Yoshua 1:1-18

  • Yahova Yoshuaga dalda beradi (1-9)

    • Tavrotni past ovozda o‘qish (8)

  • Iordandan o‘tishga tayyorgarlik (10-18)

1  Yahovaning xizmatchisi Muso vafot etganidan so‘ng, Musoning yordamchisi+ Nun o‘g‘li Yoshuaga*+ Yahova shunday dedi:  «Xizmatchim Muso olamdan o‘tdi+. Endi sen bu xalq bilan Iordanning narigi tomoniga o‘tib, Men Isroil xalqiga berayotgan yurtga borishga tayyorgarlik ko‘r+.  Musoga va’da berganimday, oyog‘ingiz tekkan yerning barini sizlarga beraman+.  Hududingiz sahrodan to Livangacha* hamda buyuk Furot daryosigacha, ya’ni xetiylarning+ butun yurti bo‘ylab g‘arbdagi Buyuk dengizga* qadar cho‘ziladi+.  Toki hayot ekansan, hech kim seni mag‘lub eta olmaydi+. Men Muso bilan bo‘lganimdek, sen bilan ham bo‘laman+. Seni hecham tashlab ketmayman, aslo tark etmayman+.  Jasoratli va mahkam bo‘l!+ Chunki ota-bobolariga beraman deb qasam ichgan yurtga bu xalqni sen olib kirasan va ular o‘sha yurtni meros qilib olishadi+.  Xizmatchim Muso buyurgan Qonunga astoydil rioya etish uchun jasoratli va mahkam bo‘l. Bu qonundan o‘ngga ham, chapga ham og‘ma+, shunda qayerga borsang ham donolik ila yo‘l tuta olasan+.  Ushbu Tavrot kitobidagi so‘zlar og‘zingdan tushmasin+. Unda yozilganlarga sidqidildan amal qilish uchun, uni tun-u kun past ovozda o‘qi*+. Shunda donolik bilan yo‘l tutib, muvaffaqiyatga erishasan+.  Men senga: “Jasoratli va mahkam bo‘l”,— deb aytgan edim. Shunday ekan, dahshatga tushma va qo‘rqma, chunki qayerga borsang ham, Allohing Yahova sen bilan bo‘ladi»+. 10  Keyin Yoshua xalq boshliqlariga shunday buyruq berdi: 11  «Qarorgoh bo‘ylab boringlar-da, xalqqa: “O‘zingizga oziq-ovqat g‘amlanglar. Boisi, uch kun ichida Iordanni kechib o‘tib, Tangringiz Yahova egalik qilishingiz uchun berayotgan yurtni egallaysizlar”+,— deb aytinglar». 12  Ruben va Gad qabilalari hamda Manashe qabilasining yarmiga Yoshua dedi: 13  «Yahovaning xizmatchisi Muso sizlarga buyurgan mana bu so‘zlarni yodda tutinglar+: “Xudoyingiz Yahova sizlarga osoyishtalik ato etmoqda. U sizlarga bu yurtni beradi. 14  Xotinlaringiz-u bola-chaqalaringiz va chorvangiz Muso sizlarga Iordanning bu tomonidan* bergan yurtda yashashadi+. Siz kuchli jangchilar+ esa, birodarlaringiz oldida jangovar tartibda Iordanning narigi tomoniga o‘tasizlar+. Sizlar ularga yordam berishingiz kerak. 15  Yahova sizlarga osoyishtalik berganiday, birodarlaringizga ham osoyishtalik ato etsin va ular ham Yahova berayotgan yurtga egalik qilishsin. So‘ngra Yahovaning xizmatchisi Muso Iordanning sharq tomonidan sizlarga mulk qilib bergan yurtga qaytib borasizlar”+». 16  Ular Yoshuaga shunday javob berishdi: «Bizga nimaiki buyurgan bo‘lsangiz, hammasini bajaramiz, qayerga yuborsangiz, o‘sha yerga boramiz+. 17  Musoning barcha aytganlariga quloq solganimizday, sizga ham quloq solamiz. Asosiysi, Xudoyingiz Yahova Muso bilan bo‘lgani kabi, siz bilan ham bo‘lsin+. 18  Buyrug‘ingizga qarshi chiqqan va bergan farmoningizga itoat etmagan har qanday kishi o‘ldirilsin+. Eng muhimi, jasoratli va mahkam bo‘ling»+.

Izohlar

Yoki «Yahoshua». Ma’nosi «Yahova — najot».
Yoki «Lubnongacha».
Ya’ni O‘rta dengiz.
Yoki «ustida mulohaza yurit».
Ya’ni sharq tomonidan.