Titusga 1:1-16

  • Salomlar (1–4)

  • Titus Kritda oqsoqollarni tayinlaydi (5–9)

  • Isyonkorlarga tanbeh berish (10–16)

1  Xudo tanlagan kishilarning imoniga va haqiqat to‘g‘risidagi aniq bilimga ko‘ra, Tangrining quli va Iso Masihning havoriysi* Pavlusning maktubi. Haqiqat xudojo‘ylikka uyg‘undir.  Bu xudojo‘ylik abadiy hayotga+ bo‘lgan umidimizga asoslangan. Yolg‘ondan xoli bo‘lgan Xudo+ bu umidni azaliy vaqtlardanoq va’da qilib bergan.  Belgilagan vaqt kelganida, U O‘z kalomini va’zgo‘ylik orqali oshkor etdi. Qutqaruvchimiz Alloh bu ishni menga ishonib topshirdi+.  Imondoshimiz va chinakam farzandim bo‘lgan Titusga: Otamiz Xudodan va Najotkorimiz Iso Masihdan senga inoyat va tinchlik tilayman.  Men senga aytganimday qolgan ishlarni to‘g‘rilab, har bir shaharda oqsoqollarni tayinlashing uchun seni Kritda qoldirdim.  Ushbu oqsoqollar benuqson, bir xotinli, bolalari esa imonli bo‘lib, axloqsizlik va itoatsizlik gunohidan xoli bo‘lsin+.  Xudo tayinlagan boshqaruvchi sifatida nozir biron-bir narsada aybdor, o‘zboshimcha+, jahli tez+, ichkilikbozlik qiladigan, boshqalarni uradigan* va harom yo‘l bilan foyda ko‘rishga o‘ch bo‘lmasligi kerak.  Aksincha, u mehmondo‘st+, yaxshilikni* sevadigan, aqli raso+, odil, Allohga sadoqatli+, o‘zini tuta biladigan+,  boshqalarga ta’lim berganda haqiqat kalomiga qattiq rioya qiladigan kishi bo‘lishi lozim+. Toki sog‘lom ta’limot+ bilan dalda* berib, bu ta’limotga qarshi gapirganlarga tanbeh bera olsin+. 10  Chunki isyonkor, safsataboz va aldamchi kishilar ko‘p. Ayniqsa sunnat qilish tarafdorlari bundaylar qatoridadir+. 11  Ularning og‘zini bekitish kerak. Chunki ular harom yo‘l bilan foyda ko‘rish niyatida keraksiz narsalarni o‘rgatib, ba’zi oilalarning imonini butunlay buzishmoqda. 12  Mana, ulardan biri, o‘zlarining payg‘ambari shunday degan: «Kritliklar doim yolg‘on so‘zlaydigan, yirtqich hayvonlar, bekorchi ochofatlardir». 13  Bu so‘zlar rost. Shu sababdan imonda sog‘lom bo‘lishlari uchun ularga qat’iylik bilan tanbeh ber. 14  Ular yahudiylarning uydirmalariga va haqiqatdan yuz o‘girgan odamlarning amrlariga quloq solmasinlar. 15  Pok insonlar uchun hamma narsa pokdir+. Ammo nopok va imonsizlar uchun hech narsa pok emas, aksincha, ularning ongi-yu vijdoni bulg‘angandir+. 16  Ular hammaning oldida Xudoni bilamiz deyishadi-yu, lekin ishlari bilan Undan yuz o‘girishadi+. Zero ular jirkanch, itoatsiz va har qanday yaxshi ishga yaroqsiz kishilardir.

Izohlar

Yoki «boshqalarni so‘z bilan uradigan».
Yoki «himmatni».
Yoki «nasihat».