Yeremiyoning marsiyasi 3:1-66

  • Yeremiyo tuyg‘ularini izhor qiladi

    • «Sabr ila Seni kutaman» (21)

    • Xudoning rahm-shafqati har tong yangilanadi (22, 23)

    • Xudo Unga umid bog‘laganga yaxshilik qiladi (25)

    • Yoshlikda qiyinchiliklarni boshdan kechirish yaxshidir (27)

    • Xudo O‘zini bulut bilan to‘sadi (43, 44)

3  Uning qahr tayog‘idan jafo chekkan odam menman.   U meni quvib chiqardi va yorug‘likda emas, qorong‘ilikda yurishga majbur qildi+.   Ha, U kun bo‘yi, qayta-qayta menga qarshi qo‘lini ko‘tardi+. ב [Bet]   U etu terimni chiritib,Suyaklarimni sindirdi.   U meni qamal qilib, zaharli o‘t+ va jabru jafo bilan o‘rab oldi.   Allaqachon o‘lib ketgan odamday, meni qorong‘i joylarda o‘tirishga majbur qildi. ג [Gimel]   Qochib qutula olmasligim uchun, U meni devor bilan qurshab oldi.U menga og‘ir mis kishanlar soldi+.   Men umidsizlikka tushib, yordam so‘rab yolvorganimda, U ibodatimni rad etdi+.   U yo‘nilgan toshlar bilan yo‘llarimni to‘sib qo‘ydi,Yo‘llarimni chalkashtirib yubordi+. ד [Dalet] 10  U ayiqday, yashirinib yotgan sherday meni pistirmada poylab turibdi+. 11  U meni yo‘ldan sudrab chiqdi va tilka-pora qildi*,Meni tashlandiq holatga keltirdi+. 12  U kamonini bukib, o‘q uchun meni nishon qildi. ה [Xe] 13  O‘qdonidagi o‘qlar bilan buyraklarimni teshib tashladi. 14  Barcha xalqlarga masxara bo‘ldim. Ular kun bo‘yi men haqda qo‘shiq kuyladi. 15  U menga achchiq narsalar yedirib, ermanga to‘ydirdi+. ו [Vav] 16  U shag‘al bilan tishlarimni sindirib,Meni kulga beladi+. 17  Sen meni tinchligimdan mahrum etding. Yaxshilik nimaligini unutdim. 18  Shuning uchun o‘zimga: «Ko‘rkim, Yahovaga bo‘lgan umidim so‘nib qoldi»,— dedim. ז [Zayin] 19  Qayg‘u-hasratimni, boshpanasiz qolganimni+, erman va zaharli o‘t+ yeganimni esga ol. 20  Sen albatta meni yodga olib, men tomon egilasan+. 21  Men bularni qalbimda saqlayman. Shu bois, sabr ila Seni kutaman+. ח [Xet] 22  Yahovaning mehr-sadoqati tufayli biz yo‘q bo‘lib ketmadik+.Zero, Uning rahm-shafqati hech qachon tugamaydi+. 23  Ular har tong yangilanadi+. Sening sadoqating mo‘ldir+. 24  «Yahova mening ulushim+. Shuning uchun sabr ila Uni kutaman»+,— deb aytdim. ט [Tet] 25  Yahova Unga umid bog‘laganga+, Uni izlaydigan insonga yaxshilik qiladi+. 26  Sukut saqlab*+ Yahovadan najot+ kutish yaxshidir. 27  Kishi uchun yoshlik chog‘ida qiyinchiliklarni boshdan kechirish* yaxshidir+. י [Yod] 28  Xudo qiyinchiliklarga yo‘l qo‘ysa, bunday kishi yolg‘iz o‘tirib sukut saqlasin+. 29  U butunlay bo‘ysunib, yuzini tuproqga botirsin+. Ehtimol hali ham umid bordir+. 30  Urayotgan kishiga yuzini tutsin, haqoratlar ostida qolib ketsin. כ [Kaf] 31  Zero, Yahova bizni abadiy tashlab ketmaydi+. 32  Garchi U qayg‘u-alam keltirgan bo‘lsa-da, mo‘l-ko‘l mehr-sadoqatiga ko‘ra rahm-shafqat ham ko‘rsatadi+. 33  Chunki Uning yuragida inson o‘g‘illariga jabr-zulm keltirish niyati yo‘q+. ל [Lamed] 34  Butun dunyodagi mahbuslar toptalishiga+, 35  Alloh Taoloning ko‘z o‘ngida inson huquqi poymol etilishiga+, 36  Mahkamada nohaqlik qilinishiga— Bunday narsalarga Yahova chidab turolmaydi. מ [Mem] 37  Yahova amr bermasa, kim biror narsa aytib, uni amalga oshira oladi? 38  Alloh Taoloning og‘zidanYaxshilik bilan birga yomonlik chiqmaydi. 39  Nega inson* qilgan gunohining oqibatlaridan nolishi kerak?+ נ [Nun] 40  Yo‘llarimizni tekshirib, diqqat bilan ko‘zdan kechiraylik+. Kelinglar, Yahovaga qaytaylik+. 41  Qo‘llarimizni osmonga ko‘tarib, Xudoga chin ko‘ngildan ibodat qilib+, shunday deylik: 42  «Biz gunoh qilib, Senga qarshi chiqdik+, Sen bizni kechirmading+. ס [Samex] 43  G‘azab ichida Senga yaqinlashishimizga to‘sqinlik qilding+.Bizni ta’qib qilib, ayovsiz qirding+. 44  Ibodatimiz Senga yetib bormasligi uchun, bulutlardan to‘siq yasading+. 45  Sen bizni xalqlar orasida supurindi va axlatday qilding». פ [Pe] 46  Barcha dushmanlarimiz bizga qarshi og‘izlarini ochdi+. 47  Qo‘rquv+, tuzoqlar, vayronagarchilik va halokat+ bizning ulushimiz bo‘ldi. 48  Xalqim qizining halokatini ko‘rib, ko‘z yoshlarim daryo bo‘lib oqdi+. ע [Ayin] 49  To‘xtamasdan, tinimsiz yig‘layapman+. 50  Yahova osmondan qaramaguncha, bizga nazar solmaguncha yig‘layveraman+. 51  Shahrim qizlarining ahvolini ko‘rib, yurak-bag‘rim ezildi+. צ [Sade] 52  Sababsiz dushmanlarim meni qushdek ovladi. 53  Ular chuqurda meni hayotdan mahrum etdi, menga toshlar otdi. 54  Suvlar ko‘tarilib boshimdan oshdi. Shunda: «Adoyi tamom bo‘ldim!» — dedim. ק [Qof] 55  Ey Yahova, chuqurlik tubidan ismingni aytib chaqirdim+. 56  Tingla meni, yengillik va yordam berishingni so‘rab yolvorganimda quloqlaringni bekitma. 57  Seni chaqirgan kunimda menga yaqinlashib: «Qo‘rqma!» — deding. ר [Resh] 58  Ey Yahova, mahkamada meni himoya qilding, hayotimni qutqarding+. 59  Ey Yahova, menga qanday yomonlik qilinganini ko‘rding, o‘tinaman, men uchun adolat o‘rnat+. 60  Ular mendan qasos olganini, menga qarshi fitnalar uyushtirganini Sen ko‘rding. ש [Sin] yoki [Shin] 61  Ey Yahova, ular meni masxara qilganini, menga qarshi fitnalar uyushtirganini eshitding+. 62  Raqiblarimning aytgan so‘zlarini, kun bo‘yi men to‘g‘rimda pichirlashganini eshitding. 63  Qara! Ular o‘tirsa ham, tursa ham qo‘shiqlarida meni masxara qilyapti. ת [Tav] 64  Ey Yahova, qilmishlariga yarasha ularga qaytar. 65  Ularni la’natlab, toshbag‘ir qilasan. 66  Ey Yahova, Sen g‘azab ichida ularning ketidan quvasan, yer yuzidan ularni yo‘q qilasan.

Izohlar

Boshqa variant «harakatsiz ahvolda qoldirdi».
Yoki «Sabr bilan».
So‘zma-so‘z «bo‘yinturuqni ko‘tarish».
So‘zma-so‘z «tirik odam».