Yeremiyoning marsiyasi 2:1-22
2 Yahova jahl ustida Sion qizini qora bulut bilan qopladi!
U Isroilning chiroyini osmondan yerga uloqtirib yubordi+.
G‘azab kunida U oyoq qo‘yadigan kursisini+ eslamadi.
ב [Bet]
2 Yahova Yahudoning yashash joylarini ayamay vayron qildi.
Qahr ichida Yahudo qizining qal’alarini buzib tashladi+.
Shohlikni+ va uning beklarini+ yerga urib, xo‘rladi.
ג [Gimel]
3 Otashin qahr ichida U Isroilning bor kuchini yo‘q qildi*.
Dushman hujum qilganida, U bizga yordam bermadi+.Uning g‘azabi atrofidagi hamma narsani yutib yuboradigan olov kabi Yoqubga qarshi yondi+.
ד [Dalet]
4 U dushman kabi kamonini bukdi, g‘animdek o‘ng qo‘lini zarba berishga tayyorladi+.Bizga qadrli bo‘lganlarning hammasini qirib tashladi+.
Qahrini olovday+ Sion qizining chodiriga sochdi+.
ה [Xe]
5 Yahova bizga dushmanday bo‘ldi+.U Isroilni yutib yubordi.
Uning barcha minoralarini buzib tashladi.Bor qal’alarini vayron qildi.
Yahudo qizining qayg‘usini, fig‘onini orttirdi.
ו [Vav]
6 U chaylasini bog‘dagi kapa singari qulatdi+.
Bayramlariga chek qo‘ydi+.
Yahova shunday qildiki, bayram va Shabbat kuni Sionda unutildi.Otashin g‘azab ichida shoh va ruhoniyni rad etdi+.
ז [Zayin]
7 Yahova qurbongohidan voz kechdi.Muqaddas maskanidan jirkanib yuz o‘girdi+.
Mustahkam minoralarining devorlarini dushman qo‘liga taslim qildi+.
Ular Yahovaning uyida bayram kunidagiday hayqirdi+.
ח [Xet]
8 Yahova Sion qizining devorlarini buzib tashlashga qaror qildi+.
U o‘lchov ipini tortdi+.
Vayronagarchilik keltirishdan qo‘lini tiymadi.
Qiyalatib uyilgan tuproq va devorni qayg‘uga botirdi.
Ikkalasi ham zaif bo‘lib qoldi.
ט [Tet]
9 Uning darvozalari tuproqga ko‘mildi+.
Xudo uning surma zulfinlarini parchalab tashladi.
Uning shohiyu beklari xalqlar orasiga tarqaldi+.
Qonunga amal qiladigan hech kim yo‘q, hatto uning payg‘ambarlari Yahovadan vahiy olmayapti+.
י [Yod]
10 Sion qizining oqsoqollari sukut saqlab yerda o‘tiribdi+.
Ular boshlariga qum sochib, julga o‘randi+.
Quddus qizlari yerga tekkuncha boshlarini egishdi.
כ [Kaf]
11 Yig‘layverib ko‘zimning nuri ketib qoldi+.
Ichim darddan og‘riyapti.
Bolalaru chaqaloqlar shahar maydonlarida hushsiz yotganidan+,Xalqimning qizi* qulaganidan jigar-bag‘rim ezilib ketdi*+.
ל [Lamed]
12 Ular shahar maydonlarida yaralangan kishilarday holsiz yotib,
Onalarining qo‘llarida jon berayotib,Ulardan: «Don va sharob qani?»+ — deb so‘rashyapti.
מ [Mem]
13 Ey Quddus qizi, senga nimani misol qilib keltiray?Seni nimaga o‘xshatsam bo‘ladi?
Ey, Sionning bokira qizi, senga tasalli berish uchun seni nima bilan solishtiray?
Sening yarang dengizday bepoyon+. Kim senga shifo bera oladi?+
נ [Nun]
14 Payg‘ambarlaring ko‘rgan vahiylar yolg‘on va puch narsa+.Ular gunohlaringni oshkor qilib, asirga tushishdan seni asramadi+.Aksincha, soxta vahiylar ko‘rib, seni adashtiradigan xabarlar tarqatishdi+.
ס [Samex]
15 Yo‘ldan o‘tgan-ketganlar seni mazax qilib, kaftini kaftiga urdi+.
Ular Quddus qizining ahvolini ko‘rib, hayratdan hushtak chaldi+ va boshlarini chayqagancha:
«“Go‘zallikda barkamol, butun yer yuzining quvonchi”+,— deb aytilgan shahar shumi?!» — dedi.
פ [Pe]
16 Barcha dushmanlaring seni ko‘rib og‘izlarini ochdi.
Ular hushtak chalib va tishlarini g‘ijirlatib: «Biz uni yutib yubordik+.
Bu kunni biz kutgan edik!+ Mana, o‘sha kun keldi, biz uni ko‘rdik!»+ — deb aytadi.
ע [Ayin]
17 Yahova nimani niyat qilgan bo‘lsa ro‘yobga chiqardi+, U so‘zlarini amalga oshirdi+,Qadim zamonda aytganlarini bajardi+.
U seni ayamay buzib tashladi+.
Dushman seni mag‘lub qilib quvonishiga U ruxsat berdi, dushmanlaring kuchini oshirdi.
צ [Sade]
18 Ey, Sion qizining devori, xalqning yuragi Yahovaga faryod qilmoqda.
Ko‘z yoshlar kechayu kunduz daryoday oqib tursin.
O‘zingga dam berma, ko‘zlaring tinim bilmasin.
ק [Qof]
19 Tur! Tungi qorovulliklar boshlanganida, kechasi bilan yig‘lab chiq.
Yahovaning ko‘zi oldida yuragingni suvday to‘kkin.
Ocharchilikdan har bir ko‘chaning burchagida* holsizlanib yotgan+Bolalaring hayoti uchun qo‘llaringni ko‘tarib Unga yolvor.
ר [Resh]
20 Ey Yahova, Sen qattiq jazolagan xalqingga nazar sol.
Axir ayollar o‘z bolasini, sog‘lom farzandini yeyapti-ku!+Ruhoniylaru payg‘ambarlar Yahovaning muqaddas maskanida o‘ldirilyapti-ku!+
ש [Shin]
21 Yoshu qari ko‘chalarda o‘lib yotibdi+.
Yigitu qizlarim qilichdan halok bo‘ldi+.
G‘azab kuningda Sen ularni o‘ldirding, rahm qilmay qirib tashlading+.
ת [Tav]
22 Bayramga chaqirganday+, Sen har yoqdan vahima keltirding.
Yahovaning qahr-g‘azab kunida hech kim qutula olmaydi, jon saqlay olmaydi+.Dunyoga keltirib, katta qilgan bolalarimni dushmanim o‘ldirdi+.
א [Alef]
Izohlar
^ So‘zma-so‘z «har bir muguzini kesdi».
^ So‘zma-so‘z «jigarim yerga to‘kildi».
^ She’riy gavdalantirish. Rahm va hamdardlikni ifodalasa kerak.
^ So‘zma-so‘z «barcha ko‘chalarning boshida».