Vahiy 21:1-27
21 Men yangi osmonni va yangi yerni+ ko‘rdim. Chunki avvalgi osmon va yer g‘oyib bo‘lgan+, dengiz+ ham yo‘q edi.
2 Shuningdek, muqaddas shahar bo‘lmish Yangi Quddusni ko‘rdim. U kuyovi uchun bezatilgan bir kelin kabi hozirlangan bo‘lib+, osmondan — Xudoning huzuridan tushib kelayotgan edi+.
3 Shu payt taxtdan kuchli ovoz shunday deganini eshitdim: «Mana, Allohning chodiri insonlar orasida. Xudoning O‘zi ular bilan birga yashaydi va ular Uning xalqi bo‘lishadi. Allohning O‘zi ular bilan bo‘ladi+.
4 O‘shanda Xudo ularning ko‘zidagi har qanday yoshni artib oladi+. O‘lim+, motam, faryod va og‘riq boshqa bo‘lmaydi+. Zero avvalgilar o‘tib ketdi».
5 Taxtda o‘tirgan Zot+ shunday dedi: «Mana, Men hamma narsani yangi qilib yaratyapman»+. Shuningdek: «Yozib qo‘y, chunki bu so‘zlar ishonchli va haqqoniydir»,— deb qo‘shib qo‘ydi.
6 Keyin U menga quyidagilarni aytdi: «Amalga oshdi! Men Alfa va Omega*, ibtido va intihodirman+. Men har bir chanqaganga ichish uchun hayot bulog‘idan tekin suv beraman+.
7 G‘olib chiqqan har kim bularni meros qilib oladi. Men uning Xudosi, u esa Mening o‘g‘lim bo‘ladi.
8 Ammo qo‘rqoqlar, imonsizlar+, o‘z nopokligida razillashganlar, qotillar+, zinokorlar*+, sehr-jodu bilan shug‘ullanuvchilar, butparastlar va barcha yolg‘onchilarning+ qismati olovli va oltingugurtli ko‘ldadir+. Bu ikkinchi o‘limni anglatadi»+.
9 Bundan so‘ng oxirgi yettita o‘lat bilan to‘ldirilgan yettita kosasi bo‘lgan yettita farishtadan+ biri kelib, menga shunday dedi: «Kel, men senga kelinni, ya’ni Qo‘zining xotinini ko‘rsataman»+.
10 U meni muqaddas ruh yordamida katta, baland tog‘ga olib ketib, osmondan — Xudoning huzuridan tushib kelayotgan muqaddas shahar Quddusni+ ko‘rsatdi.
11 Shahar Xudoning shon-shuhratiga ega bo‘lib+, jilosi qimmatbaho tosh, billurday yarqirab turadigan yashma toshiga o‘xshardi+.
12 Uning katta, baland devori, 12 ta darvozasi bor edi. Darvozalarda 12 ta farishta turardi va darvozalarda Isroil o‘g‘illarining 12 qabilasining nomlari yozilgandi.
13 Sharq tomonda uchta, shimol tomonda uchta, janub tomonda uchta va g‘arb tomonda uchta darvoza bor edi+.
14 Shahar devorining poydevorida 12 ta tosh bor bo‘lib, ularda Qo‘zining 12 havoriysi ismlari+ yozilgandi.
15 Men bilan gaplashgan farishta shaharni, uning darvozalarini va devorini o‘lchash uchun qo‘lida oltin bir qamish tayoqni ushlab turardi+.
16 Shahar to‘rtburchak shaklda bo‘lib, uzunligi bilan eni teng edi. U shaharni qamish tayoq bilan o‘lchaganda, hammasi bo‘lib taxminan 2 220 kilometr* chiqdi. Uning uzunligi, eni va balandligi teng edi.
17 Farishta shahar devorini ham o‘lchadi. Insonlar o‘lchovi hamda farishtalar o‘lchoviga ko‘ra, u taxminan 64 metr* chiqdi.
18 Devor yashma toshidan+, shahar esa shaffof shishadek sof oltindan qurilgan edi.
19 Shahar devorining poydevori turli qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan edi: birinchi poydevor yashmadan, ikkinchisi sapfirdan, uchinchisi xalsedondan, to‘rtinchisi zumraddan,
20 beshinchisi sardoniksdan, oltinchisi serdolikdan, yettinchisi xrizolitdan, sakkizinchisi berilldan, to‘qqizinchisi topazdan, o‘ninchisi zabarjaddan*, o‘n birinchisi giasintdan, o‘n ikkinchisi ametistdan edi.
21 Shuningdek, 12 darvoza 12 marvariddan iborat edi. Har bir darvoza bittadan marvariddan qilingandi. Shaharning asosiy ko‘chasi esa shaffof shishadek sof oltindan edi.
22 Shaharda ma’badni ko‘rmadim, chunki uning ma’badi Qodir Tangri Yahova*+ hamda Qo‘zidir.
23 Shaharni quyosh yoki oy yoritishiga ehtiyoj yo‘q. Sababi, Allohning shon-shuhrati uni yoritardi+ va uning chirog‘i Qo‘zi edi+.
24 Xalqlar shaharning nuri yordamida yuradilar+ va yer yuzi podshohlari unga o‘z ulug‘vorligini keltiradilar.
25 Uning darvozalari kunduzi aslo yopilmaydi, u yerda tun ham bo‘lmaydi+.
26 U yerga xalqlarning shuhrati-yu shon-sharafini olib kelishadi+.
27 Lekin bulg‘angan, qabihlarcha yo‘l tutadigan va yolg‘onchi kishi u yerga kirmaydi+. U yerga faqat Qo‘zining hayot kitobiga ismi yozilganlar kiradi+.
Izohlar
^ Lug‘atdagi «jinsiy axloqsizlik» iborasiga q.
^ So‘zma-so‘z «12 000 stadiya». Bir stadiya=185 m. Ilovaning B14 mavzusiga q.
^ So‘zma-so‘z «144 tirsak». Ilovaning B14 mavzusiga q.
^ Yun. xrizoprazos.