Voiz 12:1-14

  • Yoshlik chog‘ingda Parvardigorni yodda tut (1-8)

  • Voizning xulosasi (9-14)

    • Dononing so‘zlari govronga o‘xshaydi (11)

    • Allohdan qo‘rq (13)

12  Yoshlik chog‘ingda Ulug‘ Parvardigoringni yodda tut!+ Qayg‘uli kunlar kelmasidan+, «hayotning qizig‘i yo‘q» deydigan yillar kelmay turib,  quyosh, oy va yulduzlar nuri so‘nmasidan+, bulutlar yana jala olib* kelmasidan avval Uni yodda tut!  O‘sha kun kelganda uy qo‘riqchilari qaltiray boshlaydi, kuchli kishilar bukchayib qoladi, soni kamayganidan ayollar yanchimay qo‘yadi, derazadan qaragan xonimlar qorong‘ilikni ko‘radi+.  O‘shanda ko‘chaga chiqadigan eshiklar yopiladi, tegirmon tovushi eshitilmay qoladi, odam qush sayrashidan uyg‘onib ketadi, qo‘shiqchi qizlar ovozi bazo‘r eshitiladi+.  Balandliklar qo‘rqitadi, ko‘cha vahimaga soladi. Bodom gullaydi+, chigirtka oyog‘ini zo‘rg‘a sudraydi, kavar* mevalari yoriladi, chunki inson doimiy maskaniga yo‘l oladi+, azadorlar ko‘cha bo‘ylab ketadi+.  Kumush arqon uzilmasidan, oltin kosa sinmasidan, buloq boshidagi ko‘za darz ketmasidan, quduqning chig‘iri sinmasidan avval Uni yodda tut!  Shunda tuproq o‘z olingan yeriga qaytadi+, hayot nafasi* esa uni tortiq etgan Allohga qaytadi+.  «Behuda, behuda» — demoqda voiz+. — Hammasi behuda!»+  Voiz donolikka ega bo‘libgina qolmay, olgan bilimlarini xalqga o‘rgatdi+. U mulohaza yuritib, astoydil izlandi, natijada ko‘p hikmatlar+ to‘pladi. 10  Voiz yoqimli so‘zlarni+ topishga va haqiqat so‘zlarini aniq yozishga intildi. 11  Dononing so‘zlari govronga*+, to‘plagan hikmatlari esa mahkam qoqilgan mixlarga o‘xshaydi. Bularning barini bergan — bir cho‘pondir. 12  Bundan tashqari, o‘g‘lim, ogoh bo‘l: ko‘p kitob yozishning oxiri yo‘q, ko‘p o‘qish ham odamni charchatadi+. 13  Barcha aytilgan so‘zlarning xulosasi shudir: Allohdan qo‘rq+, Uning amrlariga rioya qil+, chunki bu, insonning burchidir+. 14  Alloh har ishni — har bir yashirin ishni, xoh yaxshi, xoh yomon bo‘lsin, hukm qiladi+.

Izohlar

Boshqa variant «bilan».
Ishtaha ochadigan meva turi.
Yoki «ruhi».