifalari va ko‘tarishlari kerak bo‘lgan narsalar quyidagilardan iborat+: 25  ular muqaddas chodirning matosini+, uchrashuv chodirini, uning qoplamasini va ustidan to‘shaladigan tyulen terisidan qilingan qoplamani+, uchrashuv chodirining kiraverishidagi pardani+, 26  hovlining pardalarini+, muqaddas chodir va qurbongoh atrofidagi hovliga kiraverishdagi pardani+, chodir arqonlarini, uning barcha anjomlarini va undagi xizmatda ishlatiladigan narsalarni ko‘tarishlari kerak. Bu ularning vazifasidir. 27  Gershon o‘g‘illarining+ butun xizmati va ular ko‘tarishi kerak bo‘lgan narsalar Horun va uning o‘g‘illari nazorati ostida bo‘lsin. Ko‘tarishlari kerak bo‘lgan narsalarni o‘zlaringiz tayinlanglar. 28  Gershon o‘g‘illari oilalarining uchrashuv chodiriga tegishli xizmati shulardan iborat+. Ular o‘z vazifalarini ruhoniy Horun o‘g‘li Itamarning+ boshqaruvi ostida bajarishsin. 29  Marori o‘g‘illarini+ oilasi va xonadoni bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkaz. 30  Uchrashuv chodirida xizmat qilishga tayinlangan guruh tarkibiga kirgan 30 dan 50 yoshgacha bo‘lgan barcha erkaklarni ro‘yxatdan o‘tkaz. 31  Ular uchrashuv chodiridagi xizmatlariga taalluqli quyidagi narsalarni ko‘tarishlari kerak+: muqaddas chodirning romlari+, xodalari+, ustunlari+, o‘yig‘i bor tagliklari+, 32  hovli atrofidagi ustunlar+, ularning o‘yig‘i bor tagliklari+, qoziqlari+, arqonlari va ularga tegishli barcha narsalar, shuningdek, bu xizmatga taalluqli hamma jihozlar. Ularning har biri qaysi narsani ko‘tarishini o‘zlaringiz tayinlanglar. 33  Marori o‘g‘illarining oilalari+ uchrashuv chodirida, Horun o‘g‘li Itamarning boshqaruvi ostida shu xizmatni ado etishsin»+. 34  Muso, Horun va jamoa yo‘lboshchilari+ Qohot o‘g‘illarini+ oilalari hamda xonadoni bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazishdi. 35  Uchrashuv chodirida xizmat qilishga tayinlangan guruh tarkibiga kirgan 30 dan 50 yoshgacha bo‘lgan barcha erkaklarni sanab chiqishdi+. 36  Oilalari bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilganlar jami bo‘lib 2 750 kishini tashkil etdi+. 37  Bular — Qohot o‘g‘illarining oilalari qatoridan ro‘yxatdan o‘tganlar, uchrashuv chodirida xizmat qilgan kishilar. Muso bilan Horun Yahova Musoga buyurganiday ularni ro‘yxatdan o‘tkazishdi+. 38  Gershon o‘g‘illari+ oilalari va xonadoni bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazildi. 39  Uchrashuv chodirida xizmat qilishga tayinlangan guruh tarkibiga kirgan 30 dan 50 yoshgacha bo‘lgan barcha erkaklar — 40  oilalari va xonadoni bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilganlar jami bo‘lib 2 630 kishini tashkil etdi+. 41  Bular — Gershon o‘g‘illari oilalari qatoridan ro‘yxatdan o‘tganlar, uchrashuv chodirida xizmat qilgan kishilar. Muso bilan Horun Yahova buyurganiday ularni ro‘yxatdan o‘tkazishdi+. 42  Marori o‘g‘illari oilalari va xonadoni bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazildi. 43  Uchrashuv chodirida xizmat qilishga tayinlangan guruh tarkibiga kirgan 30 dan 50 yoshgacha bo‘lgan barcha erkaklar+ 44  oilalari bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilganlar jami bo‘lib 3 200 kishini tashkil etdi+. 45  Bular — Marori o‘g‘illarining oilalari qatoridan ro‘yxatdan o‘tganlar. Muso bilan Horun Yahova Musoga buyurganiday ularni ro‘yxatdan o‘tkazishdi+. 46  Muso, Horun va Isroil yo‘lboshchilari levilarni oilalari hamda xonadonlari bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazishdi. 47  Ushbu 30 dan 50 yoshgacha bo‘lgan kishilar, uchrashuv chodiriga tegishli narsalarni ko‘tarishga va unda xizmat qilishga tayinlanishdi+. 48  Ro‘yxatdan o‘tganlar jami bo‘lib 8 580 kishini tashkil etdi+. 49  Ular Yahovaning Muso orqali bergan amriga muvofiq, bajargan xizmati va ko‘targan yuki bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazildi. Ular Yahova Musoga buyurganday, ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Izohlar

Yoki «yog‘li kulini». Ya’ni qurbon qilingan jonliqlarning yog‘ini shimib olgan kul.
Lug‘atdagi «moylamoq» so‘ziga q.