Xabaqquq 2:1-20

  • Tangri nima deyishini ko‘rish uchun payg‘ambar sergak turadi (1)

  • Yahovaning payg‘ambarga bergan javobi (2-20)

    • Vahiy amalga oshishini kutish (3)

    • Odil inson sadoqati tufayli yashaydi (4)

    • Xaldeylarning holiga voy! (6-20)

      • Yer yuzi Yahovaning shon-shuhrati haqidagi bilimga to‘ladi (14)

2  Qorovullik qilib turgan joyimda qolaman+,Istehkom* ustida turaman. Men orqali U nima deyishini ko‘rish uchun,Menga pand-nasihat qilganida qanday javob berishni bilish uchun sergak turaman.   Keyin Yahova menga shunday dedi: «Vahiyni tosh lavhalarga* aniq qilib o‘yib yoz+,Toki ovoz chiqarib o‘qiydigan odam uni osonlikcha o‘qiy olsin+.   Chunki vahiy belgilangan vaqtda amalga oshadi.O‘sha vaqt hademay keladi, yolg‘on bo‘lib chiqmaydi. Hatto kechikkanday tuyulsa ham, uni kut*+! Zero u albatta amalga oshadi. U kechikmaydi!   Mag‘rur odamga qara.U ichidan buzilgan. Odil inson esa sadoqati* tufayli yashaydi+.   Darhaqiqat, sharob xiyonatkor bo‘lgani bois,Dimog‘dor odam o‘z maqsadiga erisha olmaydi. U mozor* kabi ochko‘zdir.U o‘lim kabi to‘yish nimaligini bilmaydi. U jamiki millatlarni to‘plab,Hamma xalqlarni o‘ziga yig‘adi+.   Ularning hammasi unga qarshi maqol va topishmoqlar aytib, shama qilmaydimi?+ Ular shunday deydi: “O‘ziga tegishli bo‘lmagan narsalarni to‘plab,Qarz orttirganning holiga voy!Bu qachongacha davom etadi?!   Qarz beruvchilaring to‘satdan senga qarshi chiqmaydimi? Ular uyg‘onib seni qattiq silkitadi,Seni talon-toroj qiladi+.   Ko‘p millatlarni talon-toroj qilganing uchun,Qolgan barcha xalqlar seni talaydi+.Axir sen inson qonini to‘kib,Yer yuziga qarshi zo‘ravonlik qilding,Shaharlar-u ularning aholisiga zulm o‘tkazding+.   O‘z xonadoni uchun harom yo‘l bilan foyda ko‘radigan,Musibatdan qutulish uchunBalandlikda o‘ziga in quradigan kishining holiga voy! 10  Uyushtirgan fitnalaring xonadoningga sharmandalik keltirdi. Ko‘p xalqlarni yo‘q qilib, o‘zingni gunohga botirding+. 11  Devordagi tosh ham faryod qiladi,Tomning to‘sini unga javob beradi. 12  Qon to‘kib shahar bunyod etganning,Adolatsizlik qilib unga asos solganning holiga voy! 13  Xalqlar olovda yo‘q bo‘lib ketadigan narsalar uchun ter to‘kishi,Behudaga o‘zlarini charchatishi Qo‘shinlar Sarvari Yahovadan emasmi?!+ 14  Suvlar dengizni to‘ldirib turganiday,Yer yuzi Yahovaning shon-shuhrati haqidagi bilimga to‘ladi+. 15  Sheriklarining yalang‘ochligini tomosha qilish uchun,G‘azab va jahl aralashtirilgan ichkilik berib ularni mast qiladiganKimsaning holiga voy! 16  Shon-sharafdan emas, isnoddan to‘yib ketasan. Qani, o‘zing ham ich, sunnatsiz ekaningni ko‘rsat*. Yahovaning o‘ng qo‘lidagi kosa senga ham yetib keladi+.Ulug‘vorliging o‘rnini sharmandalik egallaydi. 17  Livanga* qilgan zo‘ravonliging,Yirtqich hayvonlarni dahshatga solgan qirg‘in o‘z boshingga tushadi.Axir sen inson qonini to‘kib,Yer yuziga qarshi zo‘ravonlik qilding,Shaharlar-u ularning aholisiga zulm o‘tkazding+. 18  O‘yma tasvirdan ne foyda,Axir uni hunarmand yasagan-ku?! Yolg‘onga o‘rgatadigan quyma butning* qanaqa foydasi bor?!Odam tilsiz behuda xudolarni yasab,Ularga ishongani bilan nima foydasi bor?!+ 19  Bir bo‘lak yog‘ochga: “Uyg‘on!” — deyayotganlarning, Tilsiz toshga: “Tur! Bizga yo‘l-yo‘riq ber!” — deyayotganlarning holiga voy! U oltin va kumush bilan qoplangan+,Lekin ichida nafasi yo‘q+. 20  Yahova esa O‘zining muqaddas ma’badida*+. Butun yer yuzi Uning oldida sukut saqlasin!”+»

Izohlar

Yoki «Ko‘tarma devor».
Yoki «taxtachalarga».
Yoki «sabr bilan kut».
Boshqa variant «imoni; ishonchi».
Ibr. sheo‘l, ya’ni insoniyatning umumiy qabri. Lug‘atga q.
Boshqa variant «gandiraklab yur».
Yoki «Lubnonga».
Yoki «metall haykalning».