Vahiy 20:1-15
20 Bundan so‘ng osmondan bir farishta tushayotganini ko‘rdim. Uning qo‘lida tubsizlikning kaliti+ va katta zanjir bor edi.
2 Farishta ajdahoni+, ya’ni Iblis+ va Shayton+ deb atalmish almisoq ilonni+ tutib, uni 1 000 yilga kishanlab qo‘ydi.
3 U ajdahoni tubsizlikka+ tashlab, uni qamab qo‘ydi va uning ustiga muhr bosdi, toki u xalqlarni yo‘ldan ozdirmasin. 1 000 yil o‘tgandan keyin u qisqa vaqtga ozod etiladi+.
4 Shuningdek, taxtlarni va ularda o‘tirganlarni ko‘rdim. Ularga hukm etish huquqi berilgandi. Iso va Alloh to‘g‘risida shohidlik berganlari, shuningdek, yirtqich hayvonga va uning tasviriga sajda qilmaganlari va peshona-yu qo‘liga tamg‘a qabul etmaganlari+ uchun o‘ldirilgan kishilarni* ko‘rdim. Ular tirilib, Masih bilan 1 000 yil hukmronlik qilishdi+.
5 (Qolgan o‘liklar+ 1 000 yil tugamaguncha tirilishmadi.) Bu birinchi tirilish+.
6 Birinchi tirilishda ishtirok etganlar baxtli+ va muqaddasdir. Ikkinchi o‘lim+ ularga hokim emas+, aksincha, ular Xudoning va Masihning ruhoniylari bo‘lib+, Masih bilan 1 000 yil shohlik qilishadi+.
7 Shayton 1 000 yil tugagach zindondan ozod etiladi.
8 U yerning to‘rt tarafidagi xalqlarni — Go‘g bilan Mago‘gni yo‘ldan ozdirib, ularni jangga yig‘ish uchun chiqadi. Xalqlarning soni esa dengiz qumiday sanoqsizdir.
9 Ular butun yer yuzi bo‘ylab yoyilib, muqaddas kishilarning qarorgohini-yu aziz shaharni qurshab olishdi. Ammo osmondan olov tushib, ularni yondirib yo‘q qildi+.
10 Xalqlarni yo‘ldan ozdirgan Iblis esa yirtqich hayvon+ bilan soxta payg‘ambar otilgan olovli va oltingugurtli ko‘lga tashlandi+. U yerda ular kecha-yu kunduz, abadulabad azob chekishadi.
11 Keyin men katta oq taxtni va unda O‘tirganni ko‘rdim+. Uning huzuridan yer-u osmon qochar edi+, lekin ularga joy topilmadi.
12 Bundan tashqari, men taxt oldida turgan ulug‘-u-kichik o‘liklarni ko‘rdim. Shunda kitoblar ochilib, hayot kitobi+ degan yana bir kitob ham ochildi. O‘liklar kitoblarda yozilgani bo‘yicha, qilmishlariga yarasha hukm qilindi+.
13 Dengiz ham, o‘lim ham, mozor* ham o‘zidagi o‘liklarni berdi. Har bir kishi ishlariga yarasha hukm etildi+.
14 O‘lim va mozor* esa olovli ko‘lga tashlandi+. Olovli ko‘l+ ikkinchi o‘limni anglatadi+.
15 Ismlari hayot kitobida yozilmaganlarning+ hammasi olovli ko‘lga tashlandi+.
Izohlar
^ Yoki «jonlarni». Lug‘atdagi «jon» so‘ziga q.