Yeremiyo 7:1-34

  • Yahovaning ma’badiga tayanish behuda (1-11)

  • Ma’bad Shilo‘ kabi bo‘ladi (12-15)

  • Soxta topinish qoralanadi (16-34)

    • «Samo Qirolichasiga» sig‘inish (18)

    • Hinnom vodiysida bolalar qurbon qilinadi (31)

7  Yahova Yeremiyoga shunday so‘zlar bilan murojaat qildi:  «Yahovaning uyi darvozasi oldida turib, quyidagi xabarni e’lon qil: “Ey, Yahovaga sajda qilish uchun bu darvozalardan kiradigan Yahudo xalqi, barchangiz Yahovaning so‘zlarini tinglang.  Isroil Xudosi, Qo‘shinlar Sarvari Yahova demoqda: “Yo‘llaringizni o‘zgartirib, ishlaringizni tuzatinglar. Shunda bu yerda yashashingizga ruxsat beraman+.  Yolg‘on so‘zlarga ishonib: “Bu* Yahovaning ma’badi! Yahovaning ma’badi! Yahovaning ma’badi!” — deb aytmanglar+.  Agar yo‘llaringizni o‘zgartirib, ishlaringizni tuzatsangiz, da’volashayotgan kishilar o‘rtasida adolat o‘rnatsangiz+,  musofirlar, yetimlar va bevalarni ezmasangiz+, bu yerda begunoh kishining qonini to‘kmasangiz hamda o‘zingizga zarar keltirib boshqa xudolar orqasidan ergashmasangiz+,  bu yerda — ota-bobolaringiz doim yashashi uchun Men bergan yurtda istiqomat qilishingizga ruxsat beraman”».  «Ammo sizlar yolg‘on so‘zlarga ishonyapsizlar+. Buning umuman foydasi yo‘q.  Sizlar o‘g‘rilik+, qotillik va zino qilasizlar, yolg‘on qasam ichasizlar+, Baalga qurbonliklar keltirib+, o‘zingiz bilmagan xudolarga ergashasizlar. 10  Shuncha jirkanch ishlar qila turib, Mening ismim bilan atalgan uy oldiga kelib: “Biz qutqarilamiz”,— deysizlarmi? 11  Mening nomim bilan atalgan bu uy sizlar uchun qaroqchilar uyasi bo‘lib qoldimi?+ Nimalar qilayotganingizni ko‘rib turibman»,— demoqda Yahova. 12  «“Endi Shilo‘dagi muqaddas maskanimga+, ismim uchun tanlagan birinchi joyga borib+, xalqim Isroilning qilgan yomonliklari uchun u yerni qanday ahvolga solganimni ko‘rib qo‘yinglar+. 13  Ammo sizlar bu barcha yovuz ishlarni qilishdan to‘xtamadingiz,— demoqda Yahova. — Hatto qayta-qayta sizlarga gapirgan bo‘lsam-da, quloq solmadingiz+. Men sizlarni chaqiraverdim, ammo javob bermadingiz+. 14  Shuning uchun, Shilo‘ni ne ko‘yga solgan bo‘lsam+, sizlar umid bog‘lagan+ va Mening ismim bilan atalgan uyni+, Men sizlarga va ota-bobolaringizga bergan joyni ham shu ko‘yga solaman. 15  Men barcha birodarlaringizni, Efrayimning hamma avlodlarini haydaganimday, sizlarni ham ko‘z oldimdan haydayman”+. 16  Sen esa, bu xalq uchun ibodat qilma. Ular uchun faryod ko‘tarma, yalinib-yolvorma+. Men seni eshitmayman+. 17  Yahudo shaharlarida va Quddus ko‘chalarida ular nimalar qilayotganini ko‘rmayapsanmi? 18  Ularning o‘g‘illari o‘tin yig‘ishadi, otalari olov yoqishadi, xotinlari esa Samo Qirolichasiga* atab qurbonlik kulchalarini pishirish uchun xamir qorishadi+. Ular boshqa xudolarga ichimlik nazrini quyib, Meni ranjitishadi+. 19  “Ular Menga zarar yetkazishyaptimi? O‘zlariga zarar yetkazishyapti-ku! O‘zlarini sharmanda qilishyapti-ku!” — demoqda Yahova+. 20  Oliy Hukmdor Yahova shunday demoqda: “Men qahr-g‘azabimni bu joyga+, odamlar-u hayvonlarga, daladagi daraxtlarga va yerning hosiliga sochaman. Qahrim olov kabi yonadi, u so‘nmaydi”+. 21  Isroil Tangrisi, Qo‘shinlar Sarvari Yahova shunday demoqda: “Boringlar, boshqa qurbonliklaringizga butunlay kuydiriladigan qurbonliklaringizni qo‘shib go‘shtini ham o‘zlaringiz yeyaveringlar+. 22  Zero, Men ota-bobolaringizni Misr yurtidan olib chiqgan kunim, ularga butunlay kuydiriladigan qurbonliklar va boshqa qurbonliklar haqida hech narsa aytmagandim, hech qanday buyruq bermagandim+. 23  Aksincha, Men ularga shunday deb buyruq bergandim: “Menga quloq solinglar, shunda Men sizlarning Xudoyingiz, sizlar esa Mening xalqim bo‘lasizlar+. O‘zingizga yaxshi bo‘lishi uchun, Men amr etgan yo‘llardan yurishingiz kerak”+. 24  Ammo ular Menga quloq solmadilar, Meni tinglash uchun quloq tutmadilar+. Aksincha, o‘zlari bilgancha yo‘l tutdilar, o‘jarlik bilan yovuz yuraklariga ergashdilar+. Ular olg‘a yurish o‘rniga, ortga ketdilar. 25  Ota-bobolaringiz Misr yurtidan chiqgan kundan to bugungacha ahvol o‘zgargani yo‘q+. Men xizmatchilarim bo‘lmish payg‘ambarlarni har kuni, qayta-qayta oldingizga yuborib turdim+. 26  Lekin bu xalq Menga quloq solishdan bosh tortdi, Menga quloq tutmadi+. Ular o‘jarlik qilib, ota-bobolaridan ham o‘tib tushdilar! 27  Sen bu barcha so‘zlarni ularga aytsang ham+, ular senga quloq solishmaydi. Ularni chaqirsang ham, ular senga javob berishmaydi. 28  Sen ularga shunday deb ayt: “Bu xalq o‘z Xudosi Yahovaga quloq solmadi va Uning tarbiyasini olishni istamadi. Sadoqat degan narsa qolmadi, ularning orasida hatto tilga olinmaydigan bo‘ldi”+. 29  Uzun sochlaringni qirqib tashla*. Yalang tepaliklarda marsiya ayt. Zero, Yahova bu avlodni rad etdi. Uning g‘azabini keltirgani uchun, ularni tark etadi. 30  “Chunki Yahudo xalqi Mening nazarimda yomon ishlar qildi,— demoqda Yahova. — Ular Mening ismim bilan atalgan uyni bulg‘ash uchun u yerga jirkanch butlarini o‘rnatishdi+. 31  Ular o‘g‘il-u qizlarini olovda kuydirish uchun+ Hinnom o‘g‘lining vodiysidagi*+ Tofatda tepaliklar barpo etishdi. Ular Men buyurmagan, hatto hech qachon xayolimga ham kelmagan ishni qilishdi”+. 32  “Mana, shunday kunlar kelyaptiki,— demoqda Yahova, — bu joy ortiq Tofat yoki Hinnom o‘g‘lining vodiysi deb emas, Qirg‘in vodiysi deb ataladi. Ular Tofat to‘lmaguncha u yerda o‘liklarni ko‘mishadi+. 33  Bu odamlarning jasadlari osmondagi qushlarga va yer yuzidagi hayvonlarga yem bo‘ladi. Ularni haydaydigan hech kim bo‘lmaydi+. 34  Men Yahudo shaharlarida va Quddus ko‘chalarida shodiyona va xursandchilik hayqiriqlariga chek qo‘yaman, u yerda kelin-kuyovning ovozi eshitilmaydi+. Chunki bu yurt xarobaga aylanadi”»+.

Izohlar

So‘zma-so‘z «Bularning bari». Bu oyatda ma’bad binolarining majmui nazarda tutilgan.
Murtad isroilliklar sig‘ingan ma’budaning nomi. Ehtimol, hosildorlik ma’budasi bo‘lgan.
Sion yoki Quddusga qarata aytilgan.
Lug‘atdagi «jahannam» so‘ziga q.