Yeremiyo 46:1-28

  • Misrga qarshi bashorat (1-26)

    • Navuxodonosor Misrni bosib oladi (13, 26)

  • Isroilga berilgan va’dalar (27, 28)

46  Yahova Yeremiyo payg‘ambarga xalqlar to‘g‘risida O‘z so‘zini ayon qildi+.  Misr+ va Misr fir’avni Nexoning+ lashkari haqida (Yahudo shohi Yo‘shiyo o‘g‘li Yohayiqim+ hukmronligining to‘rtinchi yili Bobil shohi Navuxodonosor Nexoni Furot daryosi bo‘yida, Karxemishda mag‘lub qilgan edi):   «Katta-yu kichik* qalqonlaringizni tayyorlab,Jangga otlaning.   Ey suvorilar, otlaringizni egarlab, ularga mininglar. Dubulg‘alaringizni kiyib, jangovar holatni egallanglar. Nayzalaringizni o‘tkirlab, sovutlaringizni kiyinglar.   Yahova demoqda: “Nimalarni ko‘ryapman? Ular dahshatga tushgan. Ular chekinishyapti, jangchilari mag‘lub bo‘lgan. Sarosimaga tushib, orqasiga qaramay qochishyapti. Hamma yoqda vahima.   Chaqqonlar qocha olmaydilar, jangchilar qutula olmaydilar. Ular shimolda, Furot daryosi bo‘yidaQoqilib yiqiladilar”+.   Daryolarning jo‘shqin suvlariday,Nil daryosi kabi ko‘tarilib kelayotgan kim ekan?   Daryolarning jo‘shqin suvlariday,Nil daryosi kabi Misr ko‘tarilib kelyapti+.U shunday deyapti: “Ko‘tarilib, yer yuzini qoplayman. Men shaharni va uning aholisini qirib tashlayman”.   Ko‘tariling, ey otlar! Yelib boring, ey aravalar! Qalqon tutgan Kush va Fut+,Kamon ushlab, uni bukuvchi+ Ludim+Jangchilari olg‘a yurishsin. 10  Bu kun — Oliy Hukmdor, Qo‘shinlar Sarvari Yahovaning kuni. U dushmanlaridan o‘ch oladigan qasos kuni. Qilich to‘yguncha yamlab yutadi, chanqog‘i bosilguncha ularning qonini ichadi. Chunki Oliy Hukmdor, Qo‘shinlar Sarvari Yahova Furot daryosi bo‘yidagi shimoliy yurtda qurbonlik tayyorladi+. 11  Ey, Misrning bokira qizi,Giladga borib balzam ol+. Dori-darmoningni ko‘paytirganing bekor,Senga baribir davo yo‘q+. 12  Badnom bo‘lganingni xalqlar eshitdi+,Faryoding yurtni to‘ldirdi. Jangchilar bir-biriga qoqilib,Ikkisi birga quladi». 13  Bobil shohi Navuxodonosor Misr yurtiga hujum qilish uchun kelishi haqida Yeremiyo payg‘ambarga Yahovaning quyidagi so‘zi ayon bo‘ldi+: 14  «Buni Misrda e’lon qil, Migdolda+ jar sol. Bu haqda Nuf* va Taxpanxasda+ jar sol. Shunday deb ayt: “Jangovar holatni egallab, tayyorlaninglar.Chunki qilich yon-atrofingizdagi hamma narsani yeb bitiradi. 15  Nega kuchli odamlaring yo‘q bo‘lib qoldi? Ular o‘z joyida tura olmadi,Chunki Yahova ularni itarib yiqitdi. 16  Ko‘pchilik qoqilib yiqilyapti. Ular bir-biriga shunday deyishyapti: “Turinglar! Shafqatsiz qilichdan qochib,O‘z xalqimizga, ona yurtimizga ketaylik”. 17  O‘sha yerda ular shunday deb e’lon qilishdi:“Misr fir’avni arzimas maqtanchoqdir.U imkoniyatni qo‘ldan boy berdi”+. 18  Qo‘shinlar Sarvari Yahova deb atalgan Shoh, shunday demoqda: “Hayotim bilan qasam ichib aytamanki,U* tog‘lar orasida turgan Tovurday+,Dengiz bo‘yida turgan Karmilday+ kirib keladi. 19  Ey, Misrda yashovchi qiz,Surgunga ketish uchun tuguningni hozirla. Chunki Nuf dahshatli ahvolga tushadi.Unga o‘t qo‘yiladi* va unda hech kim yashamaydi+. 20  Misr chiroyli g‘unajinday,Ammo shimoldan so‘na pashshalar kelib, uni chaqishadi. 21  Uning yollangan askarlari bo‘rdoqi buzoqlarday bo‘lishsa ham,Ularning hammasi orqasiga qarab qochadi. Ular o‘z joylarida tura olishmaydi+.Chunki ularning falokat kuni,Ulardan qasos olinadigan payt keldi”. 22  “U sudralib ketayotgan ilonday vishillaydi.Daraxtlarni chopgani kelayotgan odamlarday,Kuchli dushmanlar bolta ushlab uning ortidan kelishadi. 23  Uning o‘rmoni qalinday tuyulsa ham,— demoqda Yahova — ular uni chopib tashlashadi. Chunki ular chigirtkalardan ham ko‘p, behisob. 24  Misr qizi uyatga qoladi, U shimol odamlari qo‘liga beriladi”+. 25  Isroil Xudosi, Qo‘shinlar Sarvari Yahova shunday demoqda: “Men No‘dagi+ Omonni+, fir’avnni, Misrni, uning xudolari-yu+ shohlarini, ha, fir’avn va unga umid bog‘lagan+ hammani javobgarlikka tortaman”. 26  “Ularni jonlarini olish payida yurganlar qo‘liga, Bobil shohi Navuxodonosor va uning xizmatkorlari qo‘liga beraman+. Ammo keyinchalik Misrda yana avvalgiday odamlar yashaydi”,— demoqda Yahova+. 27  “Sen esa qo‘rqma, ey xizmatchim Yoqub,Vahimaga tushma, ey Isroil+. Men seni uzoq joydan,Avlodingni asirlikda bo‘lgan yurtdan qutqaraman+. Yoqub qaytadi va tinch-osoyishta yashaydi,Ularni hech kim qo‘rqitmaydi+. 28  Shuning uchun qo‘rqma, ey xizmatchim Yoqub,— demoqda Yahova,— chunki Men sen bilanman. Seni O‘zim xalqlar orasiga tarqatib yuborgan edim. Biroq ularning barchasini yo‘q qilaman+.Seni esa yo‘q qilmayman+. Senga yetarlicha tarbiya beraman+, Lekin jazosiz qoldirmayman”».

Izohlar

Kichik qalqonni odatda kamonchilar ko‘tarib yurgan.
Yoki «Memfis».
Ya’ni Misrni zabt etuvchi.
Boshqa variant «Tashlandiq bo‘lib qoladi».