Sahroda 7:1-89

  • Muqaddas chodirni bag‘ishlaganda keltirilgan nazrlar (1-89)

7  Muso muqaddas chodirni o‘rnatish ishlarini nihoyasiga yetkazgan kuni+, uni barcha jihozlari, qurbongohi va barcha anjomlari bilan birga moylab, muqaddas qildi+. Bularning barini moylab muqaddas qilganida+,  Isroil o‘g‘illarining yo‘lboshchilari+ — xonadonlar boshlari hadya keltirishdi. Ro‘yxatga olish ishlariga bosh-qosh bo‘lgan qabila yo‘lboshchilari  Yahovaning oldiga soyabonli oltita arava hamda 12 ta buqa, ya’ni ikkita yo‘lboshchi bittadan arava va har biri bittadan buqa keltirdi. Ular bu hadyalarni muqaddas chodir yoniga olib kelishdi.  Yahova Musoga shunday dedi:  «Bu narsalarni ulardan qabul qil. Ushbu hadyalar uchrashuv chodirida xizmat paytida ishlatiladi va sen ularni levilarga, xizmat paytida qay biriga qancha kerak bo‘lsa, shuncha berasan».  Muso aravalar bilan buqalarni qabul qildi va ularni levilarga berdi.  Gershon o‘g‘illarining bajaradigan xizmatiga yarasha ikkita aravani va to‘rtta buqani ularga berdi+.  Marori o‘g‘illarining bajaradigan xizmatiga yarasha to‘rtta arava va sakkizta buqa berdi. Bularning bari Horun o‘g‘li Itamarning boshqaruvi ostida edi+.  Qohot o‘g‘illariga esa u hech narsa bermadi, chunki ular muqaddas joyda+ foydalaniladigan narsalarni yelkalarida ko‘tarib yurishardi+. 10  Qurbongohga moy surtilgan kuni, uni bag‘ishlash marosimi+ o‘tkazilganda, yo‘lboshchilar o‘z hadyalarini olib kelishdi. Ular o‘z hadyalarini qurbongoh oldiga keltirishganda, 11  Yahova Musoga quyidagilarni aytdi: «Qurbongohni bag‘ishlash marosimiga har kuni bitta yo‘lboshchi o‘z nazrini olib kelsin». 12  Birinchi kuni Yahudo qabilasidan Ominadovning o‘g‘li Naxsho‘n+ o‘z nazrini keltirdi. 13  U og‘irligi 130 shekel* keladigan kumush lagan va muqaddas joyda asos qilib olingan shekel+ bilan o‘lchanganda og‘irligi 70 shekel keladigan kumush kosani nazr qildi. Don nazri uchun ikkalasiga ham moy bilan aralashtirilgan a’lo sifatli un to‘ldirilgan edi+. 14  Tutatqi to‘ldirilgan, og‘irligi 10 shekel keladigan oltin piyola, 15  kuydiriladigan qurbonlik+ uchun yosh buqa, qo‘chqor va bir yashar erkak qo‘zi, 16  gunoh qurbonligi uchun yosh taka+, 17  tinchlik qurbonligi+ uchun ikkita buqa, beshta qo‘chqor, beshta taka, beshta bir yashar erkak qo‘zi keltirdi. Bu Ominadov o‘g‘li Naxsho‘nning+ nazri edi. 18  Ikkinchi kuni Issaxor qabilasining yo‘lboshchisi Zuvorning o‘g‘li Natanil+ nazr keltirdi. 19  U og‘irligi 130 shekel keladigan kumush lagan va muqaddas joyda asos qilib olingan shekel+ bilan o‘lchanganda og‘irligi 70 shekel keladigan kumush kosani nazr qildi. Don nazri+ uchun ikkalasiga ham moy bilan aralashtirilgan a’lo sifatli un to‘ldirilgan edi. 20  Tutatqi to‘ldirilgan, og‘irligi 10 shekel keladigan oltin piyola, 21  kuydiriladigan qurbonlik+ uchun yosh buqa, qo‘chqor va bir yashar erkak qo‘zi, 22  gunoh qurbonligi uchun yosh taka+, 23  tinchlik qurbonligi+ uchun ikkita buqa, beshta qo‘chqor, beshta taka, beshta bir yashar erkak qo‘zi keltirdi. Bu Zuvor o‘g‘li Natanilning nazri edi. 24  Uchinchi kuni Zabulun qabilasining yo‘lboshchisi Xalonning o‘g‘li Eliyob+, 25  og‘irligi 130 shekel keladigan kumush lagan va muqaddas joyda asos qilib olingan shekel+ bilan o‘lchanganda og‘irligi 70 shekel keladigan kumush kosani nazr qildi. Don nazri+ uchun ikkalasiga ham moy bilan aralashtirilgan a’lo sifatli un to‘ldirilgan edi. 26  Tutatqi to‘ldirilgan, og‘irligi 10 shekel keladigan oltin piyola, 27  kuydiriladigan qurbonlik+ uchun yosh buqa, qo‘chqor va bir yashar erkak qo‘zi, 28  gunoh qurbonligi uchun yosh taka+, 29  tinchlik qurbonligi+ uchun ikkita buqa, beshta qo‘chqor, beshta taka, beshta bir yashar erkak qo‘zi keltirdi. Bu, Xalon o‘g‘li Eliyobning+ nazri edi. 30  To‘rtinchi kuni Ruben qabilasining yo‘lboshchisi Shaduvorning o‘g‘li Elizur+, 31  og‘irligi 130 shekel keladigan kumush lagan va muqaddas joyda asos qilib olingan shekel+ bilan o‘lchanganda og‘irligi 70 shekel keladigan kumush kosani nazr qildi. Don nazri+ uchun ikkalasiga ham moy bilan aralashtirilgan a’lo sifatli un to‘ldirilgan edi. 32  Tutatqi to‘ldirilgan, og‘irligi 10 shekel keladigan oltin piyola, 33  kuydiriladigan qurbonlik+ uchun yosh buqa, qo‘chqor va bir yashar erkak qo‘zi, 34  gunoh qurbonligi uchun yosh taka+, 35  tinchlik qurbonligi+ uchun ikkita buqa, beshta qo‘chqor, beshta taka, beshta bir yashar erkak qo‘zi keltirdi. Bu Shaduvor o‘g‘li Elizurning+ nazri edi. 36  Beshinchi kuni Shimo‘n qabilasining yo‘lboshchisi Zurishadayning o‘g‘li Shalumiyol+, 37  og‘irligi 130 shekel keladigan kumush lagan va muqaddas joyda asos qilib olingan shekel+ bilan o‘lchanganda og‘irligi 70 shekel keladigan kumush kosani nazr qildi. Don nazri+ uchun ikkalasiga ham moy bilan aralashtirilgan a’lo sifatli un to‘ldirilgan edi. 38  Tutatqi to‘ldirilgan, og‘irligi 10 shekel keladigan oltin piyola, 39  kuydiriladigan qurbonlik+ uchun yosh buqa, qo‘chqor va bir yashar erkak qo‘zi, 40  gunoh qurbonligi uchun yosh taka+, 41  tinchlik qurbonligi+ uchun ikkita buqa, beshta qo‘chqor, beshta taka, beshta bir yashar erkak qo‘zi keltirdi. Bu Zurishaday o‘g‘li Shalumiyolning+ nazri edi. 42  Oltinchi kuni Gad qabilasining yo‘lboshchisi Duvelning* o‘g‘li Eliasaf+, 43  og‘irligi 130 shekel keladigan kumush lagan va muqaddas joyda asos qilib olingan shekel+ bilan o‘lchanganda og‘irligi 70 shekel keladigan kumush kosani nazr qildi. Don nazri+ uchun ikkalasiga ham moy bilan aralashtirilgan a’lo sifatli un to‘ldirilgan edi. 44  Tutatqi to‘ldirilgan, og‘irligi 10 shekel keladigan oltin piyola, 45  kuydiriladigan qurbonlik+ uchun yosh buqa, qo‘chqor va bir yashar erkak qo‘zi, 46  gunoh qurbonligi uchun yosh taka+, 47  tinchlik qurbonligi+ uchun ikkita buqa, beshta qo‘chqor, beshta taka, beshta bir yashar erkak qo‘zi keltirdi. Bu, Duvel o‘g‘li Eliasafning+ nazri edi. 48  Yettinchi kuni Efrayim qabilasining yo‘lboshchisi Omihudning o‘g‘li Elishama+, 49  og‘irligi 130 shekel keladigan kumush lagan va muqaddas joyda asos qilib olingan shekel+ bilan o‘lchanganda og‘irligi 70 shekel keladigan kumush kosani nazr qildi. Don nazri+ uchun ikkalasiga ham moy bilan aralashtirilgan a’lo sifatli un to‘ldirilgan edi. 50  Tutatqi to‘ldirilgan, og‘irligi 10 shekel keladigan oltin piyola, 51  kuydiriladigan qurbonlik+ uchun yosh buqa, qo‘chqor va bir yashar erkak qo‘zi, 52  gunoh qurbonligi uchun yosh taka+, 53  tinchlik qurbonligi+ uchun ikkita buqa, beshta qo‘chqor, beshta taka, beshta bir yashar erkak qo‘zi keltirdi. Bu, Omihud o‘g‘li Elishamaning+ nazri edi. 54  Sakkizinchi kuni Manashe qabilasining yo‘lboshchisi Padozurning o‘g‘li Gamaliel+, 55  og‘irligi 130 shekel keladigan kumush lagan va muqaddas joyda asos qilib olingan shekel+ bilan o‘lchanganda og‘irligi 70 shekel keladigan kumush kosani nazr qildi. Don nazri+ uchun ikkalasiga ham moy bilan aralashtirilgan a’lo sifatli un to‘ldirilgan edi. 56  Tutatqi to‘ldirilgan, og‘irligi 10 shekel keladigan oltin piyola, 57  kuydiriladigan qurbonlik+ uchun yosh buqa, qo‘chqor va bir yashar erkak qo‘zi, 58  gunoh qurbonligi uchun yosh taka+, 59  tinchlik qurbonligi+ uchun ikkita buqa, beshta qo‘chqor, beshta taka, beshta bir yashar erkak qo‘zi keltirdi. Bu, Padozur o‘g‘li Gamalielning+ nazri edi. 60  To‘qqizinchi kuni Benyamin qabilasining yo‘lboshchisi+ Gido‘naxning o‘g‘li Avidon+, 61  og‘irligi 130 shekel keladigan kumush lagan va muqaddas joyda asos qilib olingan shekel+ bilan o‘lchanganda og‘irligi 70 shekel keladigan kumush kosani nazr qildi. Don nazri+ uchun ikkalasiga ham moy bilan aralashtirilgan a’lo sifatli un to‘ldirilgan edi. 62  Tutatqi to‘ldirilgan, og‘irligi 10 shekel keladigan oltin piyola, 63  kuydiriladigan qurbonlik+ uchun yosh buqa, qo‘chqor va bir yashar erkak qo‘zi, 64  gunoh qurbonligi uchun yosh taka+, 65  tinchlik qurbonligi+ uchun ikkita buqa, beshta qo‘chqor, beshta taka, beshta bir yashar erkak qo‘zi keltirdi. Bu Gido‘nax o‘g‘li Avidonning+ nazri edi. 66  O‘ninchi kuni Dan qabilasining yo‘lboshchisi Omishadayning o‘g‘li Oxazar+, 67  og‘irligi 130 shekel keladigan kumush lagan va muqaddas joyda asos qilib olingan shekel+ bilan o‘lchanganda og‘irligi 70 shekel keladigan kumush kosani nazr qildi. Don nazri+ uchun ikkalasiga ham moy bilan aralashtirilgan a’lo sifatli un to‘ldirilgan edi. 68  Tutatqi to‘ldirilgan, og‘irligi 10 shekel keladigan oltin piyola, 69  kuydiriladigan qurbonlik+ uchun yosh buqa, qo‘chqor va bir yashar erkak qo‘zi, 70  gunoh qurbonligi uchun yosh taka+, 71  tinchlik qurbonligi+ uchun ikkita buqa, beshta qo‘chqor, beshta taka, beshta bir yashar erkak qo‘zi keltirdi. Bu Omishaday o‘g‘li Oxazarning+ nazri edi. 72  O‘n birinchi kuni Osher qabilasining yo‘lboshchisi Oxronning o‘g‘li Paxiyol+, 73  og‘irligi 130 shekel keladigan kumush lagan va muqaddas joyda asos qilib olingan shekel+ bilan o‘lchanganda og‘irligi 70 shekel keladigan kumush kosani nazr qildi. Don nazri+ uchun ikkalasiga ham moy bilan aralashtirilgan a’lo sifatli un to‘ldirilgan edi. 74  Tutatqi to‘ldirilgan, og‘irligi 10 shekel keladigan oltin piyola, 75  kuydiriladigan qurbonlik+ uchun yosh buqa, qo‘chqor va bir yashar erkak qo‘zi, 76  gunoh qurbonligi uchun yosh taka+, 77  tinchlik qurbonligi+ uchun ikkita buqa, beshta qo‘chqor, beshta taka, beshta bir yashar erkak qo‘zi keltirdi. Bu Oxron o‘g‘li Paxiyolning+ nazri edi. 78  O‘n ikkinchi kuni Naftali qabilasining yo‘lboshchisi Enanning o‘g‘li Oxir+, 79  og‘irligi 130 shekel keladigan kumush lagan va muqaddas joyda asos qilib olingan shekel+ bilan o‘lchanganda og‘irligi 70 shekel keladigan kumush kosani nazr qildi. Don nazri+ uchun ikkalasiga ham moy bilan aralashtirilgan a’lo sifatli un to‘ldirilgan edi. 80  Tutatqi to‘ldirilgan, og‘irligi 10 shekel keladigan oltin piyola, 81  kuydiriladigan qurbonlik+ uchun yosh buqa, qo‘chqor va bir yashar erkak qo‘zi, 82  gunoh qurbonligi uchun yosh taka+, 83  tinchlik qurbonligi+ uchun ikkita buqa, beshta qo‘chqor, beshta taka, beshta bir yashar erkak qo‘zi keltirdi. Bu, Enan o‘g‘li Oxirning+ nazri edi. 84  Qurbongohga moy surtilgan kuni, uni bag‘ishlash marosimi+ o‘tkazilganda, Isroil yo‘lboshchilari keltirgan nazrlar quyidagilardir: 12 ta kumush lagan, 12 ta kumush kosa, 12 ta oltin piyola+; 85  har bir kumush laganning og‘irligi 130 shekel, har bir kosaning og‘irligi 70 shekel bo‘lib, muqaddas joyda asos qilib olingan shekel+ bilan o‘lchanganda barcha kumush idishlarning og‘irligi 2 400 shekelni tashkil etdi. 86  Tutatqi to‘ldirilgan, muqaddas joyda asos qilib olingan shekel bilan o‘lchanganda har bittasining og‘irligi 10 shekel keladigan 12 ta oltin piyolaning og‘irligi 120 shekelni tashkil etdi. 87  Kuydiriladigan qurbonlik uchun jami 12 ta buqa, 12 ta qo‘chqor, 12 ta bir yashar erkak qo‘zi va ular bilan birga don nazrlari hamda gunoh qurbonligi uchun 12 ta yosh taka keltirildi. 88  Tinchlik qurbonligi uchun jami 24 ta buqa, 60 ta qo‘chqor, 60 ta taka, 60 ta bir yashar erkak qo‘zi keltirildi. Qurbongohga moy surtilgan kuni+, uni bag‘ishlash marosimi+ o‘tkazilganda shu nazrlar olib kelindi. 89  Muso Xudo bilan gaplashish uchun uchrashuv chodiriga kirganda+, shohidlik sandig‘i qopqog‘ining ustidan+, ikkita karub*+ orasidan kelayotgan ovozni eshitardi. Alloh u bilan gaplashardi.

Izohlar

Bir shekel=11,4 g. Ilovaning B14 mavzusiga q.
Ibroniycha Masoret matnida, Samariya Tavroti qo‘lyozmalarida va lotincha Vulgatada «Duvel», yunoncha Septuagintada va suryoniy Peshittada esa «Ruvel» sifatida uchraydi.