Sahroda 8:1-26

  • Horun 7 ta moychiroqni yoqadi (1-4)

  • Levilar poklanib, xizmatini boshlaydi (5-22)

  • Levilarning yoshiga tegishli talab (23-26)

8  Yahova Musoga shunday deb aytdi:  «Horunga murojaat qilib quyidagilarni ayt: “Moychiroqlarni yoqqaningizda, yettita moychiroq chiroqpoyaning atrofini yoritib tursin”»+.  Horun aytilganiday qildi. U, Yahova Musoga amr etganiday, chiroqpoyaning+ atrofini yoritib turishi uchun moychiroqlarni yoqib qo‘ydi.  Chiroqpoya mana bunday yasalgan edi: unga oltindan bolg‘a bilan shakl berilgan edi. Tanasidan tortib gullarigacha unga bolg‘a bilan shakl berilgandi+. Chiroqpoya Yahova vahiy orqali Musoga ko‘rsatganiday yasalgan edi+.  Tag‘in Yahova Musoga gapirib quyidagilarni aytdi:  «Levilarni Isroil o‘g‘illari orasidan ajratib olib, pokla+.  Ularni mana bunday qilib pokla: ularning ustiga gunohdan tozalaydigan suvni sep. Ular esa butun badanidagi sochlarni ustara bilan qirib, kiyimlarini yuvishsin va o‘zlarini poklashsin+.  Ular yosh buqani+ va don nazri+ uchun moy bilan aralashtirilgan a’lo sifatli unni olishsin. Sen esa gunoh qurbonligi uchun boshqa yosh buqani ol+.  Sen levilarni uchrashuv chodiri oldiga olib kel va Isroil o‘g‘illarining butun jamoasini yig‘+. 10  Levilarni Yahovaning oldiga olib kelganingda, Isroil o‘g‘illari levilarning boshiga qo‘llarini qo‘yishsin+. 11  Horun levilarni Isroil o‘g‘illari nomidan silkitiladigan nazr+ sifatida Yahovaning oldida nazr qilsin* va ular Yahovaga xizmat qilishsin+. 12  Levilar qo‘llarini buqalarning boshiga qo‘yishsin+ va levilarning gunohini yuvish uchun ulardan birini gunoh qurbonligi, boshqasini kuydiriladigan qurbonlik qilib Yahovaga keltirishsin+. 13  Sen levilarni Horun va uning o‘g‘illari oldiga turg‘izib qo‘y va silkitiladigan nazr sifatida ularni Yahovaga nazr qil. 14  Levilarni Isroil o‘g‘illari orasidan ajratib ol va ular Meniki bo‘ladi+. 15  Shundan keyin levilar uchrashuv chodirida xizmatlarini boshlay olishadi. Ularni mana shu tariqa poklab, silkitiladigan nazr sifatida nazr qilishing kerak. 16  Ular Isroil o‘g‘illari orasidan Men uchun ajratib berilgan kishilardir*. Isroil o‘g‘illarining barcha to‘ng‘ichlari evaziga+ Men ularni O‘zimga olaman. 17  Chunki Isroil o‘g‘illarining har bir to‘ng‘ichi — insonniki ham, molniki ham Meniki+. Men Misr yurtidagi har bir to‘ng‘ichni nobud qilgan kuni+, to‘ng‘ichlarni O‘zim uchun muqaddas qildim. 18  Isroil o‘g‘illarining barcha to‘ng‘ichlari evaziga Men levilarni O‘zimga olaman. 19  Men levilarni Isroil o‘g‘illari orasidan ajratib berilganlar sifatida Horunga va uning o‘g‘illariga beraman. Ular Isroil o‘g‘illari o‘rniga uchrashuv chodirida xizmat qilib+, Isroil o‘g‘illarining gunohini yuvishadi. Aks holda, Isroil xalqi muqaddas joyga yaqinlashgani uchun xalqning ustiga falokat keladi»+. 20  Muso, Horun va Isroil o‘g‘illarining butun jamoasi levilar haqida aytilganlarni bajarishdi. Yahova levilar to‘g‘risida Musoga nimaiki aytgan bo‘lsa, Isroil o‘g‘illari hammasini ado etishdi. 21  Shunday qilib levilar o‘zlarini poklab, kiyimlarini yuvishdi+. So‘ng Horun, Yahova oldida silkitiladigan nazr sifatida ularni nazr qildi+. Horun ularni poklash maqsadida gunohlarini yuvdi+. 22  Keyin levilar Horun va uning o‘g‘illari nazorati ostida uchrashuv chodirida xizmat qila boshlashdi. Yahova levilar borasida Musoga nimaiki aytgan bo‘lsa, ular shunday qilishdi. 23  Yahova Musoga shunday dedi: 24  «Levilarga tegishli qoida quyidagidan iborat: 25 va undan yuqori yoshda bo‘lgan erkaklar, uchrashuv chodirida xizmat qiladiganlar qatoriga qo‘shilsin. 25  Biroq levi 50 yoshga to‘lganda, xizmatini to‘xtatsin va boshqa xizmat qilmasin. 26  U uchrashuv chodirida xizmatini o‘tayotgan birodarlariga yordam berishi mumkin, lekin u yerda xizmat qilmasin. Levilar va ularning vazifalariga nisbatan shunday yo‘l tut»+.

Izohlar

So‘zma-so‘z «silkitsin».
Ibr. netunim, «netinimlar» so‘ziga aloqador.