Yeremiyo 21:1-14
21 Shoh Zidqiyo+ Malkiyo o‘g‘li Pashxur+ bilan Masiyo o‘g‘li ruhoniy Zafaniyoni+ Yeremiyoning oldiga yuborganida, Yahova Yeremiyoga so‘zini ayon qildi. Ular quyidagi iltimos bilan kelishgandi:
2 «Iltimos, biz uchun Yahovaga maslahat sol. Chunki Bobil shohi Navuxodonosor* bizga qarshi jang qilyapti+. U orqaga chekinishi uchun, ehtimol, Yahova qadimda qilganidek, biz uchun mo‘jiza yaratar»+.
3 Yeremiyo ularga dedi: «Zidqiyoga bunday deb aytinglar:
4 “Isroil Tangrisi Yahova demoqda: “Devor ortida sizlarni qamal qilayotgan Bobil shohi+ va xaldeylarga qarshi ishlatayotgan qo‘lingizdagi qurol-yarog‘larni o‘zingizga qarshi qo‘llayman. Men ularni shaharning o‘rtasida yig‘aman.
5 Kuchli qo‘lim-u qudratli bilagim bilan, qahr-g‘azab va kuchli nafrat bilan+ Men O‘zim sizlarga qarshi jang qilaman+.
6 Bu shaharda yashovchilarni — odamlar-u hayvonlarni qirib tashlayman. Ular dahshatli o‘lat dastidan halok bo‘lishadi”+.
7 Yahova demoqda: “O‘lat, qilich va ocharchilikdan omon qolgan Yahudo shohi Zidqiyoni, uning xizmatkorlari-yu bu shaharda yashovchi odamlarni esa, Bobil shohi Navuxodonosor, ularning dushmanlari va ularning jonini olish payida bo‘lganlarning qo‘liga topshiraman+. Shoh ularni qilich bilan o‘ldiradi. Ularga achinmaydi, rahm-shafqat ham qilmaydi”+.
8 Yahova demoqda: “Bu xalqga shunday deb ayt: “Mana, Men sizlarga hayot yo‘lini va o‘lim yo‘lini taqdim etyapman.
9 Bu shahar ichida qolganlar qilich, ocharchilik va o‘latdan halok bo‘lishadi. Ammo kimki tashqariga chiqib, sizlarni qamal qilayotgan xaldeylarga taslim bo‘lsa, yashaydi. U hayotini saqlab qoladi”+.
10 “Men yaxshilik emas, kulfat keltirish uchun bu shaharga qarshi yuzlanaman+,— demoqda Yahova. — U Bobil shohining qo‘liga topshiriladi+ va shoh unga o‘t qo‘yadi”+.
11 Ey, Yahudo shohining xonadonidagilar, Yahovaning so‘zini tinglang.
12 Ey Dovud xonadoni, Yahova demoqda:
“Har tong adolat o‘rnating,Aziyat chekkan insonni tovlamachining qo‘lidan xalos qiling+,Yo‘qsa yovuz ishlaringiz tufayli+Mening g‘azabim olov kabi alanga oladi+,Hech kim uni o‘chira olmaydi”.
13 “Mana, Men senga qarshi chiqyapman, ey vodiyda yashovchi,Tekislikda joylashgan qoya”,— demoqda Yahova.
“Sizlar: “Kim bizga qarshi chiqadi?
Yashash joylarimizga kim bostirib kiradi?” — deysiz.
14 Men ishlaringizga yarashaSizlarni javobgarlikka tortaman”+,— demoqda Yahova.
“Uning o‘rmoniga o‘t qo‘yaman.Olov atrofidagi hamma narsani kuydiradi”»+.
Izohlar
^ Yoki «Navuxadnazar». So‘zma-so‘z «Navuxadrazar». Yozilishning yana bir varianti.