Sahroda 6:1-27

  • O‘zini Yahovaga nazr qilgan kishining onti (1-21)

  • Ruhoniylarning duosi (22-27)

6  Yahova Musoga yana shunday deb aytdi:  «Isroil o‘g‘illariga murojaat qilib quyidagilarni ayt: “Agar erkak yoki ayol o‘zini Yahovaga nazr* qilish+ haqida o‘zgacha ont ichsa,  u sharob va boshqa ichkilikdan o‘zini saqlasin. U uzum sirkasini ham, boshqa ichkilikning sirkasini ham ichmasin+. U uzumdan tayyorlangan ichimlikni, uzumni va mayizni iste’mol qilmasin.  Nazr qilingan kunlari davomida u tok novdasidan, pishmagan uzum donasining po‘stlog‘idan tayyorlangan hech qanday narsani yemasin.  Ont ichib nazr qilingan kunlari mobaynida boshiga ustara tegmasin+. O‘zini Yahova uchun ajratgan kunlari nihoyasiga yetmaguncha, u boshidagi sochini o‘stirib, muqaddaslikni saqlasin.  Yahova uchun tanlangan kunlari davomida, u odam* murdasiga yaqinlashmasin.  Hatto otasi yoki onasi, aka-uka-yu opa-singillari qazo qilsa ham, u o‘zini bulg‘amasin+, chunki uning boshida Tangriga nazr qilinganlik belgisi bor.  Nazr qilingan kunlari mobaynida, u Yahova uchun muqaddas sanaladi.  Bordi-yu, birov nogahon uning oldida vafot etsa+ va u Alloh uchun ajratilganlik belgisi bo‘lmish sochini bulg‘asa, pokligi tasdiqlangan kuni sochini qirdirsin+. U yettinchi kuni sochini qirdirsin. 10  Sakkizinchi kun u ikkita g‘urrakni yoki ikkita kaptar palaponini uchrashuv chodirining kiraverishiga olib kelib, ruhoniyga bersin. 11  Ruhoniy qushlardan birini gunoh qurbonligi, boshqasini kuydiriladigan qurbonlik qilib tayyorlasin va murdaga tegib aybdor bo‘lgani uchun uning gunohini yuvsin+. O‘sha kuni u o‘zini* muqaddas qilsin. 12  U qaytadan o‘zini Yahova uchun ajratib, nazr qilsin. U bir yashar yosh qo‘chqorni ayb qurbonligi qilib keltirsin. Lekin bundan oldingi kunlari hisobga o‘tmaydi, chunki u nazrini bulg‘agan edi. 13  Nazr qilinganlik haqidagi qonun quyidagichadir: nazr qilinganlik kunlari yakuniga yetganida+, u uchrashuv chodirining kiraverishiga olib kelinsin. 14  Bu yerda u kishi Yahovaga mana bu nazrlarni taqdim etsin: kuydiriladigan qurbonlik+ uchun nuqsonsiz bir yashar qo‘chqorni, gunoh qurbonligi+ uchun nuqsonsiz bir yashar urg‘ochi qo‘zini, tinchlik qurbonligi+ uchun nuqsonsiz qo‘chqorni, 15  shuningdek oliy navli undan tayyorlanib, moy qo‘shilgan halqa shaklidagi xamirturushsiz nonlar va ustiga moy surtilgan lochiralar solingan savatni hamda don nazri+ va ichimlik nazrlarini+ olib kelsin. 16  Ruhoniy bu narsalarni Yahovaning oldiga qo‘yadi va o‘sha odamning gunoh qurbonligini va kuydiriladigan qurbonligini keltiradi. 17  U Yahovaga atab tinchlik qurbonligi sifatida qo‘chqorni, bir savat xamirturushsiz nonni va qo‘chqorga qo‘shib don nazri+ va ichimlik nazrini olib kelsin. 18  Nazr qilingan kishi uchrashuv chodirining kiraverishida boshidagi sochini qirdirsin+. Nazr qilingan kunlari o‘stirgan sochlarini olib, tinchlik qurbonligining ostida yonayotgan olov ustiga qo‘ysin. 19  Nazr qilinganining ramzi bo‘lmish sochini qirdirgach, ruhoniy qo‘chqorning qaynatilgan yelkasini+, savat ichidan halqa shaklidagi xamirturushsiz bitta non bilan bitta lochirani olib, nazr qilingan kishining qo‘llariga qo‘ysin. 20  Ruhoniy ularni Yahovaning oldida silkitiladigan nazr sifatida silkitsin+. Bu narsalar, silkitiladigan nazr qilib keltirilgan to‘sh va muqaddas ulush sifatida berilgan son bilan birga ruhoniyga ulush qilib berilsin+. Shundan keyin nazr qilingan kishi sharob ichishi mumkin. 21  Ont ichib o‘zini nazr qilgan kishiga+ tegishli qonun quyidagichadir: agar u qasam ichsa va nazr qilingan kishidan talab qilinadigan qurbonlikka qo‘shimcha ravishda Yahovaga nazr keltirishga qurbi yetsa, u nazr qilinganiga tegishli qonun haqqi-hurmati qasamini bajarsin”». 22  So‘ng Yahova Musoga shunday dedi: 23  «Horunga va uning o‘g‘illariga mana bu gapimni yetkaz: “Isroil xalqini quyidagicha duo qilinglar+. Ularga shunday deb aytinglar: 24  Ilohim Yahova sizlarga baraka ato etib+, sizlarni asrasin. 25  Iloyim Yahova ustingizga O‘z* nurini sochib+, sizlarga iltifot ko‘rsatsin. 26  Iloyo Yahova sizlarga mehr bilan boqib*, tinchlik ato etsin”+. 27  Isroil xalqini duo qilganda, ular Mening ismimni tilga olishsin+, shunda Men Isroil xalqiga baraka beraman»+.

Izohlar

Ma’nosi «tanlangan; bag‘ishlangan; ajratilgan».
Yoki «jon». Lug‘atga q.
So‘zma-so‘z «boshini», ehtimol, sochini qayta o‘stirish orqali.
Yoki «yuzining».
So‘zma-so‘z «yuzini burib».